Nazorat qiluvchi organlar tomonidan hisoblangan jarim a
summalarini qabul qilish tartibi
Jarima solish huquqiga ega b o ‘lgan organlar tomonidan yuridik va
jismoniy shaxslarga solingan jarima summalari banklar tomonidan qabul
qilinadi.
Banklar tomonidan qabul qilingan jarima summalari qonunchilikda
belgilangan tartibda va jarima soluvchi organlar bilan tuzilgan shartnomaga
asosan tegishli hisobvaraqlarga o ‘tkazib beriladi. Bunda Davlat budjetiga
o ‘tkaziladigan jarim a summalari davlat budjeti daromadlar tasnifining
«Yig‘imlar va boshqa soliq bo ‘lmagan daromadlar» bo'limidagi tegishli
shartli hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Jarima solish huquqi berilgan nazorat qiluvchi organlar hisobot
yili davrida kelib tushgan jarima summalari bo‘yicha yillik hisobot
m a’lumotlarini
joriy
yilning
1-yanvar
holatiga
davlat
budjeti
daromadlariga xizmat ko ‘rsatuvchi banklar va soliq organlari bilan
o ‘matilgan tartibda taqqoslab k o ‘rishadi.
Davlat bojini to ‘lash tartibi
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilar hisoblanadilar.
Davlat boji davlat budjeti daromadlari hisobiga o‘tkaziladi. Davlat bojini
yig‘uvchi davlat organlari davlat bojining davlat budjeti daromadlari
380
hisobiga o ‘tkazish tartibini boj to‘lovchilarga xabar qiladi. Davlat
budjetiga o ‘tkaziladigan davlat boji budjet daromadlari tasnifining 11-
b o ‘limida aks ettiriladi.
Davlat boji pul o ‘tkazish yoki naqd pul bilan to‘lanadi. Davlat
boji naqd pul orqali to‘langanda, banklar tomonidan davlat bojini
to ‘lovchilarga kvitansiya bcriladi.
Davlat budjeti daromadlari hisobidan ajratm alar qilish
Ushbu darslikning avvalgi boblarida aytilganidck, davlat budjetiga
kclib tushgan umumdavlat soliqlari va daromadlaridan respublika
budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda mahalliy
budjetlarga o ‘matilgan miqdorda ajratma qilinadi.
O'zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
davlat
budjeti
daromadlari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar
va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratma qilish miqdorini belgilaydi
va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyat (shahar)
moliya boshqarmalariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh
boshqarmalariga yetkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shahar)
moliya boshqarmalari o ‘z navbatida har bir shahar va turnan moliya
organlariga hamda tijorat banklariga davlat budjeti daromadlari hisobidan
mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori to ‘g ‘risida xabar qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shahar)
moliya boshqarmalari davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika
budjetiga, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
budjetiga va mahalliy
budjetlarga ajratma qilish miqdorini o'zgartirishga haqli emas.
Respublika budjeti daromadlari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respub
likasi, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratma
qilish miqdori joriy yil davomida o ‘zgarsa, u holda belgilangan tartibda
qo‘shimcha xabar qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliq
va boshqa to‘lovlar hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar banklar
tomonidan tcgishli dastur asosida belgilangan foiz miqdorida amalga
oshiriladi. Zarur b o ‘lgan hollarda, mahalliy budjctga ajratmalar qo ‘l
yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga
kunlik ajratmalar to‘g ‘risidagi qaydnoma moliya organlariga hamda
budjet hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga davlat soliq organlariga
beriladi. Davlat budjeti daromadlari hisobidan respublika budjetiga,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga
ajratmalar alohida har bir soliq va boshqa to'lovlar bo ‘yicha, ularning
shaxsiy hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi.
B udjetga n o to ‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan m ab la g ‘larn i
qa y ta rish va o ‘za ro boshqa to ‘lovlar hisobiga o‘tkazish
Budjetga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan soliq va boshqa
m ablag‘lar soliq to ‘lovchilaming yozma arizasiga muvofiq qaytarib
beriladi yoki kelgusi to'lovlar yoxud boshqa to‘lovlar hisobiga
o ‘tkaziladi. Davlat budjetiga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o'tkazilgan bojxona
to ‘lovlari tegishli y o ‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
Soliq organlari soliq to‘lovchilaming arizasi va ularning shaxsiy
hisobvaraqlari m a ’lumotlariga asosan budjetga ortiqcha to‘langan soliq
summasini qaytarish yoki kelgusi to‘lovlar yoxud boshqa to‘lovlar
hisobiga o'tkazish to ‘g ‘risidagi xulosasini tegishli moliya organlariga
taqdim etadi.
Moliya organlari budjetga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan
m ablag‘lami soliq to'lovchilarga qaytarish yoki kelgusi to'lovlar yoxud
boshqa to‘lovlar hisobiga o ‘tkazish to‘g ‘risidagi soliq organlarining
yozma xulosasini oigan kundan keyingi ish kunidan kechikmasdan
banklarga to‘lov topshiriqnomalarini taqdim etadi. Soliq organlarining
xulosasi moliya organlariga taqdim etilgan kundan boshlab soliq
to ‘lovchining boqimandasi bo‘yicha jarima hisoblash to‘xtatiladi.
Moliya organlari tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasiga
asosan budjetga noto‘g ‘ri yoki ortiqcha o ‘tkazilgan m ablag‘lar
davlat budjetiga kunlik tushumlar hisobidan respublika budjetiga,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjctiga va mahalliy budjetlarga
ajratmalar qilishdan oldin soliq to‘lovchilarga qaytariladi yoki kelgusi
to‘lovlar yoxud boshqa to‘lovlar hisobiga o ‘tkaziladi.
Soliq va boshqa to‘lovlaming tcgishü
daromadlar
shaxsiy
hisobvarag‘iga kelib tushgan kunlik tushumlar yetarli bo‘lmaganda moliya
organlari tomonidan banklarga taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari
bo'yicha to‘lovlarni qisman to‘lashga ruxsat etiladi.
Jarima solish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan davlat
budjetiga ortiqcha kelib tushgan jarima summalari, to‘lovchiga, uning
arizasiga hamda to‘lov summasini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda
moliya organlarining to‘lov topshiriqnomasiga asosan qaytariladi.
3.
R E S P U B L IK A B U D JE T I
D A R O M A D L A R IN IN G K A SSA IJR O S I
Respublika budjeti daromadlariga 0 ‘zbckiston Respublikasining
«Budjet tizimi to‘g ‘risida»gi qonunda belgilangan mablag‘lar kirim
qilinadi.
Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
23402-«Respublika budjetining mablagMari» asosiy hisobvarag‘iga
quyidagi mablag‘lar ham kirim qilinishi mumkin:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ajratilgan
qisqa muddatli kreditlar;
- davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan
mablag'lar;
- davlat maqsadli jam g ‘armalari hisobidan ajratilgan mablag‘lar;
- moliya vazirligining boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mab-
lag‘lar.
Respublika budjetiga davlat budjctidan ajratma qilingan va boshqa
kelib tushgan m ablag‘laming kirim qilinishini ta’minlash maqsadida
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli raqami va soliq
to‘lovchining identifikatsiya raqami bilan Markaziy bank Toshkent
shahar va hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligiga
23402-«Respublika
budjetining mablagMari» asosiy va tranzit hisobvaraqlari ochiladi.
383
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa
markazlarida ochilgan 23402 tranzit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar keyin
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402-«Respublika
budjetining mablag‘lari» asosiy hisobvarag‘iga o ‘tkazib beriladi.
4. R E S P U B L IK A B U D JE T I X A R A JA T L A R IN IN G KASSA IJ R O S I.
R E S P U B L IK A B U D JE T I X A R A JA T L A R I
Respublika budjcti xarajatlari tasdiqlangan budjet asosida Respublika
budjeti daromadlari hisobvarag‘ida mavjud qoldiq doirasida amalga
oshiriladi. Respublika budjeti xarajatlariga 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Budjet tizimi to‘g ‘risida»gi qonunda belgilangan xarajatlar tasdiqlangan
budjet limiti doirasida amalga oshiriladi.
Respublika budjetidan xarajatlami moliyalashtirish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda, ushbu darslikning avvalgi boblarida aytilganidek,
quyidagi yo‘nalishlar b o ‘yicha amalga oshiriladi:
- fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
(respublika bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari bo‘yicha);
- ijtimoiy ta’minot;
- mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
- sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
- davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda
ulami saqlash;
- davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, 0 ‘zbekiston Respub
likasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari
faoliyatini ta’minlash;
- iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublika bo ‘ysunuvidagi budjet
tashkilotlarini saqlash;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga
muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning davlat tarmoq
dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
- yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga
qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- qishloq x o ‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
- gidrometcorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
384
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarini moliyalashtirish
uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan to ‘lovlar
Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan tayinlash sertifikatiga
asosan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hisob-
kitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402-«Respublika
budjetining mablag'lari» hisobvarag'idagi qoldiq doirasida amalga
oshiriladi. Respublika budjeti hisobvarag'iga inkasso topshiriqnomasi
va to‘lov talabnomasini qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
Ushbu darslikning aw algi boblarida aytib o ‘tilganidek, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli
«Budjet tashkilotlarini mablag1 bilan ta ’minlash tartibini takomillashtirish
to‘g ‘risida»gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotlari davlat budjetidan
mablag‘lar bilan xarajatlaming to‘rt guruhi b o ‘yieha moliyalashtiriladi.
Budjet tashkilotlari smeta va xodimlar ro‘yxati (shtatlar) jadvalini
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishlab
chiqadilar va tasdiqlaydilar. Smetalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy
tasnifiga muvofiq xarajatlaming to‘liq yoyilmasi ilova qilingan holda,
xarajatlaming yuqorida aytilganidek IV guruhi bo‘yicha tuziladi.
Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smeta va xodimlar ro‘yxati
(shtatlar) javdalini ro'yxatdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy
moliya organlariga taqdim etiladi. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta
va xodimlar ro‘yxati (shtatlar) javdalini, shuningdek amaldagi smeta
va xodimlar ro‘yxati (shtatlar) jadvaliga kiritiladigan o ‘zgartirishlar
ular 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki hududiy moliya
organlarida ro‘yxatdan o'tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi.
Budjet tashkilotlarining xarajatlarini I va II guruhlari m ablag‘
bilan birinchi navbatda ta’minlanadi. Bunda xarajatlaming II guruhiga
tegishli mablag1 o ‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish
taqiqlanadi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarini moliyalash
tirish maqsadida moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan to ‘lov
topshiriqnomalari «to‘lov maqsadi»da xarajatlaming bo ‘limi, bobi,
paragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi ko ‘rsatiladi.
T o‘lov topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar bo'yicha
k o ‘rsatiladi, bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik
hisobi yoyilmalari b o‘yicha k o ‘rsatiladi. Respublika budjetida turuvchi
budjet tashkilotlari o ‘z tasarrufidagi quyi budjct tashkilotlariga pul
mablag'larini o ‘tkazish uchun taqdim etgan to ‘lov topshiriqnomalari
«to‘lov maqsadi»da xarajatlami bo ‘limi, bobi, paragrafi va qaysi oy
uchun moliyalashtirilganligi k o ‘rsatiladi. T o‘lov topshiriqnomasidagi
jadvalda xarajatlar guruhlar b o‘yicha ko‘rsatiladi, bunda birinchi guruh
xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi bo‘yicha ko ‘rsatiladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarini kirim qilish
maqsadida Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlariga 23404-
«Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining mablag‘lari»
hisobvaraqlari budjet xarajatlari tasnifiga asosan ochiladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlari Respublika
budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan xarajatlami 23404-
«Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining mablag‘lari»
hisobvarag‘idagi qoldiq summa doirasida, tasdiqlangan va Moliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olingan smetaga asosan amalga oshiriladi.
Respublika budjetidan tegishli budjet tashkilotlariga moliyalashtirish
jarayonida ularga belgilangan limitdan ortiqcha mablag'lar o ‘tkazilgan
hollarda, ushbu ortiqcha o'tkazilgan mablag‘lar budjet tashkilotining
to ‘lov topshiriqnomasiga yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomasiga asosan qaytarilishi
mumkin. Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlari budjet
hisobvaraqlariga boshqa manbalardan mablag'lar o'tkazishga mxsat
etilmaydi. Quyidagi hollar bundan mustasno:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar tashkilotlaridagi bolalaming ota-
onalari tomonidan bolalar ovqatlangani uchun to'lanadigan badallar.
2. Budjet tashkilotlarining oldingi yillardagi debitor qarzlaming
joriy moliyaviy yilda kelib tushgan summalari, joriy yilning debitor
qarzlar qaytarilgan kabi kirim qilinadi va tashkilotlar uchun belgilangan
limitning qoldig‘iga, xarajatlaming tegishli guruhi bo ‘yicha, qo‘shiladi
hamda bir vaqtda amalga oshirilgan kassa xarajatlari ushbu miqdorga
kamaytiriladi.
O ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik
xizniati, Favqulodda hoiatiar vaziriigi, Daviat bojxona qo'mitasi,
Mudofaa vazirligi, Daviat chegarasini qo'riqlash qo'm itasi va ulaming
tasarrufidagi
tashkilotlaming hisob-kitob
pul
hujjatlarida to'lov
maqsadlari ko‘rsatilmaydi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlariga ish haqi moliya
organlari tomonidan ro ‘yxatga olingan xodimlar ro ‘yxati (shtatlar) jadvali
va xarajatlar smetasiga asosan, belgilangan muddatlarda beriladi. Budjet
tashkilotlari va budjetdan mablag1 oluvchi boshqa tashkilotlar o ‘zlariga
xizmat ko‘rsatuvchi banklarga moliya organlari tomonidan ro'yxatdan
o'tkazilgan xodimlar ro‘yxati jadvali va xarajatlar smetasining nusxasini
taqdim etadi.
X o ‘jalik yurituvchi subyektlarga Respublika budjetidan ajratilgan
mablag‘lar, ulaming 23405-«Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti
hisobidan ajratilgan mablag'lar» hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan
mablag‘lar hisobidan ish haqi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan ro ‘yxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar ro'yxati
(shtatlar) jadvali o ‘miga tuzilgan kalkulatsiya asosida belgilangan
muddatlarda beriladi. X o‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlar smetasiga
ilova qilinadigan xarajatlaming iqtisodiy tasnifi asosidagi yoyilmani va
xodimlar ro'yxati (shtatlar) jadvali o ‘m iga tuzilgan kalkulatsiyalarda,
ish haqi uchun rejalashtirilgan m ablag‘lar miqdori aniq k o ‘rsatiladi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlaming 23405 «Nobudjet muassasalarga
Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag*lar» hisobvaraqlaridan
amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulatsiyada k o ‘rsatilgan
maqsadlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining 23404-
«Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining m ablag‘lari»
hisobvaraqlaridan, ulaming budjetdan tashqari talab qilib olgungacha
depozit hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o ‘tkazishga m xsat etilmaydi.
Quyidagi hollar bundan mustasno:
1. B udjet tashkilotlarining budjet hisobvarag‘ida choraklar oxirida
qolgan (foydalanilm agan) tejab qolingan (kapital qo'yilm alarni
m ablag‘ bilan ta ’minlash uchun nazarda tutilgan m ab lag ‘lar bundan
m ustasno) budjet m ablag‘lari hisobot choragining oxirgi ish kuni
oxirida budjet tashkilotlarining to ‘lov topshiriqnom asiga asosan
ularning
rivojlantirish
fondi
(budjetdan tashqari
m ab lag ‘lari)
hisobvarag‘iga o ‘tkaziladi.
2. Budjet tashkilotlarining rivojlantirish fondi (budjetdan tashqari
m ablag‘lari) hisobidan ularning budjet xarajatlarini qoplash uchun
o ‘tkazilgan m ablag‘lar budjet hisobvarag‘idan joriy moliya yiliga
belgilangan xarajatlar limiti doirasida rivojlantirish fondi (budjetdan
tashqari m ablag‘lari) hisobvarag'iga o ‘tkazila'di.
Budjet tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan to ‘ lov topshiriqnomalari
to‘g ‘ri to ‘ldirilganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin, budjet
hisobvaraqlarida mablag‘lari mavjud bo ‘lgan holda, ijroga qabul
qilinadi.
Budjet m ablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilarga budjet mablag'lari
hisobidan markaziy boshqaruv apparatini saqlash, markazlashtirilgan
tadbirlami amalga oshirish uchun xarajatlar qilishga, shuningdek Moliya
vazirligi tomonidan o ‘tkazilgan mablag‘lami o ‘zining tasarrufidagi quyi
daraja budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar o ‘tkazib berish huquqi
berilgan.
Respublika budjeti m ablag‘lari hisobidan Mudofaa vazirligi, Ichki
ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda holatlar vazirligi,
Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklaming nafaqaxo‘rlariga
nafaqa to‘lash uchun Xalq banki filiallariga m ablag‘lar 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligining tayinlash
sertifikatiga asosan
o ‘tkaziladi.
Respublika budjetida turuchi budjet tashkilotlarining moliyaviy yil
oxiridagi budjet mablag‘lari qoldiqlari olib qo ‘yilmaydi va ular budjet
tashkilotlarining rivojlantirish fondi (budjetdan tashqari mablag‘lari)
hisobvarag‘iga budjet tashkilotlarining to ‘lov topshiriqnomalariga
asosan o ‘tkaziladi (kapital q o ‘yilmalami moliyalashtirish uchun nazarda
tutilgan m ablag‘lar bundan mustasno).
Do'stlaringiz bilan baham: |