M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

10.5. Pamflet
Hajviy publitsistikanmg eng muhim janrlaridan biri pamfletdir. 
Pamflet so‘zi aslida yunoncha b o ‘lib, o ‘t qoym o q, yondirmoq degan 
m a’noni bildiradi. Keyinchalik bu ingliz tili orqali ommalashib, shu 
kunning muhim masalasiga bag‘ishlangan va keskin fosh etish tarzida 
yozilgan asarga aytiladigan b oig an . Binobarin, pamflet jamiyatning shu 
kundagi, ayni zamondagi hayotida uehraydigan ijtimoiy illat va 
nuqsonlami kuchli hajviy uslubda tasvirlab fosh etuvchi asar, publitsistika 
janridir. Pamflet ham xuddi feleton singari hayotdagi biror ijtimoiy illat, 
salbiy 
xususiyatga ega bo'lgan 
voqea, 
muammo yoki 
shaxsga 
bag‘ishlanadi, uning tuzilishi, shakli ham feletonga yaqin turadi.
Ammo uning feletondan farqi shundaki, pamflet ijtimoiy jihatdan o ‘ta 
muhim va yirik ijtimoiy mavzularga bag‘ishlanadi hamda ayovsiz fosh 
qilish kuchiga ega bo 'I ad i. Y a’ni, pamflet jamiyatning shu kungi hayoti, 
taraqqiyotiga jiddiy xavf solayotgan, unga murosasiz dushmanlik ruhida 
bo ‘lgan qarashlar, voqealar, muammolar yoki shaxs va guruhlarga qarshi 
qaratiladi hamda unda hajvning eng o ‘tkir, eng ayovsiz vositalaridan 
foydalaniladi. T a’bir joyiz bo‘lsa, feletonni ijtimoiy illatlarga qarshi 
otilgan o'q deb faraz qilsak, pamfletni esa eng xavfli ijtimoiy dushman 
kuchlarga qarshi otilgan zambarak o ‘qiga qiyos etish mumkin. Feletonda 
ijtimoiy kulginmg piching, kinoya, hazil kabi turlaridan foydalanilsa 
pamfletda esa achchiq zaharxanda, sarkazm. g ‘azab va nafrat uyg‘otuvehi 
kulgi ko‘rinishlari qoilaniladi. Pamfletning vujudga kelishida mafkura, 
dunyoqarash muhim o ‘rin tutadi. Boshqacha qilib aytganda pamflet - bir- 
biriga murosasiz, hayot-mamot jangiga chiqqan ikki xil dunyoqarash, ikki 
xil g ‘oya va ijtimoiy tartiblarning publitsistikadagi tortishuvi, g ‘oyaviy- 
ijodiy jangining k o ‘rinishidir. Shuning uchuri ham pamflet insoniyat 
tarixidagi m a’lum bir sinflar, ijtimoiy tabaqa va guruhlarga xizmat qilib 
kelgan, y a’ni, biron-bir sinfyoki ijtimoiy guruhning o ‘ziga qarama-qarshi 
bo'lgan sinf va guruhlarga qarshi g ‘oyaviy hujum quroli sifatida vujudga 
kelgan. Pamfletning tarixi uzoq qadimgi davrlarga borib taqaladi, 
eramizdan oldingi davrlarda bu janr og ‘zaki nutq shaklida mavjud b o ‘lib,
289


o ‘sha davrlarning mashhur notiqlari — Demosfen, Tsitseron va boshqalar 
g ‘oyaviy 
muxoliflarga 
qarshi 
kurashda nutqiy 
pamfletdan 
keng 
foydalanganlar. Yevropada o ‘rta asrlarda ham pamflet ancha rivojlangan 
edi. Italyan mutafakkir adibi Dante Aligeri, fransuz U yg‘onish davri vakili 
Fransua Rable, shu davr ingliz dramaturgi Vilyam Shekspir, XVII asr 
ingliz adibi Jon Milton va boshqalarning asarlarida pamfletga xos boMgan 
kuchli fosh etish ruhi o ‘z ifodasini topgan edi. Mazkur janr buyuk ijtimoiy 
voqelar davri - Yevropadagi burjua inqiloblari paytida yuqori cho'qqiga 
ko‘tarildi.
Fransuz publitsist-adiblari Jan Pol Marat, Kamil Dyulen va boshqalar 
o ‘z pamfletlarida feodal yakka hukmronligini ayovsiz fosh etdilar. 
Keyinchalik, XIX asrga kelib ijtimoiy maydonga chiqqan kommunistik 
g ‘oya tarafdorlari ham burjuaziya tartiblarini fosh etishda pamfletdan keng 
foydalandilar. Bu g ‘oyaning asoschisi b o ‘lmish Karl Marksning «Lui 
Bonapartning 18-bryumeri» va boshqa pamfletlari mazkur janm ing 
mukammal ko‘rinishlari bo‘ldi. Kommunistik qarashlarning Rusiyadagi 
tarafdorlari ham bu janrga katta e ’tibor bilan qaradilar, jumladan, 
V.I.Leninning «Lakeyxonada» va boshqa pamfletlari mavjuddir. Ammo 
mazkur pamfletlar kommunistik yakka g ‘oya nuqtai nazaridan yozilgan va 
ijtimoiy hayot voqealariga shu nuqtai nazardan yondashilgan edi. Sovet 
davrida yozilgan va jurnalistika nashrlarida bosilgan boshqa pamfletlarda 
ham ana shunday g ‘oyaviy-siyosiy bir yoqlamalik, cheklanganlik mavjud 
edi. 0 ‘zbek adabiyoti tarixida ham pamflet janrining uzoq davrlarga borib 
taqalishini ko ‘rish mumkin. Milliy yozma adabiyotimizda bunga misollar 
ko ‘p. Garchi bu asarlar bevosita mazkur janrda yozilmagan bo ‘lsa-da, 
ularda ko‘tarilgan ijtimoiy fosh etish ruhi pamfletga yaqin turardi. 
Jumladan, XVII asrda yashab ijod etgan shoir Turdi Farog‘iyning 
«Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari hajvi» asarida o ‘sha davr 
hukmdorlarining siyosati xalqparvarlik nuqtai nazaridan keskin fosh 
etilgan 
edi. 
Shoir 
o ‘sha 
davrdagi 
Buxoro 
hukmdori 
bo‘lmish 
Subhonqulixon va uning a ’yonlarini quyidagicha zaharxandalik bilan fosh 
etadi:
290


Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G‘asb ila molin olib, qo ‘ymadingiz bitini,
Qamchilar dog‘ solib bo‘yung‘a, tilib betini,
Yordingiz zahrasini, ichidan olib o ‘tini,
B oim adi kam bu raiyat boshidan hech tayoq.
Shu davrda yashagan ikkinchi bir otashnafas shoir Boborahim 
Mashrabnmg o ‘tkir she’rlarida ham pamfletona fosh etish kuchi mujassam 
edi. Shoir «Dili tig ‘i sitamdan pora b o ig an » mehnatkash xalq ahvoliga 
qayg‘urdi, ijtimoiy hayotdagi zulm va adolatsizlikka keskin qarshi chiqdi. 
Masalan, uning «Dastingdan» radifli muxammasining har bandida:
Hama obod b o id i, b oim adim obod dastingdan,
Ki men har qayga borsam dod etarman, dod dastingdan, 
deb takrorlanib keluvchi 
satrlar xalqning mavjud tuzumdan 
noroziligining keskin ifodasi edi.
Zamondan shikoyat, ijtimoiy illatlami, zulmu zalolat va adolatsizlikni 
keskin fosh etish XVIII asrning oxiri X IX asrning boshlarida yashab, ijod 
etgan xalqparvar shoir Maxmur asarlarining ham bosh y o ‘nalishi b o id i. 
Shoirning «Hapalak» va boshqa hajviy she’rlarida o ‘sha davr hayoti, oddiy 
xalq boshiga balo boiayotgan ijtimoiy tartiblar keskin, zaharxandalik bilan 
fosh etildi. Shoirning qator hajviy she’rlarida ijtimoiy tengsizlik, haq- 
huquqsizlik, zulm va zo‘rovonlikka qarshi qaratilgan «bizga cheksiz 
zulming qachongacha? Rostgo'ylam ing boshida qilich qachongacha 
o ‘ynaydi?
Qachongacha bir alamimizni yuz alam qilasan? Axir, yuraklar tah- 
batah qon b o iib ketdi-ku!» degan ijtimoiy xitoblar mavjuddir. Bu fikrlarda 
pamfletning kuchli fosh etish ruhini ko ‘rish mumkin.
Yuqoridagi xalqparvar shoirlar ijodining g ‘oyaviy-ijodiy davomchilari 
b o ig an shoirlar Zokirjon Furqat, Muhammad Am inxo‘ja Muqimiy, 
Ubaydulla Zavqiylar ijodida ham pamfletga xos b o ig a n fosh etish ruhi 
kuchli edi. Jumladan, shoir Muqimiyning «Tanobchilar», «Dodhohim» 
kabi hajviy she’rlarida xalq uchun og ‘ir sitamlar olib keluvchi ijtimoiy 
tartiblar ustidan keskin zaharxandalik bilan kulinadi. Shoir Zavqiy o ’zining 
«Hajvi ahli rasta» asarida o ‘sha davrning «zamona zo‘rlari» b o ig an
291


boylar, savdogarlaming bir guruhini o ‘tkir kinoyali kulgi bilan fosh etgan 
edi. Mazkur asarlami oikam izdagi ilk yozma pamfletlar edi, deyishimiz 
mumkin.
Pamflet bevosita janr sifatida o ‘zbek jumalistikasida yigirmanchi 
yillarga kelib shakllana boshladi. U avvalo feletonning bir turi sifatida 
vujudga keldi. 0 ‘sha davrda vaqtli jumalistika nashrlarida bosilgan ayrim 
feletonlarda pamfletlik xususiyatlari paydo b o ia boshladi. Masalan. 
Abdulla Qodiriyning «Mushtum» jurnalining 1923- yil, 2-sonida bosilgan 
«Siyosat maydonida» sarlavhali xalqaro mavzudagi feleton-sharhida chet 
el hukmdoiiarinmg bosqinchilik siyosatlari 
pamfletga xos 
o ‘tkir 
zaharxanda bilan tanqid qilinadi. Yozuvchining «Sho‘x baytal» feletonida 
ham shu xususiyatni ko‘rish mumkin. Unda o ‘sha zamon g ‘arb 
dunyosining ayyorona siyosati, chirkin fahsh axloqi keskin zaharxandali 
piching bilan quyidagicha fosh etiladi:
«Ingliz siyosatdonlari London sho‘x baytallarini sharq amir-shohlarini 
yoVvoshlashtirish uchun Arabiston, Eron Va Hindistonga y o ila r ekanlar. 
Lord Kerzon o ‘z siyosatini Sharqda amalga oshirish uchun qizchasini Eron 
hukmdori Ahmadshohga nazir tortqon, deb ham so‘zlaydilar».Yigirmanchi 
yillar o ‘zbek jumalistikasining taniqli namoyandasi b o ig a n Nazir 
T o‘raqulovning «Uchqun» jurnalida bosilgan «Mirza Kerzonga maktub» 
sarlavhali hajviy-publitsistik asarini ham dastlabki o ‘zbek pamfletlaridan 
biri deyish mumkin. Muayyan sinfiy-partiyaviy nuqtai nazardan yozilgan 
bu asarda o ‘sha davrdagi ichki va tashqi muxoliflaming kirdikorlari o ‘tkir 
satira bilan fosh etilgan edi. Ziyo Said va Nosir Saidlaming «Mushtum» 
jurnali sahifalarida bosilgan «Oxirat maktublari» deb nomlanuvchi 
feletonlar turkumi hamda Nosir Saidning shu davrda yozilgan «Bir 
rakaatlik nomroz» sarlavhali hajviy-publitsistik asarida ham pamfletlik 
xususiyatlari mavjud edi. Mazkur asarlarda ham o ‘sha davrdagi m uxolif 
kuchlar ayovsiz satira ostiga olingan edi.
Bundan keyingi davrlarda ham o ‘zbek jurnalistikasida pamflet janri 
goh-goh o ‘rin olib turdi. Oybek, G ‘afur G ‘ulom, Abdulla Qahhor va 
boshqalar bu janrning rivojiga o ‘z hissalarini qo ‘shdilar. Ular yaratgan 
pamiletlarda davrga muxolifatda b o ‘lgan tashqi kuchlar o ‘tkir hajv ostiga
292


olindi. Bu davrda yaratilgan qator pamfletlarda fashizm va uning 
insoniyatga dushman b o ig an g ‘oyalari ayovsiz fosh etildi. Bunday 
pamfletlar orasida Abdulla Qahhoming «Bos tepkini!» feleton-pamfleti 
alohida ajralib turadi. Bu davrda yaratilgan boshqa pamfletlar, yuqoriroqda 
aytganimizdek, kommunistik g ‘oya va sinfiy-partiyaviy manfaatlar nuqtai 
nazaridan yozilganligi boisidan o ‘zida bir yoqlamalik, cheklanganlik 
xususiyatiga ega boidilar.
Mamlakatimiz o 'z milliy mustaqilligiga erishgach mazkur janrning 
yanada 
rivoji 
uchun 
keng 
y o ila r 
ochildi. 
Xalqaro 
terrorizm, 
mustaqilligimizga qarshi b o ig a n tashqi va ichki kuchlarning kirdikorlari 
va boshqa ijtimoiy illatlar pamflet uchun mavzu b o iib xizmat qilishi 
lozim.
Yuqoridagi tarixiy kuzatishdan ko‘rinib turibdiki, pamflet ham hajviy 
publitsistikaning muhim, dolzarb va jangovar janri hisoblanadi. Mazkur 
janr ham xuddi feleton singari ijtimoiy kulgiga asoslanadi hamda o ‘zida bu 
kulgining eng kuchli, ta ’sirchan vositalaridan foydalanadi. Xuddi 
feletondagi kabi pamfletda ham obraz va obrazlilik muhim ahamiyatga ega 
b o iad i. Pamfletda ham obraz - muayyan shaxs, guruh yoki tabaqa b o iish i 
mumkin. Y a’ni, unda shu kungi ijtimoiy hayotda taraqqiyotga to ‘siq 
boiayotgan, dushmanchilik qilayotgan m uxolif kuchlar, ulaming vakillari 
fosh etilishi lozim. Shu bilan birgalikda pamflet uchun biror ijtimoiy 
muammo, chunonchi, m uxolif kuchlarning mafkurasi yoxud poraxoilik 
kabi ijtimoiy illatlar ham umumlashgan obraz b o iib xizmat qilishi 
mumkin. Pamfletda obraz yaratishda feletonga qaraganda muhim va 
yirikroq faktlar, voqealardan foydalaniladi. Ijtimoiy kulgining esa olingan 
mavzuga mos keluvchi eng ta’sirchan ko ‘rinishlari, g ‘azab va nafrat 
uyg‘otuvchi turlari qoilaniladi. Pamflet ham xuddi feleton singari turli 
shakllarda namoyon b o iad i. U, jumladan, maqola, hikoya, xat va boshqa 
shakllarda ifoda etilishi mumkin. Pamfletning shakli, obrazlari va undagi 
ijtimoiy kulgi turlari olingan mavzuning t o i a ochib berilishi hamda 
publitsistik ta’sirchanlikka erishishga xizmat qilishi lozim.
Boshqa badiiy-publitsistik asarlar singari pamfletda ham syujet va 
kompozitsiya puxta o ‘vlangan b o iish i, olingan mavzuni ochib berishi va

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish