Astradoshlar kenja sinfi (Asteridae)
Astragullilar ikki pallali o‘simliklar sinfining eng katta kenja sinfi
hisoblanadi. Ko‘pchilik vakillarida zahira holidagi uglevod – inulinning
bo‘lishi xarakterli belgisi bo‘lib hisoblanadi. Bu kenja sinfning eng muhim
tartiblaridan biri bu Asterales tartibidir.
316
Astragullilar tartibiga kiruvchi o‘simliklar Yer sharining ko‘plab
mamlakatlarida uchraydi. Ularning to‘pgulining savatcha, mevasining pistacha,
urug‘kurtagining bitta bo‘lishi bilan qo‘ng‘iroqdoshlar tartibi vakillaridan farq
qiladi. Bu tartib o‘simliklari barcha belgilari bilan rivojlanish bosqichining eng
yuqorisida turadi.
Asteraceae oilasi gulli o‘simliklar ichida eng katta oila bo‘lib, u 1300 ga
yaqin turkumga kiradigan 25 000 turni o‘z ichiga oladi. Astradoshlar yuqori
ekologik plastikligi bilan ajralib, Yer sharining barcha mintaqasida, ayniqsa
mo‘tadil iqlimli joylarda keng tarqalgan. Oila vakillari orasida bir va ko‘p
yillik o‘t o‘simliklar va chala butalar ustunlik qiladi, biroq buta, lianalar,
sukkulentlar va uncha katta bo‘lmagan daraxt hayotiy shaklidagi vakillari ham
yo‘q emas. Barglari oddiy, yon bargchasiz, asosan ketma ket, ba’zan suprotiv
yoki halqa hosil qilib joylashadi. Vegetativ organlarning floyemasida bo‘g‘imli
sut naylari yoki sut hujayralari, sxizogen bo‘shliqlar taraqqiy etgan bo‘lib,
ularda lateks, kauchuk, smola, alkaloidlar to‘planadi. Zahira moddasi sifatida
inulin to‘planadi, kraxmal va tanin moddalari bo‘lmaydi.
Astradoshlar oilasiga xarakterli bo‘lgan xususiyat bu – savatcha to‘pguli
bo‘lib, u bir butun gulga o‘xshaydi. Oddiy to‘pgul savatcha murakkab
to‘pgullarga – ro‘vak yoki qalqonga yig‘ilgan bo‘lishi ham mumkin. Savatcha
to‘pguli murakkab va mukammal tuzilgan to‘pgul bo‘lib hisoblanadi. Har bir
savatcha tashqaridan bir yoki bir necha qatorli o‘rama barglarga ega bo‘ladi,
ular kosachani eslatadi, ichida esa mayda gullari joylashadi. Bunday to‘pgul
bitta yirik gulga o‘xshaydi. Oila vakillarida savatchalar katta kichikligi
jihatidan farqlanadi, undagi gullar tuxumsimon, sharsimon, konussimon va
hokazo shakllarda bo‘ladi. To‘pgulning o‘qi zichlashgan, kengayib yassi, botiq
yoki bo‘rtgan, silliq yoki o‘yiq savatcha o‘rnini hosil qiladi. Bu savatcha o‘rni
yalang‘och, yoki pardali, tukchali bo‘lishi mumkin, aslida ular shakli o‘zgargan
gulyonbargchalardir. Savatchadagi gullar soni turlicha bo‘ladi, 100 ta, 1000 ta
yoki bor yo‘g‘i bir nechta bo‘lishi mumkin. Astradoshlarning gullari odatda
317
hasharotlar yordamida, kamdan-kam hollarda shamol yordamida (shuvoq)
changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab, ammo tipik kosachasi bo‘lmaydi.
Kosachaning nayi tojibarg nayining asosi bilan birgalikda butunlay tugunchaga
birlashib ketgan, kosachaning erkin bo‘lakchalari odatda kuchli o‘zgarib
ketgan. Oilaning ayrim vakillarida tugunchaning yuqori qismida pardasimon
beshta o‘simta yoki tangachalar joylashib, ular kosachani eslatadi. Ular pappus
(kokilcha)ga aylanib, u ko‘p hollarda yo yo‘qolib ketgan, yoki kuchli
reduksiyaga uchragan. Gultoji tutash bargli, aktinomorf yoki zigomorfdir, ko‘p
hollarda har ikkalasi ham bitta to‘pgulda joylashadi. Gultojining tuzilishiga
ko‘ra, oila vakillarining guli odatda quyidagi xillarga bo‘linadi:
1. Naychasimon gullar. Ularda gultojisi aktinomorf, ikki jinsli, uch
tomoni qo‘ng‘iroqsimon shaklda, doim mayda, besh bo‘lakchali yoki tishchali
bo‘ladi.
Misol
uchun,
moychechak,
kungaboqar
o‘simliklarining
savatchasidagi o‘rtada joylashgan gullar.
2. Tilsimon gullar. Mazkur gullarda gultoji zigomorf, ikki jinsli, pastki
qismi ozgina naychasimon shaklda, uchi besh tishchali, uzun tilsimon
plastinkadan
iborat.
Misol
uchun,
sachratqi,
qoqio‘t o‘simligining
savatchasidagi gullar.
3. Soxta tilsimon gullar. Gultoji judayam zigomorf, bir jinsli, aniqrog‘i
faqat urug‘chi gullari bo‘ladi. Soxta tilsimon gullar ikki labli, gullarining ustki
labi yo‘qolib ketishi natijasida yuzaga kelgan. Tojibarglarining yuqori uchki
qismi uchta tishchali hamda savatcha to‘pgulining chekkasida joylashadi.
Gullarning rangi turli tuman bo‘ladi. Misol uchun, kungaboqar va
moychechakning savatchalaridagi chetdagi gullari.
4. Voronkasimon gullar. Gultojining shakli voronkasimon, zigomorf,
tishlari beshta, steril gullar bo‘lib hisoblanadi. Savatcha to‘pgulining
chekkasida joylashib, hasharotlarni o‘ziga jalb qilish uchun xizmat qiladi.
Masalan, bo‘tako‘zning chetki gullari.
Gul formulalari: naysimon guliniki *Ca
∞
Co
(5)
A
(5)
G
¯(2)
; tilsimon guliniki
318
↑ Ca
∞
Co
(5)
A
(5)
G
¯(2)
; voronkasimon guliniki
↑Ca
0
Co
(5)
A
0
G
0
; soxta tilsimon
guliniki ↑ Ca
∞
Co
(3)
A
0
G
¯(2)
.
Yuqoridagi gullar orasida eng sodda tuzilgani naychasimon aktinomorf
gullar sanaladi, qolganlari tabiiy tanlanish tufayli naychasimon gullardan kelib
chiqqan, deb qaraladi. Changchilar soni beshta, chang iplari bilan tojining
trubkasiga qo‘shilib o‘sgan. Changdoni trubka (nay)ga mustahkam birikkan,
uning ichida uzunasiga ochiladi. Urug‘chisi ikki mevabargchali, ginetseyi
parakarp tipda. Urug‘chisining ustunchasi asosida disksimon nektardon
bo‘ladi. Urug‘lari yog‘simon murtakli, deyarli endospermsiz. Savatchadagi
gullar chekkadan boshlab markazga tomon ochiladi.
Astradoshlar oilasiga bir qator qimmatli o‘simliklar kiradi, jumladan,
oziq ovqat va yem xashak o‘simliklari (kungaboqar, salat latuk, sikoriy,
artishok), dorivor, bo‘yoqdor, manzarali, texnik o‘simliklar (astra, xrizantema,
georgina va h.k.). Oila vakillari orasida ashaddiy begona o‘tlari ham bor
(lattatikan, bo‘ztikan). Oila ikkita kenja oilaga: latuksimonlar va
astrasimonlarga bo‘linadi.
Latuksimonlar (Lactucoideae) yoki Tilsimongullilar (Liguliflorae) kenja
oilasi – gullari faqat tilsimon, bo‘g‘imli sut naylari yaxshi taraqqiy etgan.
Cichorium turkumi 8 ta turni o‘z ichiga oladi. Turkumning C. Inthybus
turi keng tarqalgan. Bu ko‘p yillik, bo‘yi 70 sm dan 1 m gacha boradigan,
havorangdagi tilsimon gullardan iborat savatchaga ega. Asosan Yevropa, Osiyo
va Shimoliy Afrikaning mo‘tadil zonalarida uchraydi. Ikki yillik o‘simlik
sifatida ekib o‘stiriladi. Ildizmevasida inulin moddasi mavjud, birinchi yilning
oxirrog‘ida tuproqdan kavlanib olinadi, bo‘laklarga bo‘linadi, quritiladi va
qovuriladi, maydalanadi. Olingan kukun kahva ichimligiga qo‘shilgan holda
yoki uning o‘rnini bosuvchi ichimlik tayyorlanadi. Inulin moddasi qovurilish
jarayonida parchalanib, oksimetilfurfurolni hosil qiladi, uning hidi esa
qahvaning hidini eslatadi. Shuningdek, ildizmevalar chorva uchun yem-xashak
sifatida va inulin olish uchun xom-ashyo sifatida foydalaniladi.
319
Qoqio‘t (Taraxacum) turkumi taxminan 70 ta turni o‘z ichiga oladi, ular
Yer sharining barcha joylarida uchraydi. Bu o‘simliklar asosida tubbarglarni
hosil qiladi va sariq rangdagi gullardan iborat savatchasi bo‘ladi. Taraxacum
officinale ning etdor bo‘lgan ildizlari kuz faslida 40% inulin, oqsil
moddalaridan tashkil topgan.
Qoqio‘tning yosh barglari va poyasi karotinoidlar, vitamin B
2
ni
tutganligi uchun ular gazaklar tayyorlashda ishlatiladi. Qoqio‘t judayam
ashaddiy begona o‘t bo‘lib hisoblanadi, uni yo‘qotish uchun o‘simlik
g‘unchalagan paytda kesuvchi asboblar bilan kesib tashlash tavsiya qilinadi.
Astrasimonlar (Asteroideae) yoki Naysimongullilar (Tubiflorae) kenja
oilasi. Savatchadagi gullarning barchasi yoki faqat o‘rtadigilari naysimon,
chekkadagi gullari soxta tilsimon yoki voronkasimon bo‘ladi. Bu o‘simliklarda
sut naylari bo‘lmaydi, biroq moy, smola va balzam to‘plovchi bo‘shliqlari
bo‘ladi.
Kungaboqar (Helianthus) turkumi o‘z ichiga 60 ta tur o‘simlikni oladi,
shulardan faqat ikki turi keng ekiladi. Bir yillik kungaboqar (Helianthus
annuus) dunyoda keng tarqalgan moy beruvchi o‘simlik sanaladi. Asosan
Rossiya, Ukraina, Argentika davlatlari o‘simlikdan moy ishlab chiqaradi.
Kungaboqarning balandligi 2 m ga boradi, vatani - Meksika. U yerda
yovvoyi holda uchraydi. Poyasi yirik yakka sariq naysimon va soxta tilsimon
gullarni o‘zida tutuvchi savatchaga ega. Quyoshga tomon poyaning yuqori
qismi doim nutatsion harakat qilganligi bois o‘simlikka “kungaboqar” deb nom
berilgan.
Tugunchasining
uchida
reduksiyaga
uchragan
ikkitagacha
pardasimon kosacha bargchalari bor. Bitta yirik savatchasida 1000 tagachaga
gullari bo‘lishi mumkin. Mevasi pista. Kungaboqarning urug‘lari 50% gacha
qimmatli oziqabop moy saqlaydi. Kunjarasi xolva tayyorlash uchun hamda
chorva uchun yemga ishlatiladi.
Topinambur (H.tuberosus) ko‘p yillik o‘simlik, yer tagida poyasining
shakl o‘zgarishidan kelib chiqqan, 15% gacha inulin saqlaydigan yerosti
320
tuganaklari bo‘ladi. Yovvoyi holda Shimoliy Amerikada o‘sadi. Mazkur
o‘simlik chorva uchun qimmatli yem, insonlar uchun esa qand kasalligi bilan
og‘rigan bemorlar uchun oziqabop o‘simlik sifatida yetishtiriladi.
Shuvoq ( Artemisia) turkumiga 400 tadan ortiq tur o‘simlik kirib, ular
Shimoliy yarimsharning mo‘tadil iqlimli joylarida tarqalgan. Chala cho‘l, cho‘l
zonalarida keng tarqalgan o‘simliklar turkumi bo‘lib sanaladi. Bir yillik va
ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar kuchli ajralgan barglarga ega bo‘lib, ularda efir
moylari to‘planadi(86-rasm).
Dorivor o‘simliklar orasida ko‘p sonli mayda savatcha to‘pgulli, sariq
rangdagi gullari bo‘lgan o‘lmaso‘t ( Helichrysum arenarium), savatchaning
qabariq guro‘rinli, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan terlatuvchi, yumshatuvchi,
og‘riqsizlantiruvchi o‘simlik – dorivor moychechak ( Matricaria chamomilla),
barglari, poyasining yuqori qismi va mayda savatcha gullari tashqi qon
to‘xtatuvchi sifatida qo‘llaniladigan oddiy bo‘yimadoron ( Achillea
Do'stlaringiz bilan baham: |