11
B.Sayfullayev, V.Rustamov. Madaniy tadbirlami tashkil etish mahorati.
Toshkent, 2016,88b.
23
Ssenariyda ekspozitsiya sujet va konflikt boshlanishidan oldin
keladigan muqaddima hisoblanadi. Ekspozitsiya ssenariy boshida,
o ‘rtasida va oxirida bo‘lishi mumkin (asosan boshida keladi).
Ko‘pincha ekspozitsiyada masalaning tarixi hikoya qilinadi.
Ssenariylarda turli xil ekspozitsiya ko‘rmishlaridan (kinolavha, mu-
siqa, qo‘shiq, she’r, foye yoki tadbir o‘tadigan joyda yaratilgan muhit
va boshqalar) foydalaniladi.
Ekspozitsiya ssenariyda turli ko‘rinishlarda (afishalar, taklifno-
malar, prolog va epiloglar) shaklida keladi. Tomoshabinni kechaga
tayyorlashda ekspozitsiya muhim rol o‘ynaydi. Ekspozitsiya - bu
asardagi yuzaga kelgan ziddiyatga qadar qahramonlar qiyofasini
shakllantirilgan sharoitning va unga qaror topgan xarakterlaming
tasvirida namoyon bo‘lishi mumkin.
Bosh voqea - bu prologdan keyingi ko‘rinish bo‘lib, voqealar rivo-
jini ta’minlovchi omildir. Bunda tadbiming g ‘oya va maqsadiga oz-
roq bo‘lsada urg‘u beriladi.
Voqealar rivoji - bu tadbir mazmuni va sujetinining murak-
kablashuviga yordam beruvchi voqealar bo‘lib, ular tugun, qarama-
qarshilik, kurash, to‘qnashuv va qiyinchiliklami yengish jarayonidir.
Ssenariy sujetining muhim xususiyati - voqealar rivojidir. Ssenariyda
konfliktli holat yaratish va voqea rivojlanishi uchun qahramonlar shun-
day tavsiflanishi kerakki, ular o‘zlarining asl qiyofalarini ko‘rsatsinlar,
o ‘z e ’tiqodlarini himoya qilsinlar. Har bir qahramon zimmasiga aniq
vazifalar topshiriladi. Qahramonlar esa ana shu qiyinchiliklar, vazi-
falami qarama-qarshi holatlar bilan kurashda hal etadilar.
Ssenariyda asosiy voqealar rivoji va harakat taraqqiyoti hal eti-
layotgan vaqtda tomoshabinlaming holatini hisobga olish, uning
faolligini oshirish muhim masaladir. Zero, madaniy-ma’rifiy muas-
sasa tadbirlari faqat tashkilotchilar tashabbusi asosiga qurilmay,
balki tomoshabinlaming faol ishtirok etishini ham talab etadi. Shu-
ning uchun tomosha davomida tomoshabinlarga murojaat qilish, ja-
moa bo‘lib qo‘shiq aytish, o‘yinlar uyushtirish, xalq urf-odatlari va
an’analaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tugun - bu tomoshabinning bevosita fikri va his-tuyg‘usining
ma’lum bir jumboqqa qaratilishi. Ya’ni, asar qahramonlarining kutil-
24
tnagan voqealarga duch kelishi. Tugun asarda qarama-qarshilikning
kuchayishiga, asosiy voqealaming rivojlanishiga turtki bo‘lishi kerak.
Asardagi voqealar rivojini boshlovchi ziddiyatlaming yuzaga kelishi
ko‘rsatuvchi voqea tugun deyiladi. Ssenariyda ekspozitsiya tugun bi
lan qattiq bog‘langan bo‘ladi. Chunki, asarda harakatning taraqqiyoti
bevosita tugundan boshlanadi, ya’ni tugun (masalaning qo‘yilishi)
ko‘pincha dramatik holat bilan boshlanib, ssenariydagi umumdrama-
tik masalalaming keyingi rivojini ta’minlaydi. Tugun tomoshabinni
qamrab oladi, kecha g‘oyasini tushunishga qiziqtiradi, tadbir ruxiga
olib kiradi. Tugunning aniq mazmuni ssenariy mavzusi, janri va mu-
allif tasavvuri bilan belgilanadi.
Qarama-qarshilik (konflikt) - bu tadbir maqsadi va mazmuniga,
asardagi qahramonlarning xatti-harakatiga zid bo ‘lgan voqeadir.
Qarama-qarshilik qanchalik kuchli bo‘Isa, tomoshabinning tadbirga
qiziqishi shunchalik ortadi. Konflikt (ziddiyat) - sujet o‘zagidir. Su-
jet harakati faqat qarama-qarshiliklar vositasida vujudga keladi va
dramatik konflikt shaklida rivojlanadi. Zero, konfliktsiz dramatur-
giyaning boiishi mumkin emas. Konflikt dramatik asaming asosiy
nazariyasining asosini tashkil etadi. Ssenariy sujeti asosida yotgan
hayotiy ziddiyatlar uning konfiiktini yuzaga keltiradi.
Dramatik asar uchun jiddiy konflikt, dramatik tavsif, harakatning
yaxlilligi, voqeani sodir boMayotganday qilib ko‘rsatish eng muhim
/ami'iy sliarllaidaiulir.
Dmmaliiigiyada bailiiy konlliktlarning asosan ikki turini kursatish
mumkin: timmislulagi mavjud /itldiyallarning xarakterlararo kurash
ko'rinislii va slid kurashlami xarakterlar ongidagi, psixologiyasidagi
ichki kurash lar/ida ilbdalash tarzidagi ko'rinishlarini uchratamiz.
Konflikt asar sujeti va kompozitsiyasini belgilab beradi. Kon
fliktsiz zarur harakatni, kishilar obrazini umumlashtirish qiyin.
Madaniy-ma’rifiy muassasa sujetida konflikt yaratishning o‘ziga
xos murakkabligi bor. Ayniqsa, u yoki bu ijobiy maqsadni ko‘zda
tutgan, ijtimoiy muhitda ijobiy shaxs xarakterining shakllanishini
ochib beradigan tadbir ssenariylarida konflikt yaratish qiyin kecha-
digan ishdir. Chunki, konflikt dramatik asarda ikki qarama-qarshi
kuchlar to‘qnashgandagina namoyon boiadi.
25
Madaniy tadbirlar ssenariysi biror sujet chizig‘iga ega bo‘lar
ekan, unda dramatik konflikt ham yorqin ko‘rinadi. Ba’zan, dramatik
vaziyatlar konflikt va dramatik kolliziya boMib xizmat qilishi mum
kin. Konflikt badiiy asar sujetini rivojlantirishga, shakllantirishga
xizmat qiladi. Dramatik kolliziya ham holat va voqealaming keskin-
lashishi, shakllanishi, obrazlar harakatiga ta’sir o‘tkazadi.
Madaniy tadbirlar ssenariysi bu - maxsus dramaturgiyadir. Bu
yerda qatnashuvchilar xarakteri psixologik jihatdan mukammal ish-
lanmaydi. Bu yerda o ‘z shaxsiyatini to‘la namoyon qiluvchi qahra-
monlar yo‘q. Madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysining qahramon-
lari sahnadagi va zaldagi ommadir. Shuning uchun ssenariy konflikti
ham o‘ziga xosdir.
Biroq, konfliktni bir tomonlama, bir yo‘nalishda tushunmaslik
kerak.
Madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysida konfliktning yana bir
ko‘rinishi - eskilik va yangilik, yaxshilik va yomonlik, bunyodkor-
lik va buzg‘unchilik, tinchlik va notmchlikning ikki qutbiy kurashi
shaklida kelishidir. Bunda go‘yalar qarama-qarshiligi konflikt asosini
tashkil qiladi.
Madaniy-ma’rifiy muassasa badiiy-publitsistik tadbirlari ssenariysi
konflikti bu goyaning o‘sishidir. U dalillar, dramatik vaziyatlar, qat
nashuvchilar, qarama-qarshi kuchlar to‘qnashuvini yuzaga keltiradi va
asarning ta’sirchanligini oshiradi. Ssenariydagi konflikt - dunyoqarash-
lar ziddiyatidir. Madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysi konfliktining
tuzilishi shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1 .Qahramon va qahramon o ‘rtasidagi ziddiyat.
2.Qahramon va muhit o ‘rtasidagi ziddiyat.
3.Qahramon va tomoshabinlar o‘rtasidagi ziddiyat.
Dramada ham sujet va kompozitsiya tushunchalari mavjud bo‘lib,
xuddi ssenariydagi kabi yondoshiladi. Hayotning yaxlit manzarasini
badiiy gavdalantirishda ko‘plab voqealar, insoniy munosabatlar, fikr
tuyg‘ulami xuddi turmushdagi kabi murakkab holatlar qamrab olgani-
ga guvoh boiam iz. Ular shunchalar ko‘p-ki, biz ulami bir-biridan far-
qlash uchun adabiy asarlardagi umumiy xususiyatlardan kelib chiqib
aniqlashga xarakat qilamiz. Hayot oqimida, xarakatlar qamrab olini-
26
shi sababli, yuzaga chiqadigan voqealar yoki fikr-tuyg‘ular, hara-
kati yu/asidan asar kompozitsiyasi vujudga keladi. Adabiy asardagi
muayyan qurilishdagi kompozitsion tuzilishni o ‘rganib san’atkor
sahnada yozuvchi qo‘ygan maqsad va vazifalami sahnaviy ifodasi-
ni topadi, y a’ni asami jonlashtiradi, qayta ijodiy yondoshgan holda
yaratadi, ixtiro etadi. Shu sababli san’atkor, ya’ni asar ixtirosi uchun
o ‘zi adabiy asar kompozitsiyasi haqida to‘la-to‘kis m a’lumotlarga
ega bo‘lishi lozim. U asami sinchkovlik bilan o‘rganishi, hayotiy
voqealar umumxalq mafkurasi, urf-odat va an’analarini yaxshi bili-
shi, his etish kerak. San’atkor oliy maqsadini amalga oshirish uchun
asar janrini to‘g ‘ri belgilay olishi lozim. Adabiy asaming barcha
qismlarini o ‘zaro birlashtirib turuvchi, muayyan hayot manzarasi va
yozuvchi nuqtai nazariga mos obrazli aks ettirilishi kompozitsiyani
tashkil etadi.
Biror asar kompozitsiyasini o ‘rganish uchun undagi voqea
lar, hodisalar va obrazlar xarakterlari nima maqsadda asarga kiri-
tilganligini yaxshi tushinish kerak. Agar biz bular haqida to‘liq
m a’lumot ega bo‘lmasak, m a’lum maqsadda asarga kiritilganligini
yaxshi tushinish kerak. Maqsad aniq bo‘lmasa, harakat ham, vo
qealar, obrazlar ham tartibsiz bo‘ladi. Agar biz bular haqida to ‘liq
m a’lumotga ega bo‘lmasak, m a’lum maqsadga birlashmasak baja-
radigan vazifamiz mantiqsizlikka olib kelishi aniq. Adabiy asarda
bulami bir nuqtaga yig‘ishda g‘oyaning roli katta. Shunday ekan,
ijodkor, san’atkorning e’tibor beradigan diqqat markazida paydo
bo‘ladi. Sahna asarini yaratishda ham kompozitsion tuzilish alo-
hida ahamiyatga egadir. Kompozitsion tuzilish- asosiy voqea, bosh
voqea, kiritma voqea, portret, peyzaj, tugun, kulminatsiya, kon
flikt, yechim, mavzu, g ‘oya, sujet, leytmotiv, pauza, epilog, ilhom,
ekspozitsiya, yetakchi xatti-harakat kabi bir qator adabiy vositalarda
birlashadi va yaxlitlik ifoda topadi. Biz bunday vositalami mazmuni
va mohiyatini kengroq anglab olishimiz kerak bo‘ladi.
Kulminatsiya - bu voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, tadbir-
ning eng qiziqarli cho‘qqisi demakdir. U o ‘z-o‘zidan yechimga olib
keladi. Kulminatsiyani o‘zida ifodalagan epizod to‘g ‘ri va bevosita
tomoshabinning fikri, tuyg‘ularini qo‘zg‘ash kuchiga ega boiadi.
27
Kulminatsiya - voqealar rivojidagi eng keskin, hayajonli nuqtasi
hisoblanadi. Asarda ko‘tarilgan muammoni nihoyatda o‘tkirlashtirib,
voqealar keskinlashgan, taranglik, ta’sirchanlik, mazmundorlik nuq
tasi kulminatsiyada namoyon bo‘ladi. Ssenariydagi harakat rivoji
qarama-qarshi kuchlar kurashi orqali qizg‘in, eng yuqori nuqtaga -
kulminatsiyaga yetadiki, shu holatdan so‘ng voqealar yechimga qarab
rivojlanadi. Ssenariyda kulminatsiya badiiy epizod, qo‘shiq, she’r,
spektakldan parcha, filmdan lavha, voqea ishtirokchisining xotirasi
yoki tantanali tarzda bayroqning olib chiqilishi, qasamyod qilinishi,
mash’al yoqilishi va h.k.z. ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Final - bu asarning yakuni, oxirgi eng muhim qismi. Finalda bar
cha voqea o ‘z yechimini topadi. Final ko‘tarinki kayfiyatda, barcha
ishtirokchilaming sho‘x-shodonligi bilan yakunlanadi. Finalning
yaxshi tugallanmasligi tomoshabin his-tuyg‘ularining susayishiga,
asar qimmatining pasayishiga olib keladi. Final ba’zi hollarda butun
ijrochilaming sahnaga ommaviy chiqishlarida, jamoa b o iib qo‘shiq
aytishlarida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |