3.
Budjet tashkilotlarining
tarmoqlari b o ‘yicha
shtatlar va
kontingentlari rejasining bajarilishi to ‘g ‘risida hisobot (0524203-shakl).
4. Tejalgan va rivojlantirish fondiga o ‘tkazilgan budjet mablagMari
to‘g ‘risida hisobot (0524206-shakl).
5. Rivojlantirish fondi mablagMarinmg kelib tushishi va ishlatilishi
to‘g ‘risida chorak hisoboti (0524207-shakl).
Chorak hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi.
B u djet ijrosi to ‘g ‘risidagi
balans
Bu balans (0524201-shakl) moliya organlari tomonidan bosh-jumal
(vedomost) va analitik schyotlar bo'yicha tuzilgan aylanma vedomostlar
asosida tuziladi. Budjet ijrosi to ‘g ‘risidagi balans tuzilgunga qadar
aylanma vedomostlar m a’lumotlari bosh-jumalning tegishli m a ’lumotlari
bilan solishtirib chiqiladi. 0 ‘zaro
hisob-kitoblar, budjetlardan berilgan
va ulardan olingan mablagMar schyotlarida hisobot davrining oxiriga
boMgan qoldiqlari chorak balansning aktivida debetli qoldiqlari, passivida
esa kreditli qoldiqlari ko'rsatiladi.
Budjet ijrosi to‘g ‘risidagi balansning aktiv qismi besh bo‘limdan
iborat b o ‘lib, uning «Pul mablagMari» boMimida
mahalliy budjetning
asosiy joriy hisobvarag‘idagi, kapital qo‘yilmalar va boshqa tadbirlami
moliyalashtirish uchun budjetning bankdagi mablag‘lari va mahalliy
budjetlarda turuvchi budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilaming
depozit hisobvarag‘idagi mablagMarining hisobot
davri oxiridagi qoldiq
summalar ko'rsatiladi. Balansning «Xarajatlar» boMimida muayyan
mahalliy budjetning hisobot davri ichida amalga oshirgan kassaxarajatlari,
«Berilgan ssudalar» boMimida esa quyi mahalliy budjetlarga berilgan,
ammo hisobot davri oxirida quyi mahalliy budjetlar tomonidan hali
qaytarilmagan ssudalar summasi ko'rsatiladi. Budjet ijrosi to‘g ‘risidagi
balansning «Hisob-kitoblar» boMimida respublika budjeti bilan o ‘zaro
hisob-kitoblar va mahalliy budjetlar bilan o ‘zaro
hisob-kitoblarga doir
maMumotlar keltirilsa, uning « 0 ‘tkazilgan mablagMar» boMimida esa
respublika budjetiga o ‘tkazilgan mablagMar va mahalliy budjetlarga
o ‘tkazilgan mablagMarga doir maMumotlar keltiriladi.
Budjet ijrosi to ‘ g ‘risidagi balansning passiv qismi ham besh bo ‘ limdan
iborat bo ‘lib, uning «Daromadlar» b o ‘limida
budjet daromadlari va
aniqlanilmagan tushumlar summasi ko ‘rsatiladi. Balansning «Olingan
ssudalar» bo'lim ida respublika budjetidan va yuqori mahalliy budjetdan
olingan budjet ssudalarining hisobot davri oxiridagi hali qaytarilmagan
summalari ko‘rsatilsa, uning «Hisob-kitoblar» bo‘limida esa respublika
budjeti bilan, hamda mahalliy budjetlar bilan o'zaro
hisob-kitoblar
bo‘yicha muayyan budjet tomonidan berilmagan summalar ko'rsatiladi.
Balansning passiv qismini «Olingan m ablag'lar» bo'lim ida respublika
budjetidan va mahalliy budjetlardan o ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha
olingan mablag‘lar summalari ko ‘rsatilsa, uning «Natijalar» bo ‘limida
esa budjet ijrosining natijasini ko‘rsatuvchi summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: