Asosiy qism
Albatta, bularning barchasi milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish konsepsiyasi mamlakatimiz madaniy hayotida naqadar katta ahamiyat kasb etishini ifodalab turibdi. Zero, u sohada toʻplanib qolgan jiddiy muammolarni bartaraf etishda ham dasturilamal boʻladi. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan 1777 ta madaniyat uyi va klub muassasasi negizida 2013 yilda tashkil etilgan 894 ta madaniyat va aholi dam olish markazi madaniyat markazlariga aylantiriladi.
Madaniy xizmatning bunday zamonaviy usuli xalqimiz maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirishda oʻzining ijobiy natijasini berishi, shubhasiz. Chunki avtoklublar konsert-tomosha faoliyati bilan cheklanib qolmay, chekka hududlar aholisiga kitoblar, gazeta-jurnallar yetkazish, taniqli yozuvchilar, shoirlar, teatr arboblari, siyosiy sharhlovchilar bilan muloqotlar, ijodiy kechalar tashkil etadi. Yana bir masala: shu paytgacha yurtimizda mavjud 894 ta sobiq madaniyat va aholi dam olish markazining 252 tasi naridan-beri taʼmirlanib, nomigagina faoliyat olib boryapti. Qolgan 642 tasida esa taʼmirlash ishlari deyarli toʻxtab qolgandi. Musiqiy cholgʻular, ovoz kuchaytirish vositalari va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash masalalari ham achinarli holatda. Qarorda ana shu muhim va oʻta dolzarb masalalar yechimi ham oʻz ifodasini topgan.
Konsepsiyaga binoan, 2019 — 2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 26 ta madaniyat markazi yangidan quriladi, 45 tasi rekonstruksiya qilinadi va 76 tasi kapital taʼmirlanadi. Shunday qilib, uch yil ichida 147 ta madaniyat markazi zarur vositalar bilan toʻliq taʼminlangan zamonaviy binosiga ega boʻladi. Qolganlari ham bosqichma-bosqich yangilanadi, taʼmirlanadi va jihozlanadi. Shu bilan birga, qarorda Madaniyat vazirligi tomonidan anʼanaviy ravishda “Xalq cholgʻulari ijrochilari”, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish, har yili 21 — 27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni aholi uchun bepul tashkil etish, YUNЕSKOning Butunjahon madaniy merosi obyektlari roʻyxatidan Buyuk Ipak yoʻlining mamlakatimizdan oʻtgan qismini “Ipak yoʻli: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yoʻli: Fargʻona — Sirdaryo havzasi” nomi hamda oʻzbek xalqining koʻhna va betakror sanʼati namunasi boʻlgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi — Lazgi” nomi ostida YUNЕSKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish kabi qator vazifalar ham belgilab qoʻyilgan.
Yurtimizda xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, sanʼatni yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Bularni dildan his qilib, teran idrok etishimiz joiz. Zotan, asrlarga tatigulik bunday ibratli ishlar bilan har qancha gʻururlansak arziydi. Bizdan talab etiladigani esa milliy madaniyatimizning yanada ravnaq topishi uchun fidokorona xizmat qilishdir. Chunki milliy madaniyati yuksak xalq jahon hamjamiyatida mustahkam mavqega ega boʻladi.
So`nggi yillarda yurtimizda ko`plab sohalar qatori madaniyat va san`at sohasiga bo`lgan e`tibor kuchayib bormoqda. Prezidentimizning shu yil 26 maydagi “Madaniyat va san`at sohasining jamiyat hayotidagi o`rni va ta`sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilingani yurtimizning asrlar silsilasida taraqqiy etib, yillar sinovida toblangan o`lmas madaniyati va san`atini yanada rivoj topishi, milliy urf-odat va an`analarimizni yurtimiz va dunyo bo`ylab yanada keng targ`ib etish yo`lidagi yana bir muhim qadamlardan biri bo`ldi. Farmonda maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim muassasasi sifatida – Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati instituti hamda Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi belgilangan. Bu esa milliy musiqa san`ati durdonalari va Moddiy-madaniy meros obyektlarini ilmiy tomonlama o`rganish, mazkur sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish singari bir qancha maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Farmonda bir qator imtiyozlar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |