Fototropizm.
Fototropizm
deb
o‘simliklarning
yorug‘lik
energiyasining yo‘nalishiga qarab burilish qobiliyatiga aytiladi. Yosh
o‘simliklar va ularning o‘sish qismlari yorug‘lik manbai tomonga qarab
buriladi. Bunday harakat musbat fototropizm deyiladi. Bunday fototropizmni
xona o‘simliklarida yaqqol kuzatish mumkin. O‘simlik o‘stirilgan tuvaklar
derazaga yaqinrok joyda saqlansa, o‘simliklar yorug‘lik tushgan tomonga
egiladi. Yorug‘lik manbaidan teskari tomonga qarab egilish manfiy
fototropizm deyiladi. Barg plastinkasining kuyosh nurlariga perpendikular
ravishda joylanish qobiliyati diafototropizm deyiladi.
O‘SIMLIKNING RIVOJLANISHI
O‘simliklarning hayotiy jarayoni (ontogenezi) tuxum hujayraning
urug‘lanishi hamda zigotaning hosil bo‘lishidan boshlanadi va to tabiiy
o‘lishigacha davom etib, mustaqil rivojlanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Hayot tarzining boshlanishi asosan vegetativ organlarning o‘sish jarayonlari
bilan tavsiflanadi. Keyin voyaga etish, ko‘payish, oxirida qarish va o‘lish bilan
yakunlanadi. Umuman, bu siklning asosini qulay sharoitlarda o‘sish va
rivojlanish tashkil etadi. O‘simlikning o‘sishi uning hajmini kattalashishi va
og‘irligini oshishidan va poya, barg, ildiz kabi vegetativ organlarning takror
vujudga kelishi bilan boradi. Rivojlanish jarayoni o‘simliklar tanasida birin-
ketin kechadigan sifatiy o‘zgarishlardir.
Tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simliklarning uzoq filogenez (yunoncha
“file” –avlod , “genezis” –kelib chiqishi) tarixi mobaynida qaror topgan irsiy
xususiyatlar ontogenez ( yunoncha “onto” –borliq , “genezis” –kelib
chiqishi)da ko‘rinadi.
Ontogenez filogenezning qisqa qaytarilishidir yoki ontogenezlar
yig‘indisi filogenezni hosil qilishi mumkin. Ontogenezga o‘simlikning
urug‘gacha bo‘lgan hayoti kiradi. Buni nemis olimlaridan F.Myuller va
156
E.Genkellar biologik qonunlar deb tasdiqlaganlar.
O‘simliklarning qazilma qoldiqlaridagi belgilar, hozir yashab turgan
avlodlarda
mujassamlangandir.
Masalan,
ko‘mirda shakllari qolgan
qirqquloqlarning dastlabki barglaridagi dixotomik shoxlanishni hozirgi
avlodlarida ko‘rish mumkin.
O‘simlikda kechadigan ko‘pgina jarayonlar: moddalar almashinuvi,
o‘sish, rivojlanish kabilar ularni ritmik holatda o‘zgarishiga, ya’ni harakat
qilishiga olib keladi. Masalan, ayrim gullar, barglar kechga borib, yopilib,
ertalab yana ochiladi va barglarini yozadi yoki aksincha. Bu jarayonga
hujayraning turgor holatida bo‘lmasligi sabab bo‘ladi. Demak, bunday
o‘simlikning ma’lum vaqtdagi harakati hujayralarning ichki jarayoni orqali
tartibli ravishda boshqariladi, bu fiziologik soat deb ataladi. Fiziologik soat
kunning uzun – qisqaligi va faslning o‘zgarishi bilan ro‘y berib, o‘simlikning
o‘sishini, rivojlanishini, gullab meva tugishini va tinim holatiga o‘tishini
belgilaydi.
Shimoliy zonadagi o‘simliklar uzun yorug‘ kun o‘simliklari deb ataladi,
chunki ularning qisqa umri yozning uzun va yorug‘ kuniga to‘g‘ri keladi. O‘rta
mintaqalardagi o‘simliklar qisqa va uzun kun o‘simliklariga misol bo‘ladi.
Bahorgi va yozgi o‘simliklar esa qisqa kun o‘simliklariga misol bo‘lsa, avji
yozda gullaydigan o‘simliklar uzun kun o‘simliklariga misol bo‘ladi.
O‘simliklarning xarakterini, ya’ni foto davrini hisobga olib, ularni
kerakli mintaqalarda o‘stirish mumkin. Masalan, shimoliy o‘simliklarni
janubda va janubdagilarini shimolda o‘stirish mumkin.
RIVOJLANISHNING UMUMIY QONUNIYATLARI
O‘simlikning shaxsiy rivojlanishida (ontogenezda) asosiy o‘rinni
morfologiyasi egallaydi va uni morfogenez deb ataladi (yunoncha “morfo” –
shakl, ko‘rinish). Morfogenezda o‘simlikning meristematik hujayrasi har xil
157
tezlikda bo‘lsa ham umrining oxirigacha bo‘linib turadi. Bu bo‘linish natijasida
o‘simlik bir butun tanani hosil qilib, ma’lum ichki tuzilishga ega bo‘ladi.
Morfogenez jarayoni va natijasi genotipni belgilaydi va shaxsiy rivojlanish
sharoiti bilan umumiy rivojlanish qonuniyati o‘rtasidagi bog‘liqlik barcha tirik
organizmlarga xosligini tasdiqlaydi. Masalan, qutblik qonunida ildiz
meristemasidan faqat ildiz, poya meristemasidan faqat poya va to‘pgullar o‘sib
chiqadi. Simmetrik qonuni har xil organlarning shakliga, bargning
joylashishiga bog‘liqdir. Bir butun tanada qismlarning bir –biriga bo‘lgan
bog‘liqlik xususiyati ularning umumiy xarakterini belgilaydi.
Tabiiy holda qismlarning bog‘liqlik xususiyati o‘zgarsa majruh o‘simlik
hosil bo‘ladi, lekin sun’iy ravishda chekanka qilinsa, inson uchun kerakli
bo‘lgan o‘simlikda foydali xususiyat shakllanadi.
Yuksak o‘simliklarning ontogenez taraqqiyotini to‘rt davrga bo‘lish
mumkin:
1) Latentli davr – tinim davr (embrional);
2) Virgenil davr –urug‘ unib birinchi gullagan davr (yuvenil - yoshlik);
3) Generativ davr – birinchi guldan oxirgi gulgacha bo‘lgan davr
(reproduktiv-voyaga etish va ko‘payish);
4) Senil davr – qarilik davri – oxirgi gulidan to nobud bo‘lgungacha
(yoki tabiiy o‘lim) davri.
Yuksak o‘simliklarning rivojlanishidagi asosiy davr bu organlarning
paydo bo‘lishidir. Organlarning hosil bo‘lishi organogenez deb ataladi. Bunda
ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘ hosil bo‘ladi. Tabiatda o‘simliklarda
organlarning hosil bo‘lishi har xil vaqtda sodir bo‘lishi mumkin. Masalan,
qo‘ytikan, lola kabi efemer(qisqa umrli) o‘simliklar 1-2 oy ichida o‘sib,
gullab, urug‘ hosil qilib, nobud bo‘ladi. Aksincha ochiq urug‘li o‘simliklarda
changlanib urug‘ hosil bo‘lguncha uch yil kerak. Ayrim plaunlarda
(suzgichlarda) bu jarayon 12-15 yilda sodir bo‘ladi.
158
FOTOSINTEZ JARAYONI
Fotosintez jarayonida, odatda (yuksak o‘simliklarda har doim) anorganik
modda quyosh nuri ta’sirida organik moddaga (tipik hollarda – uglevodlarga)
aylanadi. Fotosintezda hosil bo‘lgan organik moddada, assimilatsiyada ham
akkumulirlangan energiya, va shuningdek o‘zlashtirilgan modda mavjud
bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda, fotosintez jarayoni energiya va moddalar hosil
bo‘lishini o‘z ichiga oladi, bunda fotosintez uchun aynan energiya hosil
bo‘lishi xarakterli bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli fotosintez quyosh nuri
energiyasining ximiyaviy energiyaga biologik aylanishi jarayoni sifatida
qaraladi. Fotosintez jarayonining umumiy tenglamasi quyidagicha:
yorug‘lik
1. 6CO
2
+12H
2
O → C
6
H
12
O
6
+ 6H
2
O + 6O
2
(∆G
ύ
=+686 kkal / mol)
Keltirilgan ushbu tenglama yashil o‘simliklar uchun (suv o‘tlariga ham)
tegishli bo‘lib, fotosintezlovchi bakteriyalar uchun xos emas. Fotosintezning
ikkita parsial reaksiyasi (2, 3) hujayrada fazoviy va funksional holda bo‘lingan
bo‘ladi. “Yorug‘lik reaksiyasi” (yorug‘likka bog‘liq va unga bog‘liq bo‘lmagan
bosqichlar) tilakoidlarda sodir bo‘ladi, “qorong‘ulik reaksiyasi” (faqatgina
yorug‘likka bog‘liq bo‘lmagan bosqichlarni o‘z ichiga oladi) esa
xloroplastlarning matriksida kechadi.
yorug‘lik
2. 12H
2
O → 12[H
2
]+6O
2
(energiyaning hosil bo‘lishi – yorug‘lik
reaksiyasi)
yorug‘lik
3. 6CO
2
+12H
2
O → C
6
H
12
O
6
+6H
2
O (moddalarning hosil bo‘lishi –
qorong‘ulik reaksiyasi)
Yorug‘lik reaksiyasi xlorofill tomonidan yorug‘lik kvantlarining
(fotonlar) yutilishi bilan boshlanadi; natijada qaytaruvchi agent (NADF▫H+H
+
159
ko‘rinishida) va energiya (ATF ko‘rinishida) hosil bo‘ladi. Qaytaruvchi agent
va energiya (ayrim xorijiy adabiyotlarda “assimilyasion kuch” deb nomlangan)
qorong‘ulik reaksiyasi tizimiga kirib, yorug‘lik va qorong‘ulik reaksiyasi
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida hizmat qiladi.
Yorug‘lik
reaksiyasi
(yashil
o‘simliklarda) suvning fotolizini
(yorug‘likdagi oksidlanish) o‘z ichiga oladi; fotosintezda hosil bo‘ladigan
kislorod suvdan kelib chiqadi (“keraksiz mahsulot” sifatida), uglerod
kislotasidan emas. Yorug‘lik reaksiyasining mahsuloti bo‘lgan ATF
elektrontransport zanjirida (fotofosforillanish) hosil bo‘ladi; elektronlar
suvning yorug‘lik ta’siridagi oksidlanishida chiqadi.
Nafas olish koeffitsientiga (RQ) fotosintezda assimilatsiya koeffitsienti
(AQ) to‘g‘ri keladi: AQ = O
2
/ CO
2
. Uglevodlarning hosil bo‘lishi AQ = 1
bilan boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |