M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


Badiiy publitsistika bo‘yicha



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Badiiy publitsistika bo‘yicha
reyting topshiriqlari
1. Badiiy publitsistikaning asosiy xususiyatlarini ayting.
2. Badiiy publitsistika qanday fa o liya t yuritadi?
3. Publitsistikada obraz va obrazlik qanday xususiyatlarga ega?
4. Badiiy publitsistika janrlarini ayting.
5. Obraz va obrazlilik degan iboralarni sharhlang.
6. Publitsistik tadqiqot badiiy publitsistikada ishlatiladimi, tushuntirib
bering.
7 . 0 ‘zbek О A Vda badiiy publitsistikadan foydalanish.
Badiiy publitsistika bo‘yicha nazorat savollari
1. Badiiy publitsistikaning publitsistikaning boshqa qismlaridan
farqin i ayting.
2. Lavha va ocherk ja n ri haqida nima bilasiz?
3. Feleton bilan pam flet ja n rla ri haqida bilganlaringiz.
248


4. 
Tadqiqot va tasviriy vositalarning mutanosibligi haqida nimqlar
bilasiz?
10.1. Lavha
Lavha so‘zi arabchadan olingan b o iib , biror narsa yozilgan taxtacha, 
ko iin ish , manzara degan m a’nolami bildiradi. Lavha publitsistikaning 
kichik janrlaridan biri b o ‘lib, aslida axboriy-xabardor etuvchi janrdir. 
Uning vazifasi hayotdagi biror fakt, voqea va hodisa haqida xabar berish, 
o ‘quvchiga tanishtirishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda lavha oddiy 
axborotdan, xabardan farq qilib, hayot voqea va hodisalarini kengroq 
tasvirlash, hayotdan olingan bir k o ‘rinishni, kishilar faoliyati haqidagi 
muayyan bir m a’lumotlami o ‘quvchi ko ‘z o ‘ngida jonlantirib berish, 
tasavvur hosil qilishdan iborat maqsadga xizmat qiladi. Shu nuqtai 
nazardan unda ayrim badiiy-tasviriy vositalar - tabiat manzaralari, inson 
faoliyati, mehnat, izlanish k o ‘rinishlari, zarur bo lg an da inson qiyofasi va 
boshqa tasvirlarga o'rin beriladi. Odatda lavha hayotdagi ijobiy 
xususiyatga ega b o ‘lgan va boshqalarga namuna sifatida xizmat qiladigan 
voqea va hodisalar, insonning yaratuvchilik faoliyati, samarali mehnati, 
erishgan yutuqlarini tasvirlashga bag‘ishlanadi. Ayrim hollarda esa 
hayotdagi kamchilik va nuqsonlarni y o‘qotish, salbiy hollarni tanqid qilish 
uchun tanqidiy, hajviy lavhalar ham b o iish i mumkin. «Xalq so ‘zi» 
gazetasining 2005 yil , 7 sentyabr sonida «Alpomish» uyqudan 
uyg‘onadimi?» sarlavhali tanqidiy lavha berilgan. Unda Surxondaryo 
viloyatining Jarqo‘rg ‘on tumanida tashkil etilgan don mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi «Alpomish» deb ataluvchi 0 ‘zbekiston-Amerika qo‘shma 
korxonasining 
ishidagi 
kamchiliklar 
ochib 
tashlanadi. 
Oddiy 
korrespondensiyadan farqli ravishda unda ishdan to ‘xtab qolgan korxonani 
uxlab qolgan xalq qahramoni Alpomishga o ‘xshatish va boshqa obrazli 
vositalardan foydalaniladi.
Lavhada fakt, voqea-hodisalar haqida xabar berish, ulami m a’lum 
darajada tahlil etilishi bilan birgalikda hayotni yorqinroq jonlantirish orqali 
tasvir etilishi taqozo etiladi. Bu esa o ‘z navbatida unda obraz va 
obrazlilikdan foydalanishni talab qiladi. Ammo lavhada biror voqea yoki 
hodisa yoxud kishi faoliyatining barcha tafsilotlari emas, balki m a’lum bir
249


parchasi yoritib beriladi. Masalan, biror olim, muallima, sportchi yoki 
san’atkornirig o ‘z faoliyati, erishgan yutuqlari lavhada o ‘z aksini topishi 
mumkin. Y a’ni, lavha janri hayot voqealari va hodisalarini jonli tarzda 
tasvir etishning publitsistikadagi ilk, dastlabki ko ‘rinishidir. Jumalistikada
- gazeta va jumal lavhasi bilan bir qatorda radiolavha va telelavhalar ham 
mavjud. Ularning o ‘ziga xos hususiyatlari radio va televideniyening 
talablaridan kelib chiqadi.
Lavhani respublika, markaziy umumsiyosiy, ixtisoslashgan va tarmoq 
gazetalari hamda viloyat, tuman gazetalarida k o ‘plab uchratish mumkin. 
Bu qulay va ta’sirchan janr jurnallar sahifalaridan ham keng o ‘rin oladi. 
Umuman olganda lavha о ‘zbek jurnalistikasining doimiy va keng 
uchraydigan janri hisoblanadi. « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» 
gazetasining 2005-yil 9-sentyabr sonidan o‘rin olgan «Eski Jo ‘vadagi 
m o‘jizalar» sarlavhali materialni gazeta lavhasining tipik k o ‘rinishi deyish 
mumkin. Lavha m uallif jurnalist Rustam Musurmon poytaxtimizning Eski 
Jo‘va mavzeida keyingi paytda yuz bergan o'zgarishlar, obodonchilik 
haqida shunday deb yozadi:
«MustaqiUigimizning 14 yilligi bayrami munosabati bilan shahrimizda 
ulkan bunyodkorlik inshootlari, bog‘lar, ko‘priklar, saroylar, ajoyib 
inshootlar ishga tushurildi. Xususan, Toshkentning Eski shahar hududida 
bayram arafasida ochilgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va 
istirohat bog‘i, 0 ‘zbek liboslari galereyasi, bolalar ijodiyoti uyi shahaming 
ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Bugun Eski Jo‘va bozori maydonini aylanarkansiz, 
Prezidentimiz aytganidek bu yerda faqat Eski Jo ‘va degan eski nomning 
o ‘zigina qolganini, qiyofasi mutlaqo yangicha, zamonaviy tarzda o ‘zgarib 
ketganiga amin bo ‘lasiz».
Lavha davomida m uallif bu yerda barpo etilgan Bolalar ijodiyoti uyi 
va boshqa' inshootlarning o‘ziga xos m e’moriy ko ‘rinishlarini birm a-bir 
zavq bilan tasvirlaydi, ularda olib borilayotgan ishlar haqida ham 
m a’lumotlar berib o ‘tadi. Lavha obrazli ifodalar, ko‘tarinki ruh bilan 
sug‘orilganligi boisidan o ‘quvchiga m a’qul tushadi.
Mazkur janr hayotning turli qirralari, shu jumladan ishlab-chiqarish 
bilan b o g iiq fakt va voqealarni xabar qilishda ham qo‘1 keladi. Masalan, 
Surxondaryo viloyatining Denov shahrida chiquvchi mahalliy ijtimoiy—
250


siyosiy gazeta b o ig an «Chag‘oniyon» bu janrdan unumli foydalanadi. 
Uning shu yil 18 sentyabr sonining birinchi sahifasida «Xosiyat opaning 
shijoati» sarlavhali lavha berilgan. Unda tumandagi Xosiyat Rahimova 
boshqarayotgan «Otabek» fermer x o ‘jaligida o'sha kunlarda qizg‘in olib 
borilayotgan paxta terimi manzarasi tasvirlangan. «Biz kuni kecha Xosiyat 
opa boshliq dehqonlar dalasida b o iib qaytdik — deb yozadi lavha muallifi 
N.Temirov. - Oppoq, qiyg‘os ochilgan paykallarda terim avjida. Dala 
boshida 
samovar 
qaynab 
turibdi. 
Tushlikka 
esa 
issiq 
ovqat 
tayyorlanmoqda. Terimda ishtirok etayotganlarning kayfiyati koiarinki. 
Bu yerda tushlik ovqat terimchilar uchun bepul qilib qo‘yilgan. Chunki 
ferma g‘alladan m o i hosil olganligi tufayli kelgan foydaning bir qismini 
terimchilarning kundalik ehtiyojlari uchun ajratilgan... Endigi maqsad esa 
16 
gektar maydonga ekilgan paxta hosildorligini 
55 
sentnerga 
yetkazishdir». Lavha davomida ferma a ’zolarining terimda erishayotgan 
yutuq lari, mehnat va hayotlari o ‘ziga xos obrazJi tarzda, chiroyli tasvirlab 
beriladi. Gazetaning shu sonidan o i i n olgan «Denovda Barchinoyu alplar 
y ig ild i» sarlavhali lavhada esa Denovda o ‘zbek kurashi bo‘yicha 
0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod xotirasiga bagishlab 
o ‘tkazilgan musobaqa haqida hikoya qilinadi.
Lavhaning tanqidiy turi ham mavjudligini yuqorida aytib o ‘tgan edik. 
«Chag‘aniyon» gazetasining yuqoridagi sonida bu janr ham uning 
sahifasidan joy olgan. Iqtidorli jurnalist Baxtiyor Ollomurodning «Talaba 
madaniyatni kimdan o ‘rganadi?» sarlavhali materiali bunga misoldir. 
Muxbir o ‘z lavhasiga kundalik hayotda tez-tez uchrab turadigan voqea -
ayrim rahbarlarning oddiy kishilar bilan so‘zlashganda ularni mensimaslik 
va qo‘pollik qilish hollarini qalamga oladi. Lavhadan m aium boiishicha 
muxbir Surxondaryo davlat universitetining yangi b o ig an rektori bilan 
suhbatlashish uchun universitetga boradi, 
rektor esa unga 
o ‘ta 
kalondim ogiik bilan muomila qiladi. Muxbir voqea qanday b o is a
shundayicha keltirar ekan, shunday katta dargohning rahbari biroz 
madaniyatliroq b o iish i ham kerak, degan fikrni o ‘ta noziklik bilan 
«qistirib» o ‘tadi. Bu tanqidiy lavhaning «jiddiy tanqidiy maqola», hatto 
feletondan ham a io ro q darajada m o ijalg a tegishi va o ‘z ta ’sirini 
ko‘rsatishi turgan gap. Shu bilan birgalikda lavhaning ilmiy, adabiy-badiiy,
251


shu jumladan she'riy ko‘rimshlari ham mavjud. Bu mazkur janm ing 
hayotni tasvirlashdagi keng imkoniyatlaridan dalolat beradi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish