2.4. SSenariy va boshlovchilik
Har qanday tadbirlami tashkil etishda boshlovchilardan
unumli foydalanish katta samara beradi. Tadbirlarda boshlovchilar
asosan yetakchi ishtiroklardan hisoblanib, u tadbiming boshidan oxi-
rigacha “qizil ip” asosida ushlab turadi.
Boshlovchi qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim?
Birinchidan, boshlovchi tadbiming asosiy figuralaridan biri
bo‘lganligi uchun, u chiroyli, did bilan kiyingan bo‘lishi lozim;
Ikkinchidan, boshlovchining tili ravon, nutqi sof, sahna nutqining ham-
ma tamoyillariga asoslangan holda tomoshabinga etkazib berish qobili-
yatiga ega bo‘lishi lozim.
Uchinchidan, boshlovchi tadbiming mazmun-mohiyatini ochib
berishda muhim rol o ‘ynashi mumkin;
To‘rtinchidan, boshlovchining mahorati tadbiming saviyasi, uning
tempini ushlab turishga yordam berishi mumkin;
Beshinchidan, boshlovchi tadbirda “g ‘oyaviy ko‘prik” vazifasini
o ‘tashi mumkin, ya’ni bir nomemi boshqasi bilan bog‘lashda, man-
tiqiy va ketma-ketligini ta’minlashda muhim rol o ‘ynashi mumkin;
Oltinchidan, u ssenariy matni bilan yod olish darajasida tanish
bo‘lishi lozim;
Yettinchidan, tadbirlarda ijrochilami tadbir ishtirokchilari bilan
muloqotini ta’minlashda katta rol o ‘ynaydi;
Yettinchidan, boshlovchi improvizatsiya qilishga mahorati kuchli
boTishi kerak;
Sakkizinchidan, boshlovchi hech qachon tadbirda o‘zining xafa
yoki jahli chiqqan holatda sahnaga chiqmasligi kerak;
To‘qqizinchidan, boshlovchi tadbir ishtirokchilarini hamisha kay-
fiyatini ko‘tarish yo‘lidan borishi lozim;
0 ‘ninchidan, boshlovchi tadbirlar xususiyatidan kelib chiqqan
holda dasturni olib borishi lozim.
97
Juda ko‘p holatlarda boshlovchilar turli obrazlarda namoyon
bo‘ladilar. Masalan, Yangi yilga bag‘ishlangan tadbirlarda Qorbobo
yoki Qorqiz obrazlarida chiqib, o ‘sha dasturning mazmunini ochib
beradilar.
Ba’zan, boshlovchilar faqat tadbiming boshida chiqib, keyingi
sahnaga chiqmasdan, ichkaridan e’lon qilib, tadbir oxirida ko‘rinib,
xayrlashib, dasturga yakun yasab ketishi mumkin. Ba’zi tadbirlarda
esa umuman boshlovchilar ishtirok etmasliklari mumkin.
Ko‘pgina tadbirlarni odatda ikkita boshlovchi (yigit va qiz) olib
boradilar. Birinchi boshlovchining fikrini iklcinchisini toidirgan hol
da tuzilgan ssenariyni ommaga yetkazishda fikrlarni mantiqiy davom
ettirish, bir-birini qo'llash, to‘ldirish ularning asosiy vazifalaridandir.
Ba’zi tadbirlarda 3 nafar boshlovchi ham bo‘lishi mumkin. Bunda
3 nafar tilda olib boriladigan tadbirlarni nazarda tutish mumkin.
Bir nechta boshlovchilar ishtirokidagi tadbirlarni ham kuzatish
mumkin. Masalan, 8-Mart bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarda 4-5ta
boshlovchi chiqib, hazil-mutoyiba tariqasida olib borish mumkin.
Ammo, boshlovchilarning necha kishidan iborat ekanligi muhim
emas. Muhimi shuki, tadbiming saviyasi, undagi ishtirokchilar-
ning estetik ehtiyojlarining qondirilishi, o‘tkazilgan tadbir mavzusi
bo‘yicha aniq bilimlar, ma’lumotlarga ega boMishidadir.
Madaniy tadbirlar, masalan, konsert dasturlarini olib borishda
boshlovchilar chiqmasligi ham mumkin. Boshlovchilar o'rniga uning
“ekvivalenti”ni o ‘ylab topish mumkin. Bu rejissorlar, tadbir tash-
kilotchilari tomonidan topilgan tadbir stilini belgilashda namoyon
bo‘ladi.
Hozirgi kunda aksariyat tadbirlarda moderatorlar dasturlami
olib bormoqdalar. Moderator - lot. moderor, ruscha-усмиряю,
сдерживаю, ya’ni o ‘lchayman, degan m a’nolarni bildirib, tadbirni
boshqarib turuvchi shaxsga nisbatan ishlatilmoqda. Rasmiy tadbir
larda hech qanday xarakterga ega bo‘lmagan, korxona rahbari yoki
tadbir tashkilotchisi moderatorlik qilishi mumkin. Moderator uchun
alohida maxsus kiyim kiyish, xarakter yoki obraz yaratish shart emas.
Ammo, madaniy tadbirlar boshlovchilari uchun yuqorida aytib
o ‘tilgan belgi va talablar albatta bo‘lishi shart.
98
Boshlovchilarga xos bo‘lgan yana bir xususiyat - tadbiming
g‘oyasini faqat matnni o ‘qish orqali emas, ssenariyda berilgan matn-
larni jonlantirish, uni harakatga keltirish borasida qilgan xatti-hara-
katidadir.
Kino san’atida tasvirga tushirish ishlari yakunlangandan so‘ng
montaj ishlari boshlanadi. Ammo, madaniy tadbirlarda bunday im-
koniyat yo‘q. Buning sababi shundaki, tadbirlar xuddi spektakl-
lardagidek aniq vaqtda, tomoshabin ko‘z oldida o‘tadi. Uni qayta-
rish yoki to‘xtatib turib, boshqadan boshlash imkoniyati bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham tadbirlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
boshlovchining mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Radio boshlovchilari, televideniye ko‘rsatuvlari boshlovchilari,
konsert dasturlari boshlovchilari, shou dasturlari boshlovchilari, teatr-
lashtirilgan tadbirlar boshlovchilari va boshqa turdagi boshlovchilami
ajratib ko‘rsatish mumkin. Bularning hammasi o‘ziga xos yondoshuv-
ni talab qiladi. Masalan, televideniye ko‘rsatuvlari boshlovchisi bilan
katta sahnada bo‘ladigan madaniy tadbir boshlovchisi ovoz tembr-
larini yo‘naltirishda e ’tibor qiladigan jihatlari bilan bir-biridan farq
qiladi. Studiyada ko‘rsatuv suxandonining ovozi yuqori darajada se-
zuvchi apparaturalar yordamida pichirlab gapirishigacha yozib oli-
nadi. Katta zalda yoki maydonlarda esa mikrofonga ishlagan holda
ham ovozni yo‘naltirishda katta e’tibor qiladigan jihatlari ko‘p.
Boshlovchining o‘ziga xos bilishi kerak bo‘lgan xususiyatlari
quyidagilar:
1 .Sahna madaniyati qonun-qoidalarini to ‘ liq o ‘zlashtirgan bo‘lishi,
ya’ni sahnada o ‘zini tutishi, turishi, bir so‘z bilan aytganda sahnaga
chiqqanda u “aktyor”ga aylanishi kerak.
2.Matn bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lishi lozim. Bunda matn
yozilgan ssenariyni qanday ushlashdan tortib, to sahnadan chiqib ke-
tishigacha bo‘lgan jarayon nazarda tutiladi.
3.Mikrofonlar bilan ishlashni bilish kerak.
4 .0 ‘tkaziladigan tadbir mavzu bo‘yicha ko‘p m a’lumotlarga ega
bo‘lishi lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadbirlami yuqori saviyada
o ‘tishida boshlovchilik mahorati katta rol o ‘ynaydi.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |