M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


Televideniye va radioda ocherk



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

9. Televideniye va radioda ocherk.
10. Sud ocherklaridagi asosiy kamchiliklami ayting.
10.3. Esse
Badiiy publitsistikaning o ‘ziga xos janrlaridan biri essedir. Esse 
so‘zining lug‘aviy m a’nosi fransuzcha “tajriba” degan m a’noni bildiradi. 
Bu m a’no uning bosh xususiyatini tashkil etadi: esse orqali insonning 
hayotdan olgan tajribalari, fikr-mulohazalari aks ettiriladi. Esse ko‘p qirrali 
janr bo‘lib u ilmiy, tarixiy va publitsistik ko ‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. 
Yana bir lug‘atda esseni erkin shakldagi adabiy janr ekanligi aytiladi. Esse 
o ‘zbek tilida «badia» shaklida ham ishlatilishi mumkin, bu esa kishining 
diqqatini tortadigan, keng mushohadali badiiy asar m a’nosini beradi. Badia 
biror bir tarixiy, ilmiy mavzu borasida erkin badiiy uslubda yozilgan 
asardir. Y a’m, esseda ilmiy-adabiy, ijtimoiy mushohadalar, tadqiqotlar o ‘z 
ifodasini topadi, tahlil, mulohaza va xulosalar asosiy o‘rin tutadi.
Esse o ‘z xususiyati bilan ocherkka yaqin turadi, y a ’ni unda ham hayot 
voqealari badiiy-publitsistik usulda aks ettiriladi. Ammo essening 
ocherkdan 
farqi 
-
uning 
erkin 
uslubda 
yozilishi, 
hajmining 
cheklanmaganligi, muallifning olingan mavzu borasida atroflicha fikr 
yuritib, kerakli o ‘rinlarda ilmiy, kerakli o'rinlarda ijtimoiy-tarixiy va 
badiiy vositalardan keng foydalanishi, publitsistik xulosalar chiqarishida 
o‘z ifodasini topadi.
Esseda biror tarixiy voqea yoki zamonaviy muammo erkin fikrlash 
asosida bayon etiladi, unda muallifning o ‘ziga xos tahlili asosiy o ‘rm 
tutadi. Esseda muallifning shaxsiy kuzatishlari va mushohadalari bosh 
vazifani bajaradi. Ammo, esseda publitsistik mushohada va xulosa asosiy 
o ‘rin tutishi, y a’ni u ijtimoiy ahamiyatga ega b o ig a n fakt, voqea, 
muammolarga bagMshlanib, jamoatchilik fikrini uyg‘otishi lozim. Mazkur 
janrda fan, siyosat va adabiyotning uyg‘unligi mavjud boiganligi sababli
269


unda obraz va obrazlilik o ‘ziga xos xususiyatga ega b o iad i. Shu boisdan 
essedagi ilmiy, tarixiy, ijtimoiy tadqiqot va mushohadalar xuddi 
maqoladagi kabi jiddiy tahlil uslubida berilishi ham mumkin. Faqat kerakli 
o ‘rinlardagina badiiy vositalar va shu jumladan obraz va obrazlilikdan ham 
foydalaniladi. Bu jihatdan esse muammo ocherkiga yaqin turadi. Esseda 
yo‘l va portret ocherklariga xos xususiyatlar ham uchrashi, ya’ni biror 
shaxs obrazi yoki y o i taassurotlari ham o ‘z ifodasini topishi mumkin. Esse 
g‘arb jurnalistikasida keng qoilaniladi. 0 ‘zbek jurnalistikasiga ham bu 
janr keyingi yillarda kirib keldi. 
Bunga misol 
sifatida taniqli 
adabiyotshunos O.Sharofiddinovning «Tafakkur», «Jahon adabiyoti» 
jurnallarida 
bosilgan 
esselari 
misol 
b o ia
oladi. 
Bu 
esselarda 
zamonamizning shu kungi muhim ijtimoiy-ma’naviy muammolari 
ko‘tarilib chiqiladi. Qardosh qoraqalpoq adibi T.Kaipbergenovning qator 
adabiy-badiiy esselarida yozuvchining hayot va zamon haqidagi falsafiy- 
ijodiy qarashlari o ‘z ifodasini topgan. X.Davron esselarida esa tarixiy 
mavzular bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritilsa, iqtidorli jurnalist Q o‘chqor 
Norqobilning esselarida ham shu kunning muhim ijtimoiy-ma’naviy 
masalalari qalamga olinadi. Shu kungi jumalistika sahifalarida ham 
essening turli kocrinishlarini ko‘rish mumkin.
Hayotimizning turli mavzulariga bag‘ishlangan bu esse va badialarda 
shu kun uchun muhim b o ig an biror voqea, biror shaxs faoliyatining 
qirrasi, yoxud shu kun bilan b o g iiq b o ig an tarixiy voqealar aks ettiriladi. 
Masalan, adabiy otshunos olim va adib M .Qo‘shjonovning « 0 ‘zbekiston 
adabiyoti va san’ati» gazetasining 2005-yil 4-fevral sonida bosilgan «Xiva 
suhbati» badiasi qadimgi Xorazm tarixiga bagishlangan b o iib , unda bu 
yurtda yashab o ig a n Jaloliddin Manguberdi, 
Pahlavon Mahmud 
Puryovaliy va boshqa ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir turli qiziqarli 
faktlar keltiriladi, muammolar o‘rtaga tashlanadi. M uallif o‘z badiasini 
xorazmlik yozuvchi, qator tarixiy asarlar yaratgan Erkin Samandar bilan 
suhbat tarziga qurgan. Yozuvchi Murod Xidiming «M a’rifat» gazetasining 
2003-yil 26 - dekabr sonida bosilgan «Ibtidodda so‘z boigan» badiasi 
ham m a’naviy masalalami qalamga oladi. Unda kitob va uning shu kungi 
inson hayotidagi o ‘rni masalalari mushohada etiladi. M uallif yaxshi 
kitoblar yaratish va nashr etish borasida qator masalalami o‘rtaga tashlab,
270


jamoatchilik fikriga havola qiladi. Shoir Asqar Mahkamning «Adabiyot 
ibodati» badiasi ( « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 2004-yil, 22-dekabr) 
ham m a’naviy-ijodiy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoir 
Shavkat Rahmonning hayoti va ijodiga doir chizgilar o ‘rin olgan. M uallif 
iqtidorli shoirning hayotiy qarashlari, badiiy izlanishlari va mahoratining 
bosh qirralarini izchil tasvirlab bera olgan.
Yuqoridagi esselar asosan muayyan tarixiy shaxslarga bag ‘ishlangan 
bo ‘lsa N.Ochilovning « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 
2003-yil, 11-aprel sonidan joy olgan «Qaytish» deb nomlanuvchi 
essesining qahramoni esa umumlashtirilgan, badiiy to ‘qima shaxsdir. 
Esseda tasvirlanishicha Sharifjon degan yigit ilm olish bilan shug‘ullanar, 
doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan ekan. Ammo u turmush 
qiyinchiliklari tufayli ilmni tashlab o ‘zini bozorga «uradi» va yaxshigina 
m ablag‘ orttirib, boyiy boshlaydi. Ammo uning dilidagi ilmga, ijodga 
bo ‘lgan muhabbati sira tinchlik bermaydi, vijdoni qiynaladi. Nihoyat u 
bozorni tashlaydi va yana ilmga qaytadi, doktorlik dissertatsiyasini 
muvaffaqiyatli yoqlab, el-yurt oldida yuzi yorug‘ b o iad i, uning qalbida 
hayotdan mamnunlik hislari yana uyg‘onadi. Bu badia mavzu va badiiy 
yechim jihatidan o ‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Umid Yoqubovning 
«M a’rifat» gazetasining 2004-yil 15-dekabr sonida bosilgan «Gulxan 
o ‘chmagan kecha» badiasi ham shu kunning m a’naviy masalalari, inson va 
uning hayotdagi o ‘rni muammosiga bag‘ishlangan. Unda yosh, hayotga 
chanqoq, haqiqatning ko ‘ziga tik boqa oladigan, chuqur mushohadali 
m uallif obrazi namoyon boiadi.
Esse o ‘ziga xos ko‘p qirrali, murakkab janr bolganligi boisidan u 
k o ‘proq yozuvchilar, olimlar, mutaxassislar tomonidan yoziladi va odatda 
adabiy-badiiy nashrlarda e ’lon qilinadi. Shuningdek, u jurnalistika 
nashrlaridan tashqari radio va televideniyeda ham berilishi mumkin. Bu xil 
esselarda publitsistika bilan bir qatorda radio va televideniye xususiyatlari 
ham o ‘z ifodasini topadi.
Esse kelajakda o ‘zbek jurnalistikasining ham asosiy janrlaridan biri 
b o iib qoladi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish