M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

№ 
Organlar 
2 pallalilarda 
1 pallalilarda 
1. 
 
Murtagi 
Ikki urug’bargli 
bir urug’bargli 
2. 
 
Urug’i 
Enosperm yoki endospermsiz 
Endospermli 
3. 
 
Ildiz sis-si 
O’q ildizli 
popuk ildizli 
4. 
 
Nay  tolalari 
to’plami 
ochiq konsentrik joylashgan 
yopiq tartibsiz joylashgan 
5. 
 
Kambiy 
poyasi kambiyli yo’gonlasha oladi  kambiysiz 
yo’gonlasha 
olmaydi 
6. 
 
Barglari 
har-xil shaklda, murakkab 
oddiy, 
qirralari 
tekis, 
lentasimon 
7. 
 
Barg 
tomirlanishi 
to’rsimon 
parallel yoki yoysimon 
8. 
 
Gul tuzilishi  
va uning 
joylashishi  
qo’sh  gulqo’rg’onli  5-4  tadan 
bo’lib joylashgan ba’zan ko’p 
gulqo’rg’oni  oddiy,  qismlari 
3 tadan bo’lib joylashgan. 
 
IKKI PALLALILAR SINFI — DICOTYLEDONES YOKI 
MAGNOLIYAGULLILAR — MAGNOLIOPSIDA 
Ikki  pallalilar  sinfiga  8  ta  kenja  sinf,  429  ta  oila,  taxminan  10 000 
turkum va 190 000 dan kam bo‘lmagan tur kiradi. Biz floramizda uchraydigan 


261 
 
va  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega bo‘lgan o‘simlik oilalari va  ularning  asosiy 
vakillari bilan tanishib chiqamiz. 
Magnoliyalar  kenja  sinfiga  tarixiy  jarayonda  eng  sodda  tuzilgan 
(primitiv) qadimiy gulli o‘simliklar kiradi. Magnoliyalarning hozirgi vakillari, 
qadimda  gullab-yashnagan  dastlabki  guruhlarning  qoldiqlaridir.  Lekin 
magnoliyalarning  yo‘qolib  ketgan  turlaridan  yopiq  urug‘lilar  tarqalgan  deb 
yuritiladi. 
Kenja  sinf  vakillarining  sodda  tuzilganligi  shundaki,  ularning 
yog‘ochligida faqatgina traxeidlar uchraydi, parenxima to‘qimasida odatda efir 
moyi  tutgan  hujayralari  bo‘ladi,  bir  va  ikki  pallali  o‘simliklarning  belgisini 
o‘zida  mujassam  qilganligi,  urug‘i  kichkina  murtak,  mo‘l  endosperm 
tutganligi, gulining tuzilishida ifodalangan. 
Magnoliyalar asosan daraxt o‘simliklar bo‘lib, gullari ikki jinsli, asosan 
spiral shaklda joylashgan. Urug‘chisi ko‘pincha apokarp (birlashmagan) holda 
uchraydi.  Mazkur  kenja  sinfga  8  ta  tartib,  40  ta  oila  kiradi.  Ular  nihoyatda 
qadimiy gulli o‘simliklar bo‘lib hisoblanadi.  
 
Magnoliyadoshlar oilasi — Magnoliaceae 
Bu  oilaga  14  turkum,  240  tur  o‘simliklar  kiradi.  Ularni  asosiy  vatani 
shimoliy yarim sharimizdagi subtropik iqlimli joylar. Bu oilaning faqatgina bir 
turi bargi teskari tuxumsimon magnoliya turi Kuril orolida tabiiy holda o‘sadi.  
Qazilma  holidagi  magnoliyalar  orasida  bo‘r  davriga  tegishli  bo‘lgan 
vakillari bor.  
Magnoliyadoshlar  oilasiga  bargi  yirik,  navbat  bilan  joylashgan,  asosan 
cheti tekis, yonbargli yoki yonbarglari bo‘lmagan daraxt va butalar kiradi. Bu 
oilaga  mansub  bulgan  ayrim  vakillarining  ikkilamchi  o‘tkazuvchi  naychalari 
o‘rnida  ochiq  urug‘lilar  kabi  teshikchalar  bilan  o‘ralgan  traxeidlar  bo‘ladi. 
Ularda efir moyli bezchalar mavjud. Guli aktinomorf, ikki jinsli, yirik gultojli 
gulkosachasidan  ajratish  qiyin.  Bargchalarining  soni  hamma  gullarda  bir  xil 


262 
 
emas, rangi odatda oq yoki pushti. Gul o‘rni do‘ng bo‘lib, unda ko‘p miqdorda 
yassi  tipik  changchilar  va  spiral  shaklda  urug‘chilar  joylashgan,  tugunchasi 
ustki.  Urug‘chisi  kuchsiz  taraqqiy  etgan,  ustunchaga  ega  emas,  tumshuqchasi 
esa  mevachabarglarning  yuqorigi  qismini  egallagan.  Mevasi  to‘pbargli  meva 
yoki to‘p yong‘oqcha. Gul formulasi: *R

A

G

 . 
Bu oilaga mansub o‘simliklardan Shimoliy Amerikadan keltirilgan yirik 
gulli  magnoliya  (M.  grandiflora),  lola  daraxti    (Liriodendron  tulipifera), 
Kavkaz,  Qrim  va  O‘rta  Osiyoning  janubidagi,  Ashxobod  va  Dushanbedagi 
parklarda  manzarali  daraxt  sifatida  o‘stiriladi  (67-rasm).  Magnoliyaning 
urug‘lari qizil, etdor po‘stli bo‘lib, pishganda uzun iplarda osilib turadi.  
               

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish