M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Issiqlik.  O‘simliklarning  o‘sishiga  eng  faol  ta’sir  etadigan  omil-  lardan 
biri    issiqlikdir.  Ko‘pchilik  o‘simliklarning  o‘sish  tezligi  issiqlik    O  dan  35° 
gacha  o‘zgarganda  Vant-Goff  qonuniga  bo‘ysunadi.  Lekin  harorat  35-40°  S 
dan oshgandan keyin o‘sish tezligi ham pasayadi. Umuman, o‘sishga nisbatan 
ham  haroratning  uchta  kardinal  nuqtasi  bor:  minimal  (eng  past),  optimal 
maqbul (o‘rtacha), maksimal (eng yuqori). Bu nuqtalar darajasi o‘simliklarning 


150 
 
turlariga  bog‘liq.    Issiqlikning  eng  past    va  eng  yuqori    nuqtalarida  urug‘ni  
tinim  holatiga  ta’sir  qilib,  rivojlanishni  o‘zgartiradi,  natijada    o‘sish  eng  past 
darajada  bo‘ladi  yoki  to‘xtaydi,  lekin  nobud  bo‘lmaydi.  O‘sishning  to‘xtab  
qolishi  uzoqqa  cho‘zilganda  o‘simlik  kasallikka  chalinishi  yoki  asta  –sekin  
nobud  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  jarayonni  past  darajadagi  issiqlikda 
tezlashtirilishi  yarovizatsiya  deb ataladi. Yarovizatsiya,  ya’ni  past issiqlikning 
ta’siri  asosan  kuzgi  o‘simliklar  uchun  zaruriy  hisoblanadi.  Bunday  zarurat 
bo‘lmagan  o‘simliklar  bahorilar  deyiladi.  Yarovizatsiya,  odatda  1-3  oygacha 
davom  etib,  engsamarador  harorat0
o
  dan  7
  o
  S  gacha    hisoblanadi.  Issiqsevar 
o‘simliklarda esa 10-13°S bo‘lishi mumkin. 
Maqbul  harorat  darajasi  o‘sishning  eng  faol  bo‘lishini  ta’minlaydi. 
O‘simliklar  haroratga  bo‘lgan  munosabatlari  asosida  bir  necha  guruhga 
bo‘linadi:  
1  )  issiqsevar  o‘simliklar  -  minimal  harorat  darajasi  10°S  dan  yuqori,  
maqbul 30-40°S atrofida;  
2)  sovuqqa  chidamli  o‘simliklar  —  minimal  harorat  0  dan  to  5°S                  
va  maqbul    25-31°S.    Lekin,  aytish  lozimki,  o‘sishni  eng  faol  ta’minlaydigan 
fiziologik  maqbul  harorat  hamma  vaqt  ham  samarador  bo‘lmaydi.  Chunki 
o‘sishning eng tez borishi doim  ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan 
gap emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf qilinishi natijasida o‘simliklar 
kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun  ham o‘sishni ta’minlovchi sof 
fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik 
olinishini  ta’minlovchi  garmonik  optimumdan  farq  qiladi.  Bu  harorat  darajasi 
fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi.  
Namlik.  Tuproq    va  havo  tarkibidagi  namlik    miqdori  o‘simlikning 
mo‘tadil o‘sishiga salmoqli ta’sir etadi. Hujayraning, ayniqsa, sitoplazmaning 
me’yoriy  tuzilmasi,  uning    faoliyati    ham  suv  bilan  ta’minlanish  darajasiga 
bog‘liqdir. Urug‘lar ekish oldidan namlanganda,  o‘z og‘irligining 50% gacha 
suvni shimib  oladi va  faol  o‘sish boshlanadi.  Hujayralar  turgor  holatda  bo‘lsa 


151 
 
bo‘linishi va hujayraning  cho‘zilishi yaxshi ketib, o‘simlik etarli darajada o‘sa 
boshlaydi.    O‘simliklarning  ildiz  tizimi  ham  namlik  sharoitida  yaxshi  o‘sadi. 
Tuproqda suv miqdori juda kam bo‘lganda hujayralarning cho‘zilish fazasi tez 
o‘tadi  va  natijada  hujayralar  kichik  bo‘ladi,  poya  va  ildizlar  qisqaradi, 
barglarning  hajmi  ham  kamayadi.  Suvning  kam  bo‘lishi  hosildorlikning    ham 
keskin pasayishigaolib keladi.  
 
FITOGORMONLAR 
 
Fitogormonlarning  juda  oz  miqdori    (10-13  -  10-5  mol/l)    ham 
o‘simlikning  o‘sishiga    yaxshi  ta’sir  qilib,  bu  faol  moddalar  fiziologik 
jarayonlarning  boshqarilishida  ishtirok  etadi.    Fitogormonlar  o‘simlikning  bir 
qismida  kam  miqdorda  ishlab  chiqarilib,  ikkinchi  qismiga  ta’sir  qilib  yaxshi 
o‘stiradi.    Bu  moddalar  yordamida  hujayralar,  to‘qimalar  va  organlar 
o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalar  amalga  oshadi  hamda  o‘simliklarning  o‘sish 
jarayoni tartibga solinadi. 
Fitogormonlar  haqidagi ta’limot XX asrning30-yillarida N.G.Xolodniy 
va  V.V.Vent  tomonidan  yaratildi.  Ular  o‘simliklar  o‘sishining  gormonal 
nazariyasini taklif etdilar. 
Fitogormonlar  o‘simlikda  o‘sish  va  rivojlanishni  boshqarib  turadi. 
Fitogormonlarning  to‘rt  xil  birikmasi  mavjudligi  aniqlangan  -auksin,  
gibberelin, sitokinin, o‘sish ingibitori (kumarin, abssiz kislota).  
Fitogormonlarni 1938 - yilda Boysen-Yensen va 1963 - yilda E.Sinnot 
“o‘stiruvchi moddalar” deb atashni taklif etdilar. Keyingi yillarda ular ko‘proq   
“ O‘simlik gormonlari“ , “ fitogormonlar” deb yuritila boshlandi. Bu birikmalar 
o‘simliklarning yosh barglarida, poya va ildizlarining o‘suvchi qismlarida hosil 
bo‘ladi  va  keyin  o‘sish  jarayonlari  faol  joylarga  ko‘chiriladi.  Ular  o‘z 
ta’sirlarini juda oz miqdorda amalga oshirib, o‘simlik tanasida kechadigan  bir 
qancha reaksiyalarda ishtirok etadi va ularni boshqaradi.  


152 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish