Taqrizchilar:
Salimov B. — i.f.d., prof.,
Iminova N. — i.f.n., dotsent,
Kasimova N.S. — i.f.n., dotsent.
ISBN 978-9943-07-552-8
© O ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.
k i r i s h
Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz bera-
yotgan o‘zgarishlar tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon
talablariga javob beradigan darajada bo‘lishini talab etmoqda.
Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda
alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassis-
liklarni tayyorlashda oliy ta ’lim muassasalarida o‘qitiladigan iqti-
sodiy fanlar muhim o‘rin tutadi.
2017—2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor
yo‘nalishlarda ko‘zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish,
transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini
amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib bo-
rish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avva-
lo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida
yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni
jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga
o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifi-
katsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbar-
dosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bo-
zorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial
jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish,
shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqo-
batbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashti-
rishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng av-
valo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini
bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqti-
sodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqa-
rishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi
vazifalar belgilangan bo‘lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amal-
1 2017—2021-yillarda O ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI.
3
ga oshirish ko‘p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining
birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar
xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini
alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omil-
laridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganish kabi jarayonlarni
tadqiq qilishga bog‘liqdir.
Shunday jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan sifatida «Mikroiqti-
sodiyot» fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari
doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va
ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar, qoidalar va xu-
losalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali
foydalanishlari hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni
o‘rganish oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
«Mikroiqtisodiyot» fanini o‘qitishning maqsadi bakalavriat
yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda alohida firmalar faoli-
yati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar
bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinami-
kasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bog‘liq
siyosatini muvofiqlashtirgan holda qo‘llash va bu boradagi strate-
giyani to‘g‘ri asoslay olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur
o‘quv qo‘llanma talabalarga mikroiqtisodiyotdan turli mavzular,
ularga oid masalalarni hal etish uchun ko‘nikmalarni shakllanti-
rishda muhim ahamiyatga egadir.
Bu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda jahonning yetakchi univer-
sitetlarida keng miqyosda foydalanib kelinayotgan adabiyotlar G.
Menkyuning «Mikroiqtisodiyot tamoyillari» (N. Gregory Mankiw
«Principles of Microeconomics») hamda R.Pindayk va Rubin-
feldning «Mikroiqtisodiyot» kitobidan foydalanilgan va ulardagi
asosiy mavzular ushbu o‘quv qo‘llanmaning asosini tashkil etgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, dars
olib boruvchi professor-o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |