M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

(shu bilan birgalikda
mikrofon, kamera, fotoa pparat kabi texnik vositalar yordam ida)
tasvir eta 
bilish qobiliyatini talab qiladi. Demak, jurnalistika kasbi avvalo adabiy 
faoliyat, adabiy va axboriy ijodning bir ko‘rinishidir.
163


Bu mazkur kasb kishisidan ijodiy salohiyatni, iste’dodni talab qiladi. 
Jurnalist layoqati, qiziqishi, ijodiy imkoniyati bilan jumalistikaning 
m aiu m bir sohasi 
{gazeta, jurnal, radio, televideniye)da
ishlashi, m aiu m
bir mavzular va janrlarda ijod qilishi lozim. Bu kasb doimiy mehnat, ijodiy 
mahoratni talab qiladi. Ana shu talablarga javob bergan kishigina bu 
kasbda yetarli darajada faoliyat ko ‘rsata oladi. Aksincha b o is a - 
muvaffaqiyat qozonishi mumkin emas.
Jurnalistika kasbi faqat bu bilangina cheklanib qolmaydi, balki u 
jumalistikaning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy vazifa va tamoyillaridan kelib 
chiquvchi talablariga ham bo‘ysunadi. Y a’ni, jurnalistika kasbi faqat 
adabiy ijod faoliyatidangina iborat b o ‘lib qolmasdan ijtimoiy-siyosiy 
faoliyat hamdir. Y a’ni jurnalist ijtimoiy voqelikni shunchaki, beehtiros 
qayd etuvchi emas, balki o ‘z jamiyati, o ‘z xalqi, o ‘z millati, o ‘z vatanining 
manfaat uchun kurashchi, faol siyosatchi, jam oat arbobi ham b o iish i shart.
Jurnalist mehnati uning qaysi jam iyatda yashashi, qanday kuchlarga 
xizmat qilishi, qanday dunyoqarashga egaligi va qanday g ‘oyalarga sodiq 
b o iish i nuqtai nazaridan oichanadi hamda u yo taraqqiyparvar yoki 
teskarichi b o iish i mumkin. Hamma davrlarda ham qotib qolgan, eskirgan 
g ‘oyalar va teskarichi kuchlarga xizmat qiluvchi jurnalistlar ommadan 
uzoq, unga yot reaksion g ‘oyalarni targ‘ib qilganlar. Faqat o ‘sib 
kekyotgan va tarixiy taraqqiyotga javob beruvchi kuchlar tarafdorlari 
b oig an jurnalistlargina xalq ommasining tub manfaatlarini ifoda etadi, 
yaxshilikka, to ‘g ‘rilikka, adolatga, taraqqiyotga xizmat qiladi.
Jahomting mutafakkir kishilari jurnalistika kasbiga katta baho 
berganlar va jurnalistikani jam iyatga xizmat qilishning eng yuksak 
naihunasi deb bilganlar. Rus jurnalistikasining atoqli namoyandalari: 
buyuk shoir A.S.Pushkin, atoqli olim M.V.Lomonosov, xalqparvar 
publitsist N.G.Chernishevskiy, A I.Gertsen va boshqalar haqiqiy jurnalist, 
xalq manfaati uchun, ozodlik uchun, ezgulik uchun tolmas kurashchi 
b o iish i lozimligini ta’kidlagan edilar.
Turkistonda jumalistikaning kasb sifatida shakllanishi masalasiga 
kelsak o ‘tmishda hali jurnalistika shakllanmagan paytlarda uning ijtimoiy 
vazifasini ham yozma adabiyot bajarib kelganligini k o ‘rgan edik. 0 ‘zbek 
mumtoz adabiyotining atoqli vakillari Alisher Navoiy, Bobur, keyinchalik
164


Muqimiy, Furqat va Zavqiylar asarlarida o ‘z davrlarining muhim 
muammolarini ko ‘tarib chiqdilar. Shu munosabat bilan ularni o ‘zbek 
publitsistikasining boshlovchilari deyishimiz mumkin. Jurnalistika kasbi 
jurnalistika nashrlarining paydo b o iis h i bilan bogiiqligini nazarda tutsak 
bu kasbning o ‘tgan asrning oxirlarida paydo boiganligini ko'ramiz.
1870-yildan nashr etila boshlangan “Turkiston viloyatining gazeti”da 
shoir Furqat, Ishoqxon to'ra, Nodim Namangoniy va boshqalar hamkorlik 
qildilar. XX asrning boshlarida vujudga kelgan Turkiston milliy uyg‘onish 
jurnalistikasida 
esa 
bu 
harakatlarning 
atoqli 
namoyandalari 
M.Abdurashidxonov, M.Behbudiy, A.Avloniy, Hamza, S.Ayniy va 
boshqalar faol ishtirok etdilar. Bu atoqli ijodkorlar jurnalistika kasbim 
xalqqa, millat manfaatlariga, taraqqiyotga xizmat qilish deb bildilar • 
Keyinchalik ularning an’analarini Abdulla Qodiriy, ChoTpon, Fitrat va 
boshqalar davom ettirdilar. Keyinchalik adiblarimiz G ‘afur G ‘ulom, 
Abdulla Qahhor va boshqalar jurnalistika kasbi bilan samarali 
shug‘ullandilar. Atoqli o ‘zbek jurnalistlarining boy va sermazmun 
an’analarini hozirgi zamon o ‘zbek jurnalistlari davom ettirib kelmoqdalar.
Shuni aytish kerakki, jurnalistika kasbi eng qadimiy kasblardan biri 
bo ‘lib, jurnalistika paydo b o iish i bilan vujudga keldi va rivojlandi. 
Jumalistikaning dastlabki kurtaklari paydo 
b o ig a n davrda unda 
ishlovchilami “gazettant”, maxsus yangiliklarni yetkazib beruvchilarni esa 
“novellant” deb atashgan. “Jurnalist” atamasi jurnallar kelib chiqishi bilan 
qo ilan ila boshlandi va uning mazmuni kengayib, jumalistikaning barcha 
turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ham tegishli bo‘Idi.
Jurnalistika taraqqiy etishi bilan bu kasbning turli qirralari, xillari 
paydo b o id i. Jurnalistika nashrlarini xabardor qiluvchi jumalistlar -
muxbir, reporter deb, keyinchalik jurnalistika va adabiy ijod rivojlanishi 
bilan publitsist, sharhlovchi, jumalistikaning m a’lum janrlari bo‘yicha ijod 
qiluvchilarni - feletonchi, ocherkchi deb atash odat tusiga kirdi. 
Jurnalistika nashrlarini bevosita tayyorlash va chiqarish bilan b o g iiq
b o ig an muharrir, musahhih. (korrektor), matbaachi kabilar kelib chiqdi. 
Ommaviy axborot vositalarining paydo b o iish i bilan fotojurnalist. 
telejurnalist, suxandon, operator kabi kasblar ham paydo b o id i.
165


Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari taraqqiy eta borishi bilan bu 
tarmoqlanish yana davom etaveradi.
Jurnalist mehnatining uch asosi va uch tarkibiy qismi mavjud. 
Jurnalist mehnatining ijtimoiy-siyosiy asosi uning qaysi jamiyatda, qanday 
mafkura va dunyoqarashga xizmat qilishidan kelib chiqadi. O 'z milliy 
mustaqilligiga erishgan 0 ‘zbekistonda jurnalistika kasbining ijtimoiy- 
siyosiy va huquqiy asoslari to ‘la ko‘rsatib berilgan. Bu o‘z xalqi, o ‘z 
vatanining ravnaqi uchun, mustaqillikni yanada mustahkamlash, milliy 
taraqqiyotga erishish, adolat va demokratiya y o iid a ijod qilishdan iborat. 
Jurnalist mehnatining huquqiy asoslari parlamentimiz tomonidan qabul 
qilingan “Ommaviy axborot vositalari to ‘g ‘risida”, “Jurnalistik faoliyatni 
himoya qilish to ‘g ‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to ‘g ‘risida” kabi qonunlar va 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab 
berilgan. Bizning jamiyatimizda jurnalistika kasbi ulug‘lanadi hamda unga 
yuksak talablar qo'yiladi.
Jurnalist mehnatining iqtisodiy asosiga uning mehnatiga muvofiq 
to io v lar - maosh, qalam haqi, mukofotlar kiradi. Bizda iste’dodli, o ‘z 
kasbining haqiqiy egasi bo ‘lgan jurnalistlar uchun yetarli darajada 
iqtisodiy 
shart-sharoitlar 
yaratilmoqda. 
Eng 
yaxshi 
jurnalistlar 
davlatimizning 
mukofotlariga 
sazovor 
bo‘lishmoqda, 
el 
orasida 
ardoqlanishmoqda.
Jurnalist mehnatining m a’naviy asosini jurnalistning ichki dunyosi, 
e’tiqodi, maqsadi belgilaydi. 0 ‘z so‘zi bilan xalqqa, vatanga, ezgulikka, 
adolatu haqqoniylikka xizmat qilish har bir jurnalistning oliy burchidir.
Jurnalist mehnatining uch tarkibiy qismiga kelganimizda jurnalist 
birinchi navbatda muallif, yozuvchidir.
Jurnalist mehnatining ikkinchi muhim tarkibiy qismi esa muharrirlik, 
tahrirchilikdan iborat.
Jurnalistning ish faoliyatida uning tashkilotchilik qobiliyati muhim 
ahamiyatga ega. Bu - jumalistikaning bosh ijtimoiy vazifalaridan, uning 
hayotga bevosita ta ’sir etish xususiyatidan kelib chiqadi. Jurnalist 
jurnalistika materiallarini uyushtirish, ulaming ta ’sirchanligini ta ’minlash, 
samaradorligini oshirish uchun kurashishi ham lozim. Bu esa jurnalistdan
166


ijtimoiy hayotga bevosita aralasha bilish, katta salohiyatga ega b o iish , 
tadbirkor va ishbilarmon, hozirjavob b o iish n i talab qiladi.
Mustaqil respublikamizda jurnalistika kasbiga b o ig a n talab tobora 
oshib bormoqda. Bizda ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat 
qilayotgan ijodkorlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat 
ko‘rsatishlari, vatanimiz kelajagi, xalq baxt-saodati, millatimiz kamolati 
y o iid a ijod qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Keng tarmoqli 
jurnalistika nashrlari va ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari 
o ‘z kasblarini ulugiab, mustaqil respublikamizga munosib xizmat qilib 
kelmoqdalar. 
0 ‘zbekiston 
Ommaviy 
axborot 
vositalarini 
demokratlashtirish va qoilab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jam g‘armasi va 
boshqa ijodiy tashkilotlar bu kasb egalarining ijodiy kamolotlarini 
oshirishda, ularning haq-huquqlarini himoya qilishda muntazam ish olib 
bormoqdalar.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish