M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

O‘tkazuvchi sistema. Barglardagi o‘tkazuvchi sistema  yirik va mayda 
tomirlardan  tashkil  topgan.  Tomirlanish  turlari  quyidagicha  bo‘ladi:  1) 
tarmoqlanmaydigan  bir  yoki  bir  necha  tomirlar,  masalan,  qarag‘ay  bargidagi 
tomirlanish; 2) tomirlar tarmoqlanib, ularning uchi barg plastinkasining chetiga 
taqalib  turadi,  masalan,  qirqquloqlardagi  tomirlanish;  3)  bir  nechta  parallel 
to‘g‘ri  chiziqlar  yoki  yoylar  tarmoqlanib,  ko‘ndalang  ketgan  anostomozlar 


145 
 
orqali  bir-biri  bilan  tutashadi,  bu  ko‘pchilik  bir  pallalilarda  uchraydi;  4)  ikki 
pallali  o‘simliklar  bargida  bitta  yirik  tomir  yoki  bir-biriga  deyarli  baravar 
bo‘lgan  bir  necha  yirik  tomirlar  bo‘ladi.  Barglardagi  o‘tkazuvchi  bog‘lamlar 
asosan  yopiq  kolloterial  tipda  bo‘lib,    ba’zan  o‘tkazuvchi  bog‘lamlarochiq 
holatda  bo‘ladi.  Ularning  kambiysi  juda  sust  ishlaydi.  Bir  pallali  o‘simliklar 
bargining      epidermisi  tashqi  tomondan  kutin  va  qumtuproq  moddasi  bilan 
to‘yingan  bo‘lib,  yoriqchalar  faqat  yuqori  epidermisda  bo‘ladi.  Yuqori 
epidermis  hujayralari  orasida  suv  saqlovchi  yirik  hujayralar  bo‘lib,  ular 
harakatlantiruvchi  (motor)  hujayralar  deb  yuritiladi.  Issiq  paytida  o‘simlik 
suvga ehtiyoj sezib,  motor hujayralardagi suv boshqa hujayralarga o‘tadi. Bu 
jarayon  bargning  shaklini  o‘zgarishiga  sabab  bo‘ladi,  barg  yuqoriga  buralib, 
trubka  hosil  qiladi  va  quyosh  nuridan  saqlanadi.  Bir  pallali  o‘simliklarning 
xlorenximasi  faqat  bulutsimon  to‘qimalardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ularning 
orasida yirik va mayda o‘tkazuvchi bog‘lamlar joylashgan. 
Ikki  pallali  o‘simliklarning  barg  epidermisining  hujayra  po‘sti  egri-
bugri,  yoriqchalar  tartibsiz  joylashgan  bo‘lsa,  bir  pallali  o‘simliklarning  barg 
epidermisini  hujayra  po‘sti  tekis,  yoriqchalari  tartibli  joylashgan.    Bular 
orasidagi  keskin farq farmakognoziya fanida dorivor o‘simliklarni aniqlashda 
qo‘llaniladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


146 
 
IV- bob 
 
O‘SIMLIKLARNING  O‘SISHI VA RIVOJLANISHI 
 
O‘simliklar  ontogenezini  tavsiflovchi  eng  muhim  jarayonlar    modda 
almashinuvi  natijasida  hujayralarning  bo‘linib  ko‘payishiga  bog‘liq.  Ular 
o‘simlik  tanasidagi  barcha    hayotiy  reaksiyalarning  natijasi  hisoblanadi,  bu 
jarayonlar  bir-biriga  uzviy  bog‘liq,  bo‘lib,  faqat  o‘sish  asosida  rivojlanish  va 
rivojlanish  asosida  o‘sish  tavsiflanadi.  Natijada  ikkalasi  o‘simlikning  hayotiy 
siklini belgilaydi. Biroq  ayni vaqtda o‘sish va rivojlanish bir-biridan fark  ham 
qiladi.  O‘simliklar  o‘sganda  ularning  hajmlari,  og‘irligi,  tashqi  ko‘rinishi 
o‘zgarib kattalashadi.  
O‘sish  -  bu  o‘simliklar  bo‘yi  va  eni  tobora  ortib,  umumiy 
massaningoshishidir.  Bunday  o‘sish  orqasiga    qaytmaydi.    Chunki  yangidan-
yangi  hujayralar,to‘qimalar  va  organlar  vujudga  kelib,  protoplazma  va  undagi 
organoidlar(xloroplastlar,  mitoxondriyalar  vaboshqalar)  to‘xtovsiz  shakllanib 
turadi.  Masalan,  urug‘ning  unishi,  tugunakning  o‘sishi  natijasida    ularning 
og‘irligi  kamayib,  hatto  yo‘qolib  ketadi,  chunki  undagi  oziq  moddalar  yangi 
o‘simlik o‘sib chiqishi uchun sarflanadi. 
Rivojlanish–o‘simlikning 
hayotiy 
siklini 
(ontogenezini) 
tavsiflovchiyoshlik, 
voyaga 
etish, 
ko‘payish, 
qarish 
va 
o‘lish 
arafalaridagisifatiymorfologik va fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. 
Bu  jarayonlarning  o‘zaro  nisbati  o‘zgarib  turishi  mumkin.  Masalan, 
ayrim  o‘simliklarda  o‘sish  ancha  faol,  rivojlanish  esa  juda  sekin  borishi, 
boshqalarida  aksincha  bo‘lishi  mumkin.  O‘sish  juda  faol  kechadigan 
o‘simliklar  tanasi  odatda  yirik,  o‘sish  sekin  va  rivojlanish  faol  bo‘lgan 
o‘simliklar,  aksincha  karlik  (kichik)  bo‘ladi.  Bunday  o‘zgarishlar  o‘simlik 
turlariga,  navlarningxususiyatlariga,  ichki  va  tashqi  omillarningta’siriga 
bog‘liq.  O‘sish  va  rivojlanish  umumiy  bir  yaxlitlikni  tashkil  etib,  o‘simlik 


147 
 
tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga, o‘simlikning ildiz 
orqali  va  havodan  oziqlanishiga,  energiya  bilan  ta’minlanishiga,  umuman, 
assimilyasiya  va  dissimilyasiyada  ishtirok  etuvchi  barcha  jarayonlar 
yig‘indisiga bog‘liq  bo‘ladi.  
O‘sish –o‘simlik hayotining faollik darajasini ko‘rsatuvchi eng muhim 
jarayonlardan  biridir.  Chunki  bu  jarayon o‘simlik  tanasidagi  barcha  fiziologik 
va  biokimyoviy  reaksiyalar  natijasida  sodir  bo‘lib,  yangidan-yangi 
hujayralarning,  organlarning  hosil  bo‘lishi  va  ularning  umumiy  quruq 
massasiningortib 
borishi 
bilan 
tavsiflanadi. 
O‘simliklarning  o‘sishi  
hayvonlardan  farqli  ravishda  butun  ontogenezida  davom  etadi  va  yangidan  –
yangi  organlar  hosil  bo‘ladi.  Shuning  uchun  yuz  yillik  va  ming  yillik 
daraxtlarda    ham  yosh,  ham  bir  necha  kunlik  organlarning  borligini  ko‘rish 
mumkin. 
 Tabiatdagi barcha o‘simliklar  ma’lum  qonun  asosida  o‘sadi. Masalan, 
poya  va ildiz uchi (apekal qismi) bilan o‘ssa,  barglar odatda asosi bilan o‘sadi, 
faqat  qirqquloqning  bargi  novdaga  o‘xshab  uchi  bilan  o‘sadi.Ildiz  bilan  poya 
butun  umri  davomida  o‘ssa,  barg    ma’lum  shakliga  etganda  o‘sishdan 
to‘xtaydi.  G‘alladoshli  o‘simliklar  uchidan  tashqari  bo‘g‘imlardagi 
meristemalar orqali ham o‘sadi (interkolyar o‘sish). 
O‘sish  to‘rtta  davrga  bo‘linadi:  boshlanish,  tez  o‘sish,  sekinlanish  va 
ma’lum vaqt to‘xtash. 
Boshlanish  davri  o‘simliklarni  urug‘idan  o‘sib  chiqqan  yosh  nihol 
bo‘lib,    u  endi  o‘sa  boshlash  vaqtidir.  Yosh  nihol  to‘liq  barg  va  novdalar 
chiqarganda o‘sish juda tezlashib, ikkinchi davrga o‘tadi. O‘simlikning qancha 
o‘sishi shu davrga bog‘liq. Etilgan o‘simlik gullay boshlaydi. Bu davrda o‘sishi 
sekinlashadi,    chunki  meristemani      faollik  xususiyati    kamayadi,  lekin 
hujayralarda moddalar almashinuv jarayoni yaxshi davom etadi, shuning uchun 
oziq moddalar o‘simlikning  biror joyida to‘plana boshlaydi.  Masalan shaftoli, 
o‘rik,  gilos  mevasida,  sabzi,  sholg‘om,  turp,  rediskalarning  ildizida, 


148 
 
gulsapsarning  ildiz  poyasida,  kartoshkaning  tugunagida,  sarimsoq  piyozning 
qiyofasini  o‘zgartirgan  bargida  (piyoz  boshchasida),  karam  bargida,  donli 
o‘simliklarning  urug‘ida  o‘ziga  xos  bo‘lgan  moddalar  to‘planadi.  Urug‘ 
etilganda  bir  yillik  o‘simliklar  umuman  nobud  bo‘ladi,  ko‘p  yilliklari  qishki 
tinim davriga o‘tib  o‘sishdan vaqtincha to‘xtaydi. 
O‘simliklarning  urug‘i  kelajak  nasl  bo‘lib,  ular  qulay  sharoitgacha 
tinim davrida bo‘lib, bu davr ayrim o‘simliklarda 10 000 yilgacha davom etishi 
mumkin. 
 
O‘SISHGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR 
 
O’simliklar  o‘sayotganda  asosan  ichki  va  tashqi  omillar  ta’sir  qiladi. 
Ichki  omillarga  hujayradagi  barcha  murakkab  jarayonlar  ta’sir  etib,  bu 
jarayonlar xromosomadagi  genlar orqali boshqariladi. Har bir o‘simlik genlari  
o‘z  avlodidagi  genlarning  bajargan  vazifalarini  takroran  qaytaradi.  Masalan, 
bug‘doy  o‘zidan  oldingi  o‘tgan  avlodlariga  o‘xshaydi  va  u  bajargan  vazifani 
bajaradi. 
O‘simliklarning  o‘sishiga  tashqi    sharoitning  juda  ko‘p  omillari  ta’sir 
etadi.  Chunki  o‘simliklarning  yaxshi  o‘sishi  uchun  etarli  darajada  harorat, 
yorug‘lik, namlik, gazlar, havo  tarkibi, mineral oziqlanish va boshqalar talab 
etiladi.  

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish