M. Y. Ayupova


Efferent m otor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish



Download 16,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/289
Sana21.05.2022
Hajmi16,96 Mb.
#605768
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   289
Bog'liq
Logopediya Ayupova M.

Efferent m otor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish
M o to r efferent afaziyada k o rreksio n-p edago gik ishning asosiy 
vazifalari — bu so 'zning tovush va b o 'g 'in tuzilishidagi buzilishlarni 
yengish, tilning sezgirligini tiklash, so'zlarni to 'g 'ri tanlashga o'rgatish, 
agrammatizm, aleksiya, agrafiyani tuzatish ham da og'zaki va yozm a bayon 
etish tizimini tiklash.
"Oldingi" m otor efferent va dinamik afaziyalarda korreksion-pedagogik 
ish saqlangan paradigmatik tizimga ham da logoped tom onidan tashqaridan 
kiritilgan nutqiy bayon etish dasturi va tuzum lariga tayaniladi. Bu dastur 
va tuzum lar so'zning b o 'g 'in tuzilishini rejalashtirishdan boshlab, jum la 
va m atnlarni rejalashtirishni, tuzishni tiklash bilan tugatiladi.
A ynan tashqaridan kiritilgan vositalargina m o to r efferent afazik 
bem orlarga bir b o 'g 'in yoki so'zdan boshqalariga o 'tishd a, perseveratsiya,
ч
286


exolaliyani yengishda, so‘z, jum lalarga kiruvchi b o ‘g ‘inlarni tanlashdagi 
qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
N utqning talaffuz tom onini tuzatish so'zning ritm ik-bo'g'inli tizimini, 
uning kinetik ohangdorligini tiklashdan boshlanadi.
Ju d a q o ‘pol m o to r efferent afaziya bilan o ‘qish va yozishning total 
buzilishlarida ish tovushlarni b o ‘g ‘inlarga q o ‘shishdan boshlanadi. Bunda 
b em o r nafaqat logoped ketidan b o ‘g ‘inlarni bir necha m arta taqlid qilib 
takrorlaydi, balki b iry o ‘la ularni qirqma alifbedagi harflarni q o ‘yib chiqadi. 
S o'ng o'zlashtirilgan asosiy b o ‘g‘inlardan sodda gaplar tuzadi. Masalan: 
lola, kitob, bola, qalam va hokazolar. S o'zning turli sxemalari tuziladi, 
so'zning b o 'g 'in strukturasi vaznli tarzda tanlanadi.
K e y in m a ’lu m v a z n li (r itm ik ) s tr u k tu r a b o 'y ic h a s o 'z la r n i
avtomatlashtirish ishlari boshlanadi. Buning uchun bem orga ustun shaklida 
yozilgan b ir xil b o ‘g ‘inlardan tuzilgan so'zlarni o'qish tavsiya etiladi. 
A sta-sekin so'zning b o 'g 'in strukturasi m urakkablashib boradi. A w al 
bem or logoped yordam ida, so'ng mustaqil bo'g'inlarga ajratilgan so'zlarni 
o'qiydi. S o'zda b o 'g 'in va tovushlar qatorini ajratish m aqsadida so'z 
tarkibi ko'rgazm ali tasvirlanadi (m asalan, k o'k chiziq bilan butun so'z, 
qizil bilan b o 'g 'in la r ham da yashil bilan harflar belgilanadi). A w al bem or 
bu sxem ani logoped yordam ida, so'ng mustaqil am alga oshiradi.
So'zning tovush va b o 'g 'in tuzilishini tiklash bilan birga jum lali nutqni 
tiklash ishlari ham boshlanadi. Jum lali nutqni tuzatish tilning sezgirligini 
tiklash, sh e’r, m aqol, m atallardagi qofiyani ilg ab olishdan boshlanadi.
Ayniqsa, maqol va m atallarning fe’lli qofiyalari ju da foydalidir: "Nima 
eksang, shuni o'rasan", "H urm at qilsang, hurm at ko'rasan" va hokazo. 
Tashqi nutqni tiklashda asosiy aham iyat artikulatsion harakatchanlikni 
oshirishga qaratiladi. H arakat ko'nikm alarini shakllantirish jarayonida 
alohida im pulslarsintezlanadi, bir butunlikka yig'iladi va "kinetik tuzumni" 
yoki "kinetik ohangni" tashkil etadi. Shuning uchun bem orga bir butun 
dinam ik nutqiy bog'lanishlarni olish uchun birgina so'zni aytish kifoyadir. 
M a s a la n , m a ta l va m a q o lla r d a g i b ir - b ir i a v to m a tik ra v is h d a
alm ashtiradigan so'zni olish m um kin. A ynan m ana shunday dinam ik 
bog'lanishlarni ishlab chiqish harakat ko'nikm alarining shakllanishiga 
yordam beradi. Bu esa bir q ator m ashqlarni avtom atlashtirish natijasida 
yuzaga keladi.
B em or bilan ishlaganda bir qanch a sujetli va p redm etli rasm lar 
ko'rsatiladi, ham d a ular bilan o 'y in la r o 'tkaziladi. M asalan, rasm da 
tasvirlangan "Bola m aktabga ketyapti" jum lasiga logoped oldin "maktabga" 
so'ziga diqqatni jalb etad i, so 'n g y o 'n a ltiru v c h i savollar yordam ida 
"ketyapti" so'ziga o'tadi. Hazil savollar yordamida logoped bem orni savolni 
eshitishga va unga em otsional javob berishga o'rgatadi. M asalan, logoped 
so'raydi: Bola maktabga uchib ketyaptimi? Balki bola maktabga mashinada 
ketayotgandir? Yaxshilab qarangchi, balki bu bolam as, kam pirdir?. .
287


Bu savollarga bem orlar em otsional tarzda javob beradilar: "Yo‘q, bu 
kam pir em as, bola-ku", "u m ashinada emas", "u uchm ayapti, yuryapti". 
Logoped predm etli rasm lar ko'rsatib, bem orga yana hazil tarzida savollar 
beradi, o'yin o'tkazadi. Bunda savollar predm etning nim a uchun kerakligi, 
u bilan nim a qilish mum kinligi, m asalan, yeyish (buning uchun yuvish, 
qaynatish kerakligi va hokazo), shu predm etning xususiyatlari haqida 
beriladi.
Efferent m otor afaziyada fe’llarni to 'g 'ri tanlashga o'rgatish uchun 
faqatgina iboralardan foydalanish yordam bermaydi. Samarali natijaga 
erishish uchun logoped aniq ifodali pantom im olardan foydalanishi lozim. 
.Masalan, sodda sujetli rasm asosida logoped bem orga jum la tuzishga 
yordam beradi: "M ana bu ayol bir bo'lak gazlam a olib, qiziga ko'ylak..." 
(logoped aniq tikish paytidagi qo'lning harakatini ko'rsatib beradi). "U 
qaychini olib, gazlam ani. . . (logoped yana gazlam ani qirqish paytidagi 
qo'lning harakatini ko'rsatib beradi). H arakatni bunday jonli ko'rsatib 
berish usuli bem orga kerakli fe’llarni topishlarini osonlashtiradi.
Keyin logoped bir ko'rinishdagi jum lani turli so 'zlar bilan tugatish 
vazifasini beradi. Masalan: m en nonushtaga (m urabbo, non, qaym oq va 
hokazo) yedim. M en ... (shifokorni, yaqin d o'stim n i, kenja qizim ni) 
kutyapm an. Beriladigan vazifalar rasmga tayangan holda o'tkaziladi 
(bem or jum la tuzyapti: "Bola o'qiyapti, chizyapti, yozyapti, suzyapti, 
yuguryapti" va hokazo). Oldin logoped o'zi rasmlarga ju m la tuzadi, keyin 
gaplarning turli sxemalariga tayangan holda tegishli savollar orqali talaffuz 
etishga qiziqtiradi. Sxem alar bir qancha bo'lishi m um kin. H ar bir gap 
bo'lagiga savol beriladi: kim? nim a qilyapti? nim a bilan? qayerda? sxema 
bo'yicha: "ega kesim to'ldiruvchi" va hokazo. Keyinchalik bu yoyiq sxema 
qisqartiriladi. Y a’ni yozib chiqilgan b o'lak lar bo'sh to 'rtb u rch ak yoki 
shakllar bilan almashtiriladi.
Bemorga bunday sintaktik sxem ani berish uni jum lani qism larga 
bo'lishga va so'zlardan m azm unli, gram m atik butunlikni hosil qilishga 
o'rgatadi. G apda fe’lni aniqlash maqsadida sxem ada u rangli qalam bilan 
belgilanadi. Asta-sekin tashqarida berilayotgan. tayanchlar qisqartiriladi, 
bem orning faolligi oshiriladi: so'zlardagi b o'g 'in larn i ajratib turuvchi 
yordam chi chiziqlar sxem alar bilan alm ashtiriladi. F e ’llardan iborat 
bo'lgan lug'atni boyitish uchun bir qancha fe’lga bitta ega yoki bir qancha 
otga bitta fe’l topish kerak bo'ladi. Shu bilan birga logoped bem ordan 
bitta buyum bilan nim alarqilsa bo'ladi yoki birbuyum ning boshqa buyum 
yoki harakatlar bilan bog'liqligini so'raydi. Masalan: pichoqni tozalavdilar, 
o'tkirlaydilar, pichoq bilan kesadilar va hokazo.
Logoped tom onidan rejalashtirilgan birinchi og'zaki m atn lar kun 
tartibi haqida bayon qilishdan iborat bo'ladi: "M en turdim , yuvindim , 
tish la rim n i y u v d im ... " va h o k a z o . Bu h ik o y a la r ku n d a v o m id a
o'zgarishlarga qarab to'ldiriladi. A w al bem or o'zi haqida o'tgan zam onda
288


gapiradi. K eyin kelasi zam onnin g turli shakllarini o ‘zlashtirgan holda 
kelajakka reja tuzadi: "M en o ‘qiym an", "M en gapiram an", "M en yaxshi 
gapiram an" va hokazo. M ashg 'ulotlar davom ida o ‘zlashtiriladigan so ‘zlar 
bem orni atrofdagilar bilan m uloqotga kirishishga im kon berishi kerak.

Download 16,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish