D avlat budjeti daromadlarining tasnifi
deganda qonun hujjatlariga
muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha
guruhlashtirish tushuniladi.
D avlat budjeti xarajatlarining vazifa
jihatidan tasnifi
deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan
ijro etiladigan asosiy vazifalar b o ‘yicha davlat budjeti xarajatlarini
guruhlashtirish tushuniladi.
D avlat budjeti xarajatlarining tashkiliy
tasnifi
deganda budjctdan ajratiladigan m ablaglar ularni bevosita
oluvchilar o ‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va tadbirlar turlari b o ‘yicha davlat budjeti xarajatlarini
guruhlashtirish tushuniladi.
D avlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy
tasnifi
deganda toMovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha
davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat budjeti
taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi
deganda Davlat budjeti
taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va
tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi.
Budjet taqchilligi
deganda muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan
ortiq bo ‘lganligi tushuniladi.
4 .
D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G B U X G A L T E R I Y A
H I S O B I N I O L I B B O R I S H D A Q A T N A S H U V C H I O R G A N L A R
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud
bo'lgan budjet tuzilmasi asosida amalgaoshiriladi. Mamlakatning davlat
budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank
m uassasalari va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
6
Mamlakatning davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy
uslubiy rahbarlik 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuk-
latilgan. Moliya organlarining budjet ijrosining buxgaltcriya hisobini
olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi.
Mamlakat davlat budjctining kassa ijrosi bank muassasalariga
yuklatilgan. Ular respublika budjetining kassa daromadlari va kassa
xarajatlarini hamda mahalliy budjetlar mablag‘larining hisobini olib
boradi, respublika budjetining kassa ijrosi bo‘yicha hisobotlam i tuzadi,
respublika budjeti daromadlari va xarajatlarining analitik hisobini olib
boradi.
Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya
hisobini amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami
tuzadi.
Savol va to p s h iriq la r
1. «Budjet hisobi» fanining predm eti va usullarini aytib bering.
2. «Budjet hisobi» fanining obyektlari nimalardan iborat bo'ladi?
3. Budjetning hisoblangan darom adlarini tushuntirib bering.
4. Budjetning kassa darom adlarini tushuntirib bering.
5. Budjetning kassa xarajatlarini tushuntirib bering.
6. Budjetning haqiqiy xarajatlarini tushuntirib bering.
7. Davlat budjeti daromadlarining tasnifini tushuntirib bering.
8. Davlat budjeti xarajatlarining tasniflarini tushuntrib bering.
9. Davlat budjeti taqchilligini m oliyalashtirish manbalari tasnifini tushuntirib
bering.
10. Budjet taqchilligi deganda nim a tushuniladi?
7
IK K IN C H I B O 'L IM 1
M OLIY A O R G A N L A R ID A DAVLAT BU D JETI
IJR O SIN IN G BUXGALTERIYA H ISO B I
I K K I N C H I BO B.
M O L I Y A O R G A N L A R ID A D A V L A T B U D J E T I IJ R O S IN IN G
B U X G A L T E R IY A H IS O B IN I T A S H K IL Q IL IS H
1. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G H I S O B I B O ‘Y I C H A M O L I Y A
O R G A N L A R I N I N G V A Z IF A L A R I
Budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi
haqida m a’lumotlar bilan ta’m inlash moliya organlari budjet hisobining
asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m a’lumotlar asosida budjet ijrosi
jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi.
Bu m aqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari,
bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo‘yicha
ochilgan kreditlar va berilgan m ablag‘lar, budjetlar o ‘rtasidagi o‘zaro
hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.
Moliya organlari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan
um umdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar
bo'yicha to ‘g ‘ri taqsimlanishi, budjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab
budjet m ablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda budjet mablag‘!arining butligini
ta ’minlaydi.
M oliya organlari budjet ijrosi to ‘g‘risidagi oylik, chorak va yillik
hisobotlami tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi.
M oliya organlari o‘zlari
ijro etayotgan budjetlar ijrosining
buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi.
0 ‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti
ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
1 U s h b u b o 'l i m « Q o r a q a lp o g 'is to n R e s p u b lik a si, v ilo y a tla r v a T o sh k e n t sh a h a r
b u d je ti ijro s in in g b u x g a lte r iy a h is o b i b o 'y i c h a Y o 'riq n o m a » ( O 'z b e k is to n R e sp u b lik a si
A d liy a v a z ir lig id a 2 0 0 6 -y il 1 0 -a p re ld a 15 6 0 -s o n b ila n r o ‘y x a tg a o lin g a n ) a so sid a
y o r itilg a n .
Qoraqalpog‘iston Respublikasi M oliya vazirligi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar,
tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Moliya organlari muayyan m a ’muriy-hududiy birlikdagi barcha
boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. M oliya
organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va
ularga tegishli k o ‘rsatmalar beradi.
Har bir moliya organi o ‘zi ijro etayotgan budjetning ijrosi
to‘g ‘risidagi hisobotni va muayyan m a’muriy-hududiy birlik budjeti
ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi.
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha m oliya
organlarining vazifalariga:
1) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank m uas-
sasalariga kelib tushgan darom adlam ing budjetlar o ‘rtasida to ‘g ‘ri
taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pullari
buxgalteriya hisobini yuritish;
3) budjet ijrosi bilan bogMiq boMgan turli operatsiyalar (budjetlar
o‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblar, budjetlarga ssudalar berish va
budjetlardan ssudalar olish b o ‘yicha operatsiyalar va boshqalar)
buxgalteriya hisobini yuritish;
4) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya
hisobini yuritish;
5) o ‘ziari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlam i
tuzish;
6) quyi moliya organlarida va budjet mablag‘larini tasarruf qiluv-
chilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va
uslubi ustidan nazorat qilish;
7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va m exaniza-
tsiyalashtirish bo‘yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat
qilish kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya
vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga, boshqa m oliya
9
organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan bux-
galteriyaga yuklatilgan.
2 . M O L I Y A T I Z I M I B U X G A L T E R IY A
A P F A R A T I N I N G F U N K S IY A L A R I
Respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti bosh boshqarmasi Davlat
budjeti ijrosi va hisobi boMimi yuritadi. Mahalliy budjctlar ijrosining
buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya
xizmatlari yuritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligini davlat budjeti ijrosining
hisobi bo'yicha funksiyalari b o ‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini
tashkil qilish va uning ijrosi to ‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy
rahbarlikni amalga oshirish;
2) budjct ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet ijrosi to‘g‘risida
hisobotlar tuzish bo‘yicha m oliya organlari, budjet tashkilotlari va
boshqalar uchun yo‘riqnom alar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab
chiqish;
3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar
shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va
shakllarini belgilash;
4) respublika budjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) respublika budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat
budjeti bosh boshqarmasi davlat budjeti ijrosi va hisobi boMimi mahalliy
m oliya organlarida budjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi
ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar
va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:
1)
o'zlari ijro etayotgan budjetlaming hisobini bevosita yuritish va
bu budjetlar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlar tuzish;
10
2)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman budjeti
ijrosi to‘g ‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli budjetlar daromadlarini va
xarajatlarini, ulaming pul mablagMarini, fondlarini, ssudalami, budjetlar
o‘rtasidagi hisob-kitoblami, boshqa budjetlarga berilgan va ulardan
olingan mablagMarni va budjet ijrosi natijalarini hisobga oladi ham da
ular tomonidan moliyalashtirilayotgan budjet tashkilotlarida hisob va
hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi.
Mahalliy moliya organlari respublika budjctini kassa ijrosining hisobi
bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan
bajarilishini nazorat qiladi.
Mahalliy moliya organlari m ahalliy budjetlaming daromadlari va
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar
ijrosining buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi M oliya vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt
shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya b o ‘limlari
tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlar kassa ijrosi 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy
banki va 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlatbudjeti kassa ijrosi b o ‘yichayo‘riqnoma»sigamuvofiq
amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlari hisobvaraqlaridagi ham da bu
budjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi
budjet m ablag‘larining qoldig‘i to‘g ‘risidagi m a’lumotni « 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma»da
belgilangan tartibda va muddatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank
muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan
kapital q o ‘yilmalami moliyalashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasi bank
muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala b o ‘yieha
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0 ‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining amaldagi m e’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga
11
oshiriladi. 0 ‘zbckiston Respublikasi tijorat banklari va O ‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital
q o ‘yilmalami moliyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni
belgilangan tartibda va muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim
etadi.
3 . M O L I Y A O R G A N L A R I B O S H B U X G A L T E R L A R I N I N G
H U Q U Q L A R I V A M A S ’U L IY A T L A R I
Moliya organlarining bosh buxgalterlari o ‘z ishlarida O ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti ijrosi qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi
m e’yoriy hujjatlarga rioya qiladi. Moliya organlari (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya
boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya organlari)ning bosh
buxgalterlari quyi moliya organlarida, budjet m ablag‘larini bosh
tasarruf qiluvchilarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda buxgal-
teriya hisobini yuritishni tashkil qilish tartibi va uslubi, hisobotni tuzish
masalalari bo‘yicha ko‘rsatm alar beradi va nazorat olib boradi, tegishli
budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosini taftish
qilishda xodimlar qatnashuvini ta’minlaydi. Moliya organi buxgalteriya
xizmati budjet ijrosining va xarajatlar smctalarining hisobi va hisoboti
tashkil qilinishining nazoratini joylarda tekshirish va k o ‘zdan kechirish,
topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, olinadigan
davriy va yillik hisobotlami k o ‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan
bosh buxgalterga (oxirgi shaxs b o ‘lm aganda-m oliya organi rahbarining
buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining
y ig ‘majildlari topshiriladi.
Hududiy moliya organlarida ishlami topshirish va qabul qilish yuqori
m oliya organining bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida, Toshkent shahar
Bosh moliya boshqarmasida va viloyatlaming moliya boshqarmalarida
bosh buxgalter tomonidan ishlami topshirish va qabul qilish ushbu
moliya organining rahbari ishtirokida, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
12
Buxgalteriya
hujjatlarini
qabul
qilish-topshirish
jarayonida
buxgalteriya hisobining holati va hisobot m a’lumotlarining realligi
tekshiriladi va moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli
Do'stlaringiz bilan baham: |