1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo‘jaliklarining qarorlarini
va ularning maxsus bozorlardagi o‘zaro aloqalarini, firma va uy
xo‘jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozorda-
gi o‘zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik
ularning xatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o‘rganadi.
Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham
bog‘liqdir, chunki, butun dunyoda sodir bo‘layotgan iqtisodiy
o‘zgarishlar o‘sha alohida individual subyektlarning iqtisodiy mu-
nosabatlari mahsulidir. Makroiqtisodiy o‘sishni mikrodarajadagi
munosabatlarning uyg‘unlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol
qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xiz-
matlardan olinadigan daromad solig‘ining ta’sirini o‘rganishlari
uchun, ular har bir xo‘jalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni
ayirboshlashga bo‘lgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiq-
tisodiyot va makroiqtisodiyot bir-biriga aloqador bo‘lib o‘xshab
7
ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki ikkisi turli savol-
larga javob bo‘ladi, har bir fanning o‘zini alohida usullari mavjud
bo‘lib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir-biridan ajralgan holda
o‘rganiladi.
Mikroiqtisodiyot ayrim subyektlar faoliyati bilan bog‘liq. Bu-
lar jumlasiga iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, fir-
malar, ya’ni aslida iqtisodiyot amal qilishida muhim o‘rin tu-
tuvchi individ yoki xo‘jalik subyektlari kiradi. Mikroiqtisodiyot
iqtisodiyotning quyi bosqichda qanday qilib va nim a sababdan
xatti-harakat amalga oshirilishini tushuntirib beradi. Masalan,
iste’molchi nim a uchun tovar sotib olishga jazm qildi; narx va
daromad o‘zgarishi tovar tanlashga qanday ta ’sir etdi; firma ish-
chilari sonini qanday rejalashtiradi, ular qayerda, qancha ishlashi
lozimligini aniqlaydi, shu kabilarni mikroiqtisodiyot tushuntirib
beradi. Mikroiqtisodiyotning yana boshqa bir muhim jihati tar-
moqlarda, masalan, sanoat tarmoqlarida bozorlardan tashkil top-
gan eng yirik tuzilmalar hosil bo‘lishida iqtisodiyot subyektlari-
ning o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir. Mikroiqtisodiyot shu
narsani, masalan, amerika avtomobil sanoatining tarixiy rivoj-
lanish mantig‘ini, avtomobil bozorida ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar qanday o‘zaro munosabatga kirishishlarini anglab
olishga yordam beradi. Bu fan avtomobillarga narx qanday bel-
gilanishini, avtomobil kompaniyalari yangi zavodlar qurilishiga
qanday mablag‘larni investitsiya qilishlarini, yiliga qancha avto-
mobil ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot
ayrim firmalar va iste’molchilar faoliyatini o‘rgangan holda sano-
at tarmoqlari va bozorlar qanday faoliyat ko‘rsatishini, bularning
faoliyatiga boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va hukumat
siyosati qay yo‘sinda ta ’sir etishini ochib beradi.
Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi:
a) pozitiv mikroiqtisodiyot;
b) normativ mikroiqtisodiyot.
Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning
aloqadorliklarini o‘rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisa-
larni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo‘lishi
kerak, degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar
8
importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqari-
ladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida
nim a o‘zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avto-
mobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar
paydo bo‘ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mik-
roiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o‘rin egallaydi. Benzinga
yangi hukumat darajasida soliq belgilash ko‘rib chiqilyapti, deb
faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi o‘zgaradi,
bu benzinni kam sarflaydigan avtomashinalarga bo‘lgan talabni,
shuningdek, bu mashinalardan kundalik hayotda foydalanilishi
va boshqa narsalarni o‘zgartirib yuboradi. O‘z faoliyatini oqilona
rejalashtirish uchun neft va avtomobilsozlik kompaniyalari davlat
soliq siyosatining turli oqibatlari qanday bo‘lishini aniqlashlari
kerak bo‘ladi. Bu ishni avtomobil uchun ehtiyot qismlar ishlab
chiqaruvchilar, sayohat bilan shug‘ullanuvchi firmalar ham ba-
jarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliq qabul qilingandan
keyingi maksimal foydani, katta va kichik litrajli avtomobillar
ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar miqdorini bel-
gilashni xohlaydilar.
Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar
maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq
yo‘nalishlarini taklif etadi.
Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga
daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni
ham qamrab oladi. Benzin solig‘i maqbul degan qarorga kelin-
gach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar
va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan
soliqning optimal miqdori qanday bo‘ladi, degan savolni beramiz.
Normativ tahlil ko‘pincha baho berish xususidagi mulohazalar
bilan to‘ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan
neft uchun qo‘yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga ke-
lish mumkin, garchi neft solig‘ini boshqarish yengil bo‘lsa-da,
bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko‘proq ta’sir o‘tkazishi
mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy sama-
radorlik bilan qiyoslab ko‘rishi zarur bo‘ladi. Baho berish xusu-
9
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/3844
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/3844
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/3844
Do'stlaringiz bilan baham: |