M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi


Davlat budjetining daromadlari



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

Davlat budjetining daromadlari
Davlat budjctiga kclib tushgan mablag‘laming to ‘g ‘ri va o ‘z vaqtida 
kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining xos raqami va soliq to'lovchining identifikatsiya 
raqami bilan Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh 
boshqarmalarining hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat 
banklarida 23402-«Respublika budjetining mablag‘lari» hisobvarag‘i 
budjet daromadlari tasnifiga asosan ochiladi. Davlat budjetiga tushgan 
umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy toMovlar 
0 ‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan qabul qilinadi 
va belgilangan tartibda 23402-«Respublika budjetining mablag‘lari» 
hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan davlat budjetiga, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga to ‘lanadigan soliq va 
boshqa to‘lovlar, to‘lov summasidan qat’iy nazar pul o ‘tkazish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar soliq va boshqa toMovlami 
naqd pul yoki pul o'tkazish orqali amalga oshirishi mumkin. Budjetga 
to‘lanadigan soliq va boshqa to ‘lovlar vakolatli organlar tomonidan 
o'matilgan tartibda naqd pul shaklida qabul qilinishi va banklarga 
topshirilishi mumkin.
Davlat budjetining 23402-«Respublika budjetining mablagMari» 
hisobvarag‘iga kclib tushgan soliq va boshqa toMovlar hisobidan tegishli 
m e’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda va miqdorda respublika 
budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy 
budjetlarga ajratma qilinadi.
Davlat budjetiga soliq va boshqa to'lovlarni to ‘lash maqsadida 
taqdim etilgan to ‘lov hujjatlarining to‘g ‘ri to‘ldirilganligi va to ‘lov 
to‘g ‘ri amalga oshirilayotganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin
377


to ‘lovga qabul qilinadi. Banklarga taqdim etilgan to ‘lov hujjatlari 
noto‘g ‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, ulaming sabablari ko‘rsatilgan holda to‘lov 
hujjatlari taqdim etuvchilarga qaytariladi.
Soliq to'lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida 
m ablag‘lari yctarli boMmasa, banklarga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari 
2-sonli kartotekaga qabul qilinadi va to'lovlar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 1999-yil 30-yanvarda ro‘yxatga olingan 615- 
sonli «Xo'jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul 
mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g ‘risidagi yo‘riqnoma»ga 
asosan, qonunchilikda boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo'lsa, amalga 
oshiriladi.
Soliq to'lovchilaming to‘lov topshiriqnomalari hamda soliq va 
moliya organlarining inkasso topshiriqnomalari banklaming aybi 
bilan o ‘z vaqtida ijro etilmasa, banklar har bir muddati o ‘tgan kun 
uchun qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga o ‘z vaqtida 
o ‘tkazilmagan summaning 0,5 foizi miqdorida jarima to'laydi. Davlat 
budjeti daromadlari hisobvarag'iga kelib tushgan m ablag‘larning kirim 
qilinganligi to‘g ‘risida hisobvaraqdan ko‘chirma va ilovalar banklar 
tomonidan o ‘matilgan tartibda tegishli moliya organlari orqali soliq 
organlariga beriladi.
Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘ida ko‘zda tutilmagan soliq va 
boshqa to'lovlar soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langanda, bu mablag'lar 
davlat budjeti daromadlari tasnifining 12-bo‘limi, 25-paragrafi, 352- 
«Boshqa tushumlar» shartli hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Jism oniy shax slarnin g daro m ad solig‘i sum m asi
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar va budjet tashkilotlari tomonidan mehnat qonunchiligida 
belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan hamda 
qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda ishchi va xizmatchilarning 
daromadlaridan daromad solig'i ushlab qolinadi.
Xo'jalikyurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlari joriy oydavomida 
ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlab qolingan daromad


solig‘ini davlat budjetiga o ‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasini joriy 
oyning ikkinchi yarmida ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan 
bir vaqtda taqdim ctadi. Ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan 
bir vaqtda to‘lov topshiriqnomalari taqdim ctilmasa ish haqi olish uchun 
naqd pul berishga ruxsat etilmaydi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan daromad solig‘ini budjetga o ‘tkazish 
uchun banklarga taqdim ctilgan to‘lov topshiriqnomalarining «To‘lov
maqsadi»da «_________ oyi ish haqidan ushlab qolingan daromad solig'i
summasi budjetga o'tkazildi», deb yozib qo ‘yiladi.
X o ‘jalik yurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlarining daromad 
solig'ini budjetga o ‘tkazish uchun taqdim etgan to'lov topshiriqnomalari 
banklar tomonidan qabul qilinadi. X o‘jalik yurituvchi subyektlar va 
budjet tashkilotlarining talab qilib olgungacha depozit hisobvaraqlarida 
pul mablag‘lari yetarli bo‘lsa, to‘lovlar amalga oshiriladi, agar pul 
m ablag‘lari yetarli bo‘lmasa to'lov topshiriqnomalari 2-sonli kartotekaga 
qabul qilinadi va belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Q im m atbaho m eta lla rd a n tayyorlangan b u y u m la rn i 
va qotishm alarni tckshirish va ta m g ‘alash
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi 
subyektlar va budjet tashkilotlari, shuningdek, jismoniy shaxslar 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi «Qimmatbaho 
metallar va qimmatbaho toshlar» qo‘mitasining sinov nazorati organlariga 
qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar va qotishmalarni 
tekshirish va tamg‘alash uchun murojaat qilishi mumkin. Sinov nazorati 
organlari tomonidan bajarilgan xizmatlar uchun to ‘langan to ‘lovlar 
banklar tomonidan davlat budjeti daromadlari tasnifining 12-bo‘limi, 
23-paragrafi, 350-«Qimmatbaho metallardan tayyorlangan qotishmalarni 
va tam g‘alangan mahsulotlami tekshirib bergani uchun to ‘lovlar» shartli 
hisobvarag'i bo'yicha kirim qilinadi.
X o ‘jalik yurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlari qimmatbaho 
metallardan tayyorlangan buyumlarni va qotishmalarni tekshirib ko ‘rgani 
hamda tamg'alagani uchun sinov nazoratiga to'lanadigan to'lovlarni


to ‘lov topshiriqnomalari orqali o ‘tkazadi. T o‘lov topshiriqnomalarida 
inspeksiya nomi hamda to ‘lov maqsadi ustunida «Tekshirish va 
tam g‘alash uchun to‘lovlar» deb yozib q o‘yiladi.
Sinov nazorati organlari tomonidan tayyor buyumlar va qotishmalami 
tekshirib k o ‘rish hamda tamg‘alash uchun qabul qilib olinganligi 
to‘g ‘risida berilgan kvitansiyalarga asosan jismoniy shaxslar to ‘lovlami 
naqd pul yoki pul o'tkazish orqali amalga oshiradilar va to‘lovlar banklar 
tomonidan davlat budjeti daromadlari hisobiga, budjct daromadlari 
tasnifining 12-bo‘limi, 23-paragrafi, 350-«Qimmatbaho mctallardan 
tayyorlangan qotishmalami va tam g‘alangan mahsulotlami tekshirib 
bergani uchun to‘lovlar» shaxsiy hisobvarag'iga kirim qilinadi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish