M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi


Budjet ssudasi yuqori budjetdan



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

Budjet ssudasi yuqori budjetdan 
quyi budjetga yoxud O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 
rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan 
beriladigan mablag1 lardir.
Vaqtincha kassa bo'yicha uzilishlami qoplash uchun yuqori 
budjetdan quyi budjetga ssudalar berilishi mumkin. O'zbekiston 
Respublikasi respublika budjetidan budjet ssudalari Q oraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga 
berilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan budjet 
ssudalari Qoraqalpog'iston Respublikasi tarkibiga kiradigan shaharlar 
va tumanlaming budjetlariga berilishi mumkin. Viloyat budjetidan 
budjet ssudalari viloyat tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlaming
83


budjetlariga berilishi mumkin. Toshkent shahar budjetidan budjet 
ssudalari Toshkent shahri tarkibiga kiradigan tumanlaming budjetlariga 
berilishi mumkin. Tarkibida shahar ichidagi tumanlari b o ‘lgan shahar 
budjetidan budjet ssudalari shahar tarkibidagi tumanlar budjetlariga 
berilishi mumkin. Turnan budjetidan budjet ssudalari turnan tarkibiga 
kiradigan shaharlar budjetlariga berilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan budjet ssudalari: daromadlar tushumi bilan 
xarajatlaming amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtincha 
kassa uzilishini qoplashga; daromadlar tushumi bilan xarajatlami 
amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtincha kassa uzilishini qoplashga 
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlaming 
rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalari amalga 
oshirishga berilishi mumkin.
Rejalashtirilgan va haqiqiy vaqtincha kassa uzilishlarini qoplashga 
berilgan budjet ssudalari uch kalendar oygacha muddatga beriladi. 
Maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga .oshirishga berilgan 
budjet ssudalari bir kalendar oygacha muddatga beriladi. Bu budjet 
ssudalarining barchasi qisqa muddatli ssudalar hisoblanadi. Ular budjet 
yili chegarasidagi muddatga va haqiqiy ehtiyojlaridan ortiq bo‘lmagan 
summalarda beriladi.
Yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet ssudalarini berish 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlari muayyan moliya yili 
chegarasida belgilanadi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini surish 
xuddi budjet ssudalarini berish tartibiga o‘xshash tartibda rasmiylashtiriladi. 
Berilgan budjet ssudalarini muddatida qaytarilishi ustidan nazorat budjet 
ssudalarini bergan yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet ssudalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan budjet ssudasi 
oluvchi moliya organi bilan budjet ssudasi beruvehi moliya organi 
o ‘rtasida tuzilgan «Budjet ssudasini berish to‘g ‘risidagi shartnoma» 
asosida beriladi va qaytariladi. Budjet ssudasi tegishli budjetdan to‘lov 
topshiriqnomasini tuzib budjet ssudasi olayotgan budjetni ijro etayotgan 
moliya organining bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag‘lari 
depozit hisobvarag‘i»ga o ‘tkazib berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Budjet ssudasini qaytarish «Budjet ssudasini berish to‘g ‘risidagi 
shartnoma»da ko ‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Budjet 
ssudasini qaytarish: mablag'lami budjet ssudasi olgan mahalliy budjetga 
kclib tushadigan mablag‘lar hisobidan to ‘lov topshiriqnomasini tuzib 
o ‘tkazib berish; yuqori budjetlardan mahalliy budjetlarga o'tkazilishi 
lozim b o ‘lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga 
o ‘zaro qoplash; yuqori budjet bilan quyi budjetlar o ‘rtasidagi o ‘zaro 
hisob-kitoblar b o ‘yicha ularning qarzlari hisobiga o ‘zaro qoplash hamda 
m ablag‘larni budjet ssudasi olgan quyi mahalliy budjetni ijro etayotgan 
moliya organining bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag'lari 
depozit hisobvarag'i» yuqori moliya organi tomonidan inkasso 
topshiriqnomasi berish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
0 ‘zbckiston R espublikasi respu b lika b u d jetid a n
olingan ssu d ala r hisobi
051-«Respublika budjetidan olingan budjet ssudalari» subschyoti 
0 ‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tomonidan olingan budjet 
ssudalari hisobga olish uchun tayinlangan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tomonidan 
0 ‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan olingan budjet ssudalari 
summasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy 
moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 011 - «M ahalliy budjet m a b la g 'la r i depozit h is o b v a ra g 'i» subschyoti;
K redit 051 - «R espublika budjetidan olingan bu d je t ssudalari» subschyoti.
0 ‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tomonidan olingan budjet 
ssudalari summasi 0 ‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga 
qaytarib berilganda bu qaytarib berilgan summaga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 051 - «R espublika budjetidan olingan bu d je t ssudalari» subschyoti;
K red it 011 - «M ahalliy budjet m a b la g 'la r i depozit h is o b v a ra g 'i» subschyoti.



Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish