1.7. PAXTANI QAYTA ISHLASH UCHUN TEXNOLOGIK
JARAYONLAR VA ASBOB-USKUNALAR
Paxta yetishtiradigan xo‘jaliklardan paxta tayyorlov punktlariga
qop-qanorsiz 2PTS—4—793 va 2PTS—4—793A—01 turlaridagi
traktor tirkamasida yetkazib beriladi. Paxta tayyorlov punktlaridan
paxta zavodlarga asosan TMZ—879 va TMZ—879—01 rusumli avto
poyezdlarda, shuningdek, traktor shataklarida tashiladi.
Texnik chigit yog‘-moy zavodlariga qop-qanorsiz: 50 va 60 t yuk
ko‘taradigan 106 va 120 m
3
sig‘imli yuk ortiladigan usti yopiq temir yo‘l
vagonlarida, shuningdek, avtomobil transporti yordamida tashiladi.
Paxta tozalash va yog‘-moy zavodlari yonma-yon joylashsa, chigit
uzluksiz transport vositalarida, asosan, vintli konveyerlarda tashiladi.
Qoplarga joylashtirilgan urug‘lik chigit paxta tozalash zavod laridan
tayyorlov panktlariga avtomobil transportida keltiriladi. Paxta tolasi,
momiq va tolali chiqindilarning toylari usti berk temir yo‘l vagonlarida
tashiladi. Kirish uchun temir yo‘llari bo‘lmagan paxta tozalash zavodlaridan
jo‘natish bekatigacha, ayrim hollarda esa, belgilangan joygacha toylar
avtotransport bilan tashiladi.
Paxtani quritish
Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayoni paxta tozalash zavodiga
keltirilgan nam paxtani quritishdan boshlanadi. Paxtani quritish issiqlik
bilan uning tarkibiy qismlarini suvsizlantirishdan iborat murakkab amal
bo‘lib, texnologik jarayon va ishlov berish tartibini tanlashda katta
37
mas’uliyat talab qiladi. Quritishning to‘g‘ri tashkil etilishi uni amalga
oshirishga ketgan yoqilg‘i sarfining salmog‘ini kamaytirish bilan birga
paxta chigitining miqdori, sifatining yuqori bo‘lishini hamda paxta
zavodlarida butun texnologik asbob-uskunalarning muvaffaqiyatli
ishlashini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda paxtani quritishning ikki xil usuli mavjud. 1-usul —
ochiq maydonchalarda oftobda quritish, 2-usul — baraban turidagi
qurilmalarda amalga oshiriladigan konvektiv usulda quritishdir.
Quritiladigan paxtaning tavsifi
Paxta xomashyosi tola qatlami, chigit va iflos aralashmalari bo‘lgan
ko‘p komponentli materialdir.
Ayrim komponentlar nisbati paxta turiga, uning seleksion naviga,
sinfiga, pishib yetilish darajasiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq.
Tolali chigit komponentlarining gigroskopik xususiyatlari ularning
tarkibiy tuzilishi, tola hamda chigitlarning namligi, ular ning qancha
miqdorda suv shimilishi bilan belgilanadi. Pishgan chigit vaznining
60 % ni mag‘iz tashkil qiladi. Kimyoviy tarkibi jihatidan u asosan organik
oqsilli moddalardan (protein) va yog‘dan iborat. Uning tarkibiga, asosan,
uglevodlar, kristall va kolloidli shakar, gemitselluloza va pektinlar kiradi.
O‘z tabiatiga ko‘ra, chigit mag‘izi kolloid materiallarga, tuzilishi bo‘yicha
esa kolloid — g‘o vak materiallarga kiradi. U osmotik va kapillar hamda
kimyoviy-fizik bog‘langan namlikka ega. Qobiq o‘z tuzilishiga ko‘ra
yog‘ochga o‘xshash. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, unda sellu loza, lignin,
pentozan va boshqa moddalar bo‘lib, spirt bilan benzol aralashmasida
eriydi. Quritish obyekti sifatida qobiq kapil lar-g‘ovak material turiga
kiradi. Ularda namlik asosan kapillar kuchlar bilan bog‘langan.
Tolali komponent asosan kam miqdorda lignin bo‘lgan a-selluloza,
b-selluloza va moy-mum moddalaridan tashkil topadi. O‘zining
tarkibiy tuzilishiga ko‘ra, tola kapillar-g‘ovak material larga kiradi va
adsorbsiyalangan hamda kapillar namlikni saqlashi mumkin.
Tola atrof-muhitdan namlikni juda tez tortadi, bunda ha roratning
oshishi uning namlik muvozanatining kamayishiga, harorat pasayganda
esa namlik muvozanatining oshishiga olib keladi.
Chigitning sorbsion xususiyatlariga kelganda, uning qobig‘ida
mag‘ziga nisbatan namlik miqdori, atrof-muhit parametrlaridan qat’i
nazar, ko‘proqdir. Chigit mag‘izi, unda moy miqdori bo‘lishi hisobiga
namlikni kamroq singdirish qobiliyatiga ega. Chigitning atrof-muhit
bilan issiqlik va namlik almashish intensivligi uning tola qoplami bilan
to‘xtatib turiladi.
38
Shunday qilib, paxta komponentlarining sorbsion xususiyatlari uni
namlikni yaxshi o‘zlashtiradigan material sifatida ajratib turadi, u ko‘p
jihatdan quritish jarayonida tola va chigitning notekis suvsizlanishi
bilan bog‘langan. Tadqiqotlarning ma’lumotlari bo‘yicha paxtaning
muvozanatli holatida uning komponentlari orasidagi namligi quyidagicha
taqsimlanadi (1.5-jadval).
1.5- j a d v a l
Paxta namligi turlicha bo‘lganda uning paxta komponentlari
orasida taqsimlanishi
Paxtani quritish jarayonida uning namligi komponentlari ora sida
qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. Shuning uchun tola va chigit nam-
ligi muvozanatining o‘zgarish xususiyati paxtani quritishda mu him
ahamiyatga egadir.
Paxtada namlik miqdori
Amaliyotda paxtaning jami namligini erkin va bog‘langan nam likka
bo‘lish qulay. Bunday ajratishning fizik ma’nosi quyidagidan iborat.
Odatda, ochiq yuzada namlikning bug‘lanish tezligi, atrof-muhitdagi
suv bug‘lari hamda bug‘lanish yuzasi ustidagi bug‘ning parsial bosimi
ayirmasiga to‘g‘ri mutanosibdir. Tola va chigit qobig‘i ustidan namlik
bug‘lanishi haqida ham shunday deyish mumkin. Binobarin, muayyan
parametrlarga ega quritish agenti muhitida nam paxta bug‘lanish
yuzasidagi parsial bosim gaz oqimidagi bosimga tenglashmaguncha
namlik berishi mumkin. Bu holda paxta bilan quritish agenti orasida
namlik almashuvi to‘xtaydi va muvozanatli namlik holati paydo
bo‘ladi.
Paxtadan muvozanatli holat kelguncha yo‘qotilgan namlik shartli
ravishda erkin namlik, qolgani esa bog‘langan namlik deb ataladi.
«Erkin namlik» va «bog‘langan namlik» atamalari quritish jarayonini sifat
jihatdan tavsiflaydi, miqdoriy jihatdan esa ular muayyan sharoitlarga
bog‘liqdir. Agar quritish agenti muhitida suv bug‘larining parsial bosimi
o‘zgarsa, tegishli ravishda erkin va bog‘langan namlikning miqdor nisbati
ham o‘zgaradi.
39
Paxtaning namlik miqdorini namlikning vazniy nisbati U deb
ta’riflash qabul qilingan. U paxtaning mutloq quruq qismining vazn
birligidan foizlarda yoki vaznining materialning quruq qismiga nisbatida
ifodalanadi.
(1.1)
Bu yerda: W — paxtadagi namlikning vazni, kg;
— material quruq
qismining vazni, kg.
Paxta quritishni tashkil etishda yoki paxta quritgichlarining moddiy
balansini aniqlashda bug‘langan namlik miqdorini (W
0
) quyidagi nisbatda
aniqlash mumkin:
(1.2)
bu yerda: M
1
, M
2
— paxtaning quritishgacha va keyingi umumiy vazni,
kg;
V
1
, V
2
— paxtaning boshlang‘ich va pirovard namligi, foiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |