Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146
Bangilar qo ‘shig‘i.
« 0 ‘g‘rilikjinoyat 
Ta’ma, kufur, qabohat,
0 ‘zgalar haqqin yemak,
Jaholatdir, jaholat»
Dono so'zlar ko‘p juda 
Quloq q
omatga
kelar,
Hech kim qayg‘urmas nega,
Bangi holi ne bo‘lar.
Puldan cho‘z qilib himmat,
So‘ng qilarsan nasihat.
Dunyo palid notovon 
A w al nasha so‘ng iymon.
Maslak nima bilmaymiz 
Elni ko‘zga ilmaymiz,
Oxirat deb vaysam a,
Pinagimiz buzmaymiz.
Hayot palit notovon,
Avval nasha, so‘ng iymon.
Yuqorida ta’riflangan holat,ya’ni, nashavandlar ahvolini ifodala- 
gan “Bangilar qo‘shig‘i” 
voqeaning boshlang‘ich qismi b o ‘lib, pro-
logdir.
112


В) 
Tugun
(voqeada tub burilish yasaydigan jarayon (payt, 
vaqt, holat va h.k). Tugun har qanday dramatik asarda “endi nima 
bo‘larkan?” degan savolni tug‘diradi. Masalan, aytaylik, Said Ah- 
madning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asaridagi eng kichik kelin Nigora- 
ning eski uy an’analariga xilof bo‘lgan holda yarim yalang‘och holda 
(Farmonbibining ta’biricha) sport kiyimida hovlida paydo bo‘lishi bu 
oila uchun judayam notanish holat. Hovlida paydo bo‘lgan Farmon- 
bibinmg farzandlari va kelinlari “Endi nima bo‘larkan” deb hayron 
bo‘lishib, voqea davomini kutishadi. Yoki, Erkin Vohidovning “Oltin 
devor” asarida devomi buzilishi va oltinning topilishi ham tugun hi- 
soblanadi.
“To‘da” asarida 
tugun
Samandarning nashadan voz kechishga 
bo‘lgan birinchi harakatida namoyon bo‘ladi:
SUHROB 
-
(Samandarga yaqinlashadi).
Ha, bugun shashting 
bo‘lakcha, shumshayib chetda turibsan?
SAMANDAR - Yuragimga qil sig‘mayapti.....
SUHROB 
- Qaqshayapsanmi? Tashvishlanma og‘ayni, hozir 
davolaymiz, 
tozasidan 
bor, 
ko‘ngling 
nimani 
tusayapti? Hidlaysanmi yoki papirosga o‘raysanmi? 
Balki birato‘la igna urarsan?
SAMANDAR - Dod solgim, o ‘kirib-o‘kirib yig'lagim kelyapti... 
SUHROB 
- Yorilsang-chi, nima bo id i?
113


SAMANDAR - Dahshatli tush ko‘rdim, bosinqiradim 
Tushimda kimsasiz joy da yuribman,
Qo‘rquvdan qaltirab, qaqshab turibman.
Yer qa’ridan chiqib, sassiq issiq bug1,
Vujudim kuydirdi bamisoli cho‘g ‘.
Birdan ko‘tarildi quturgan bo‘ron,
Avval chang-to‘zonni uchirib har yon,
So‘ngra tog‘lami ayladi yakson.
Feruza osmonni qopladi g‘ubor,
Quyosh ham qoraydi bo‘ldi xor-u-zor.
Badbo‘y hid taratib qiynadi zamin,
Go‘yo totdim achchiq ajalning ta’min, 
Ko‘zlarimdan.oqdi alamli ko‘z yosh,
Dod solib yiqildim berolmay bardosh.
Qarasam egnimda irigan kafan,
0 ‘mimdan qo‘zg‘oldim, shu on, dafatan,
Bir go‘dak ko‘zimga termulib nogoh,
Og‘riqdan bo‘kirib uyg‘onib ketdim ...
SUXROB 
- G‘anim nelar demaydi, tushga nelar kirmaydi.
Lirikani tugat.. .Zuli, o ‘zinga kelib qoldingmi? 
Kalyuchkadan bitta ol. 
IShprtsni oladi!
Mana tayyori, 
boshlab ber.
SAMANDAR - Nega bo‘g‘zimga chang soldi go‘dak?
SUXROB 
- Bo‘ldi-ye namuncha oh-voh qilasan... 0 ‘tgan safar 
ko‘proq olgan eding, shunga qora xayol bo‘lgansan.
SAM ANDAR- Ko‘z 
oldimda turibdi... Ana u, ana go‘dak...
Go‘dakning g ‘azab to‘la nigohi.
SUXROB 
- Bas qil! Aljiramay yengingni shimarib ignani sanch!
Tez bo‘l!
SAMANDAR - Kerakmas.
SUXROB 
- Kerak.
SAMANDAR - Men kerakmas dedim!
114


ASAD 
- Yo qudratingdan, quyosh qayoqdan chiqdi? Birinchi
marta 
doridanvozkechganingniko‘rib
turibman. Mayli nima ham derdik bizga ko‘proq qo- 
ladi, to‘g‘rimi?
SAMANDAR - Go'dakning bo‘g‘zimga chang solishi, bangilikdan 
qutilishga ishoramikan...
SUXROB 
- Qo‘ysang-chi, ignaga o‘tirganni na xudosi va na 
bandasi qutqara olmaydi.
SAMANDAR - Men, muhabbat qutqaradi deb eshitdim...
SUXROB 
- Nima?! Cho‘pchagingni katta xolangga ayt. Nima 
sen jinni bo‘lsang, boshqalami ham aqlidan ozgan deb 
o ‘ylaysanmi?
SAMANDAR - Sizlar muhabbatga ishonmaysizlar, men esa 
ishonaman.
ASAD 
- Birodarlar, har xil bema’ni tush ko‘raverib,
qadrdonimizni miyasi suyulib qolibdi.
JAHON 
- Saman birovni sevib qoldingmi-a?
OTASH 
- Kim ekan, o‘sha hurliqo?
ABDU 
- Parivashingizni biz ham taniymizmi?
ZULI 
- Go‘zalmi?
ASAD 
- Aza ochinglar birodarlar, Samandan ayrilib qoldik.
JAHON 
- Kindigimiz bir bo ‘ Isa, erta-kech ayrilmasak, qayerda 
ko‘raqolding qanjig‘ini.
OTASH 
- Bosinqirab tushida ko‘rgan-da.
SAMANDAR - Yo‘q, o ‘ngimda, soy bo‘yida ko‘rishdik.
ZULI 
- Ко ‘ rding-u, oshiq bo ‘ ldingmi?
SAM ANDAR- Yo‘q dastlab bir-birimizga so‘zsiz uzoq tikildik
keyin tanishdik so‘ngra suhbatlashdik...
ASAD 
- Xo ‘ sh-xo ‘ sh nimalar haqida chug ‘ urlashdinglar?
115


SAM ANDAR- K o‘p narsalar haqida. Alomat qiz ekan, umrim- 
da eshitmagan gaplami aytdi. «Shunday zamonlar 
bo‘ladi-ki unda yashaydigan odamlar KARAMLI
mehrli, muhabbatli kishilardan iborat bo‘ladi».-dedi. 
Hayotning mohiyati, yashashning ma’nosi ezgulikdir, 
ezgulik pok, karamli insonlar hamma balo-qazolardan 
qutqaradi»,-dedi.
SUXROB 
- Karam nima degani ekan, so‘ramadingmi?
SAMANDAR - So‘radim.
ASAD 
- Men bilaman karam nima ekanligini. Karam sho‘rva.
SAMANDAR - Karam, muhabbat, mumvvat, himmat degani ekan.
VAQQOS 
- Tushunarsiz gaplami javrab rosa boshingni qotirib- 
di-da.
SAM ANDAR- “Ezgulik, poklik, muhabbat giyohvandlikdan 
qutqaradimi”- 
deb 
qiziqdim. 
«Chin 
muhabbat 
qutqaradi, faqat sevish, sevilish, muhimi esa karamli 
bo‘lish kerak»,-deydi.
ABDU 
- Voy blin, qulog‘inga boplab 
lag‘mon osibdi,
kim nima desa “lox” bo‘lib ishonib ketaverasanmi, 
turshak. Muhabbatga ishonma, sevgi sarob, odamlarga 
ishonma, inson zoti tuban ham qallob.
Shundan so‘ng voqelar shiddat bilan rivojlanib boradi 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish