13
С.К.Борисов. Основы драматургии театрализаванного действа.
Челябинск.2007,126.
34
matn shaklida berilgan so‘zlami sahnaga ko‘chirish, tomoshabinning
c ’tiboriga havola etish va buning natijasi sifatida olingan ijod mahsuli
insonlarga ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirishga, bo‘sh vaqtla-
rini mazmunli o‘tkazishga, charchoqlarini chiqarishga va boshqa bir
qancha maqsadlarni amalga oshirishga turtki bo‘lishi lozimligi haqida
manbalarda m a’lumotlar berilgan. Tadbimi san’at darajasida tashkil
etilishi bu ssenariyning to‘laqonligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ssenariyni sahnaga olib chiqishda uning illyustratsiyalashtirish va
tcatrlashtirilish usullaridan foydalanishi tadbimi mazmunli chiqishida
katta samara beradi.
Madaniy tadbirlarida informatsion materialning san’at materiali
bilan mantiqiy birikuvi
illyustratsiyalashtirish
deyiladi. Ya’ni aniq,
mavjud faktlami poeziya, proza, musiqa, kinoparehalar, suratlar bilan
i/ohlashdir. Bu usulda barcha hayotiy va badiiy materiallaming mus-
taqilligi saqlanadi, ular bir-biridan ayricha mustaqil harakat qiladilar.
Jllyustrlashtirish - bu san’at elementlarini u yoki bu shaklda
madaniyat muassasasidagi targ‘ibot va tashviqotga singdirish de-
mukdir. U tanlangan shaklga o ‘zgartirish kiritmaydi, balki, uning
y'oyaviy-emotsionalligini kuchaytiradi, y a ’ni san’at element-
lari so'/.ga chiquvchilar va boshqaruvchi so‘zi bilan parallel ra-
vishda davom etib, tadbir mazmunini tomoshabinlarga yetkazadi,
K'oyaviy fikrni yorqin ifodalaydi. lllyustrlashtirish usulida tayy-
orlungnn Imlbii qismlarini m av/u va g ‘oyaviy fikr qovushtirib tu-
uuli Hit so1/ hilun aytgaiula, tadbir mazmunini xilma-xil badiiy
koiupoMcntliii orqali tomoshabinga yetkazish - illyustrlashtirish
usulmiiig bosh va/ifasidir.
Tadbirdagi badiiy va xujjatli faktlarni teatr, dramaturgiya qo-
min-qoiclalari asosida umumlashtirish teatrlashtirish usuli orqali
amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina tadbiming barcha kompo-
nentlarini o ‘ziga bo‘ysundirib, umumlashtirib qolmasdan, balki
u tadbir qatnashchilarining aktivligini oshiradi. Tadbirda tomo-
sha, o'yin vaziyati yaratish ham teatrlashtirishning muhim xu-
susiyatidir. Teatrlashtirish madaniyat muassasi ishining ijtimoiy-
psixologik ish shakli hisoblanadi. U ssenariyda ikki y o ‘nalishda
namoyon bo'ladi:
35
1) fakt va hujjatlami tashkil etadi;
2)
kishilaming xatti-harakatini uyushtiradi. Ular ssenariyda
qorishiq, bir-biriga bo g iiq holda keladi.
Demak, har bir ssenariy asosida avvalo aniq, hayotiy material
yotadi. Ssenariyga asos boig an bu materialni aniq (real) qahramonlar
taqdiri orqali ko‘rsatish - teatrlashtirishning bosh vazifasidir. U to-
moshabinni harakatga soladi, aktivlashtiradi, maqsadga yo‘naltiradi.
Teatrlashtirish deganda teatr dramaturgiyasi qonunlariga asoslan-
gan holda yaratilgan kompozitsiyani tushunish mumkin. Teatrlashti
rish - biror mavzu haqidagi o‘nlab informatsion faktlami aniqlashti-
rish, kishilar taqdirini obrazli vositalar yordamida ko‘rsatish, mavzu
va g ‘oyani yig‘ma va publitsistik umumlashtirish orqali ochishdir.
Tadbimi aniq faktlar va qahramonlarsiz teatrlashtirib boim aydi.
Teatrlashtirish - tadbir g ‘oyasi va mavzusining organik qo‘shiluvi
bo‘lib qolmay, balki kompozitsion butunlikni namoyon qiluvchi usul-
dir. Bu esa bayram qatnashchilarining o‘zlari teatrlashtirilgan omma-
viy harakatning jamoa qahramoniga aylanishlarini talab qiladi. Bunday
harakatda hamma vaqt aniq asoslar, qahramonlar mavjud. Ssenarist va
rejissoming vazifasi esa ana shu aniq harakatni badiiy qolipga solish-
dan, aniq obrazning emotsional jarangdorligini kuchaytirishdan iborat.
Tadbirlar ssenariysini yaratishda illyustrlashtirish va teatrlashtirish
usullaming o‘ziga xos xususiyatlarini albatta hisobga olish kerak. Ular
hujjatlilik,shartliylik, g‘oyaviylik, obrazlilik, badiiylik, hayotiy kon
flikt (ziddiyat), tomoshabin faolligiga asoslagan holda yaratiladi.Tad-
birlami tashkil etishda ssenaristda rejissorlik nuqtai nazari boTishi
lozim. Ssenarist ssenariyni yaratish mobaynida ko‘z oldiga keltirgan
narsasini qog‘ozga tushurishda katta bilimlar xazinasiga ega boiishi
talab etiladi. Tadbir tashkilotchisi bergan topshiriq asosida ssenariy
ni yaratishda ijodiy guruhning maqsad va vazifalarini aniqlab olish,
uning mazmunli chiqishini ta’minlash va tadbiming yuqori saviya-
sida tashkil etish ssenariynavisning mahoratida namoyon b o im o g ‘i
lozim.
Ijod murakkab jarayon bo‘lib, u izlanishlar natijasidir. Dra-
maturg uning voqealari, epizodlari ustida ko‘p o ‘ylaydi. Ssenariy
qog‘ozga tushgunga qadar dramaturg uni ongida pishirib boradi.
36
Har qanday san’at asari singari madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysi
ham ma’lum bir mazmun ohangida dunyoga keladi.
Madaniy-ma’rifiy muassasasining yillik ish rejasi - madaniyat
muassasasi dramaturgiyasi uchun mavzuiy asosdir. Bu rejalarda
muassasalar ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, sadoqat, ekologik, jismoniy estetik tarbiya, dam
olishni tashkil etish, bolalar va o‘smirlar bilan ishlash va boshqa
masalalar belgilanadi. Bu tadbirlar madaniy-ma’rifiy muassasalarda
dramaturgiyaga xos bilimlarga ega boiishni talab etadi.
Bayram tantanalarini mazmunli tashkil ssenariylarning mu-
kammal yozilganligida o ‘z aksini topishi lozim. Mukammallik esa
ssenariyning faktlarga boyligi, badiiy vositalardan unumli, san’at
vositalaridan aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanilganligi,
mazmunni to iiq ifodalab beruvchi matnning jozibadorligi, tanlangan
manbalaming ishonchliligi va boshqa jihatlarda namoyon boiadi.
Barcha ma’lumotlarni badiiylashtirish orqali tomoshabinga yetkazish
vositalarini izlab topish ssenaristdan katta mahorat talab etadi.
I lar qanday madaniyat xodimi yoki san’atkor bir o ‘tirishda mu-
kammal ssenariy yozishi mumkin emas, deb o ‘ylaydi. Ssenariy aniq
o'ylangan, kuzatilgan, tajribadan o‘tkazilgan, faktlarga asoslangan,
badiiy jihatdan qimmatli maiumotlarga boy b o ig an ijod namuna-
sidir. Mukammal ssenariyning yaratilishi o ‘tkazilmoqchi b o ig an
Imlbiming yiiiim g'alabasidir, desak mubolag‘a boim aydi. Tadbir-
nlng mu/muni, uning tomoshabinlarga ta’siri, tarbiyaviy, mafkuraviy
lomoiilmi, nxloqiy va estetik jihatlarining ssenariyga singdirilishi -
ssenaristning mnlmratini belgilaydi.
Ssenariyda quyidagi maqsadlar amalga oshirilishi lozim:
1) ssenariy hayotdagi muhim masalani ifodalashi;
2) hayot haqiqatini ko'rsatish;
3) yangilikni, ilg'or tajribani kashf etishi va uni xalqchil talqin etishi;
4 ) inustaqilligimiz qahramonlarining yorqin obrazini badiiy-
publitsistik gavdalantirish lozim.
Adabiy ssenariy ustida ishlash bir necha bosqichlarda olib bo-
riladi. Bu ijodiy jarayon quyidagilami o‘zida qamrab olishi zarur:
1) Ssenariy yozishidan maqsad (masalaning qo‘yilishi);
37
Do'stlaringiz bilan baham: |