M. Z. Muxitdinova, sh sh. Fayziyev mikroiqtisodiyot



Download 389,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.03.2022
Hajmi389,95 Kb.
#501437
1   2   3   4
Bog'liq
MIkroiqrisod adabiyotlar qoshimcha

i
 
b o b

m i k r o i q t i s o d i y o t
 
f a n ig a
 
k i r i s h
Mazkur bobda resurslarning cheklanganligi, ularni taqsim- 
lash, mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsad va vazifalari, 
pozitiv hamda normativ mikroiqtisodiyot, uning obyekti, subyekt- 
lari, usullari va mikroiqtisodiy modellar bilan bog‘liq jarayonlar 
tadqiq qilingan.
1.1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan 
mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va alohida iste’molchilar qay dara- 
jada foydalanishini o‘rganadi. Ko‘pchilik jamiyatlarda, resurslar 
millionlab iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalik- 
dagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham 
mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan subyektlar to- 
monidan qaror qabul qilish jarayoni va o‘zaro xatti-harakatla- 
rini o‘rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nim a sotib ola- 
dilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini 
investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini 
boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Chek- 
langanlikning m a’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil bo‘lganligi 
uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar 
bo‘lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo‘jaligi o‘zining har bir a’zosiga 
ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham 
o‘zining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tar- 
zining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi1.
Resurslarning cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tan- 
lov muammosini qo‘yadi:
— Nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?
— Qanday texnika va texnologiyani qo‘llash?
— Ishlab chiqarilgan mahsulot kim tomonidan iste’mol qili- 
nadi?
Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor marka- 
zida — ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklangan-
1 N. Gregory Mankiw «Principles of Microeconomics». 8-bet.
5


lik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta ’minlash 
yo‘llarini o‘rganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklangan- 
lik muammosining har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni 
insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni 
ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini 
ko‘zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech 
nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko‘pincha inson bir iqti- 
sodiy ne’matning ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining 
m a’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday tanlov murosali deb 
ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat — bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat 
qimmati bilan o‘lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini 
qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni 
qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Ma- 
salan, sizda mavjud bo‘lgan 3 metr mato bo‘lagidan yo ko‘ylak, 
yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi 
uchun ham sizda ham ko‘ylak, ham kamzul tikish imkoni yo‘q. 
Bu vaziyatda tanlash kerak bo‘ladi. Bu tanlov yo ko‘ylakdan, yoki 
kamzuldan voz kechishni ko‘zda tutadi. Ko‘ylakni tanlash qa- 
rori kamzulga ega bo‘lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi 
ko‘ylakning qimmati kamzulga ega bo‘lib, olish mumkin bo‘lgan 
foyda va quvonchlarga teng. Unda ko‘ylakning muqobil qiyma- 
ti borligi aytiladi — bu kamzul. Agar kamzul tanlansa — uning 
muqobil qiymati ko‘ylak bo‘ladi.
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayon- 
larini o‘rganib, mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga 
asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, 
ya’ni eng kam resurslarni sarflab, o‘zining eng ko‘p ehtiyojla- 
rini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu ko‘plab yo‘llar ichidan inson 
cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yax- 
shisini tanlashini bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan bo‘lganida, tanlov mumkin 
bo‘lmasdi. Agar cheklanganlik bo‘lmaganida, unda tanlov kerak
6


bo‘lmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror 
bilan cheklanmasdan, ularning ko‘piga egamiz. Tanlov resurs- 
lardan foydalanishning eng yaxshi yo‘llari o‘rtasida boradi va 
resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo‘li kam xarajatlarda 
eng yuqori natijani ta’minlovchi yo‘l bo‘ladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayot- 
gan voqealarni tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Masalan, ish- 
lab chiqarishda iste’mol etiladigan xomashyo narxi o‘zgarganda 
firmalar nim a sababdan ishchilarni ishdan bo‘shatish yoki ishga 
qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, 
firma ularning qanchasini bo‘shatish yoki qabul qilishi talab qili- 
nadi? Shular mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxm inni m a’lum miqdorda tovar ish- 
lab chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qo‘yilmalar 
hajmi va xomashyoni rejalashtirishini tushuntirib berish uchun 
qo‘llaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari 
bo‘lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining o‘zgarishiga, 
va shuningdek, bo‘lg‘usi firma o‘z mahsulotining narxiga ko‘ra 
ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.

Download 389,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish