M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi


Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

2.3. Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga
о ‘tkazilgan sum malar hisobi
042-«Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o ‘tkazilgan sum­
malar» subschyotiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjetiga 
va mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
ortiqcha ajratilgan summalar bo‘yicha respublika budjetiga bo‘lgan 
majburiyatlar yil oxiridagi yakuniy operatsiyalar yordamida hisobga 
olinadi. Yil mobaynida ushbu budjetlarga ortiqcha qilingan ajratmalar 
summalari «Daromadlar» kitobining (5-shakl) alohida qatorida 040- 
«Budjet daromadlari» subschyotida hisobga olinadi. 0 ‘tgan yil bo‘yicha 
umumdavlat soliq va daromadlaridan mahalliy budjetlar tomonidan 
olingan ortiqcha ajratmalar bo'yicha qarzlami to‘lash (qaytarish) uchun 
yangi yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari tomonidan 
mahalliy budjet mablag1 lari depozit hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan 
summalar 042-«Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o ‘tkazilgan 
summalar» subschyotining debetiga o ‘tkaziladi.
2.4. Daromadlarning analitik hisobi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlarga 
kelib tushgan daromadlar va aniqlanmagan tushumlar summalarining 
analitik hisobi «Daromadlar» kitobida (5-shakl) olib boriladi. Uning 
«mundarija» qismida, mazkur budjetga kelib tushadigan daromadlarning 
barcha turlari, ya’ni budjet tasnifining bo‘limi, bobi va paragrafi, 
daromadning har bir turining to'liq nomi va kitobda daromadning u yoki 
bu turiga berilgan kitob varaqlarining raqami ko‘rsatiladi.
Davlat budjeti daromadlarining analitik hisobi asosida, bu hisob 
qaysi moliya organiga yuklatilganligidan qat’iy nazar, budjet daromadlari 
tasnifi yotadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar 
daromadlarining analitik hisobini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Moliya vazirligi va mahalliy (viloyat, shahar, turnan) moliya organlari
35


amalga oshiradi. Analitik hisob daromadlaming har bir turi bo‘yicha 
alohida-alohida budjet daromadlari tasnifining har bir bo‘limi bo‘yicha 
olib boriladi.
Memorial-order va kelib tushgan daromadlar to‘g ‘risidagi ma’lumot- 
nomalarga asosan bu kitobning «Kredit» ustuniga, har bir daromad turi 
uchun belgilangan qatorlar bo‘yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari 
va daromadlaridan ortiqcha ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida 
qator bo‘yicha yoziladi. Noto‘g ‘ri yoki ortiqcha tushgan daromadlar, 
«Debet» ustunida xronologik tartibda yoziladi. Bu yozuvda memorial- 
ordeming tartib raqami, daromadlaming bo‘limi, bobi, paragrafi 
hamda summasi ko‘rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu operatsiyalar bir 
xil alomatlarga ega bo‘lgan daromadlaming qaytarilgan summalari 
bo‘yicha operatsiyalar debet «Oy bo‘yicha jami» ustunining tegishli 
qatorlarida, har bir daromad turi bo‘yicha qaytarilgan umumiy 
summalar tartiblashtiriladi, so'ngra joriy oy bo‘yicha, yil boshiga va 
040-«Budjet daromadlari» subschyoti bo‘yicha jami hisoblab chiqiladi. 
Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo'yicha yil boshidan 
buyon tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan 
yil uchun qayta hisoblashlar bo‘yicha yil boshida qaytarilganda) hosil 
bo‘lgan manfiy qoldiq «Yil boshidan jami» ustuniga qizil siyoh bilan 
yoziladi. Aniqlanmagan tushumlar summasi «Daromadlar» kitobiga 
(5-shakl) 041-«Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti bo‘yicha yoziladi. 
Kitobning bir varag‘idagi qatorlar soni oylik operatsiyalarni yozish uchun 
yetarli bo'lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo‘yicha 
kitobning keyingi varaqlaridan foydalaniladi.
Mamlakat respublika budjeti daromadlarining kundalik analitik 
hisobini yuritish bank muassasalariga yuklatilgan. Bank muassasalari 
budjet 
daromadlari tasnifining hamma b o ‘linmalari 
bo‘yicha 
respublika budjeti daromalarining analitik hisobini olib boradi va har 
oyda respublika budjetiga tushgan daromadlar haqida hisobotni tuzib, 
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliyavazirligigataqdimetadi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki hisobotiga asosan, tugagan oyning budjet tasnifining hamma 
b o ‘linmalari umumiy jami bo‘yicha «Daromadlar va xarajatlar hisobi


uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar»da (5-mf-shakl) tugagan oy 
uchun daromadlarni analitik hisobi olib boriladi. «Daromadlar va 
xarajatlar hisobi uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar» (5-mf- 
shakl) asosida memorial-order tuziladi, so‘ng «Bosh-jurnal» kitobiga 
(1-shakl) yoziladi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish