Oddiy jo‘xori (S. vulgare). Bu qurroqchilikka bardoshli, bir yillik yirik
o‘t o‘simlik bo‘lib, buyi 3—6 m ga boradi. Don mevasi dumaloqdir;
yaltiroq parda bilan zich o’ralgan. Bularning yalang‘och urug’li navlari
ham uchraydi.
Oddiy jo‘xori serhosil em-xashak va g‘alla o‘simligi sifatida ekiladi,
Doni chorva mollariga oziq sifatida beriladi. Sanoatda esa kraxmal,
shakar, patoka, spirt olish uchun ketadi. Yovvoyi holda o’suvchi turlari
uchramaydi.
Qand jo‘xori (S. saccharatum). Bu oddiy jo‘xoriga o‘xshaydi, ammo
undan ruvagining cho‘ziqroqligi va yon shoxlarining egri- bugri shaklda
bukilganligi bilan ajraladi. Pishgan poyasida 12—18 % qand bo‘ladi.
Afrikaning xamma qismida, Shimoliy Amarikada, Kavkazda va
Zakavkazeda ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |