M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


 PAXTANI QURITISH USKUNALARI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.8. PAXTANI QURITISH USKUNALARI
Zavod hududida va undan tashqarida joylashgan quritish-tozalash 
sexlari hamda paxta zavodining tozalash sexi issiqlik yetkazib berish va 
paxta bilan ta’minlash tizimlariga ega 2SB—10 yoki SBO (STB, UMSR) 
quritgichlari bo‘lgan ikki quritish uskunalari to‘plami bilan jihozlanadi.
Quritgichlarni issiqlik bilan ta’minlash suyuq yoqilg‘ida ishlay digan 
TJ—1,5 rusumli yoki gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan TG—1,5 rusumli 
issiqlik ishlab chiqargichlari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, 
suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan STAM—K—2 issiqlik ishlab chiqargichdan 
foydalanish hollari ham mavjud.
Barcha  turdagi  issiqlik  ishlab  chiqargichlari  issiqlik  tashuvchi 
agentning  haroratini  nazorat  qiluvchi  TPGSK  va  boshqa  termo-
metrlarni, tutunso‘rgichning tortish kuchini aniqlovchi asboblarni o‘zida 
birlashtirgan nazorat o‘lchov asboblari va xavfsizlik avto matikasi bilan 
jihozlangan bo‘lishi shart.
Quritgichga  boradigan  gaz  quvuri  burilishlarsiz  va  egilishlarsiz 
(ko‘ndalang kesimi 0,5 m

va uzunligi 8—10 m) qilingan holda o‘t yoqish 
quvuri, issiqlikdan kengayish kompensatori va portlash klapaniga ega 
bo‘lishi kerak. Issiqlik ishlab chiqargich suyuq yoqilg‘ida ishlaganda gaz 
quvuri qo‘shimcha ravishda uchqun tutqich bilan jihozlanadi, yonilg‘i 


40
uzatish tizimining nasos va purkagich oralig‘ida esa, albatta, tozalash 
filtri va yoqilg‘i qizitgichi o‘rnatilishi shart. 
Issiqlik generatorlarining qiziydigan barcha tarkibiy qismlari va bo‘g‘inlari, 
gaz  quvurlari  issiqlikning  sexda  sarf  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘y maslik  uchun 
issiqlikni  o‘tkazmaydigan  qoplama  bilan  o‘ralishi  kerak.  Xuddi  shu 
maqsadda o‘t yoqish quvurining shiberi labirintsimon zichlagich bilan 
ta’minlanishi kerak (quvur va burilma qopqoq orasi).
1.7-rasmda  sanoatda  keng  tarqalgan  2SB—10  quritgichining 
texnologik  chizmasi  keltirilgan.  Paxta  ta’minlagich  (2)  orqali  baraban 
(5) ga uzatiladi, quritish agenti esa quvur (1) orqali beriladi, quritiladi 
va chiqarish tarnovi (13) tomon suriladi hamda u orqali keyingi qayta 
ishlashga uzatiladi. Ishlatilgan quritish agenti quvur (6) orqali atmosferaga 
chiqariladi.
1.6- j a d v a l
2SB—10 rusumli quritgichning texnik tavsifi
Paxta quritishning texnologik tartibi
Tayyorlov  punktlarida  topshiruvchilardan  qabul  qilingan  paxtaga 
quritish-tozalash sexlarida ishlov beriladi, bundan maqsad paxtani kerakli 
darajada saqlashga tayyorlashdir. Bunda 1, 2 va 3-nav paxtalar – 11 foiz; 
4 va 5 – nav paxtalar – 14 foiz namlikkacha quritiladi. Quritgichlarning 
ish tartibi paxtaning navi, dastlabki namligi va talab etiladigan namlikni 
pasaytirish  darajasiga  qarab  o‘rnatiladi  (1.3  va  1.4-jadvallar).  Namligi 
19 % gacha  bo‘lgan  paxta  bir  marta  quritiladi.  Namligi  29 % dan  ortiq 
bo‘lsa, ikki marta quritiladi va hokazo.
Zavodning tozalash sexiga quritish uchun namligi 14 % dan yuqori 
bo‘lmagan paxta yuborilishi kerak.
Paxta va tola tozalagichlarida iflos aralashmalardan ajratish jarayoni 
qiyin kechmaydigan seleksion navlar uchun paxtaning birinchi sanoat 
navlari namligini 8—9, past navlarini esa 9—10 % gacha quritish tavsiya 


41
etiladi.
Quritish tozalash sexi sharoitida 2SB—10 va SBO (SBT) quritgichlarida 
uzun tolali paxtani quritish xuddi o‘rta tolali paxtani quritishdek amalga 
oshiriladi.
Valikli  jinlash  zavodlarida  paxtani  qayta  ishlashning  maqbul  sifat 
ko‘rsatkichlariga  erishish  uchun  uzluksiz  texnologik  jarayonda  paxta 
6,5—7,0 % namlikkacha quritiladi. 
Qiyin tozalanadigan o‘rta tolali paxtani qayta ishlashda maqbul sifat 
ko‘rsatkichlariga  erishish  uchun  paxtaning  birinchi  navlari  6,5—7,0 % 
namlikkacha  quritiladi.  Bunda  quritgichlarning  ish  tartibi  paxtaning 
dastlabki namligiga, namlikning pasayishi miq doriga va qayta ishlash 
paytidagi ob-havo sharoitlariga qarab belgilanadi.
Namligi 9 % bo‘lgan paxtaga barabanli quritgichda 130° gacha ha-
roratda bir marta termik ishlov beriladi. Namligi 9% va undan ko‘p bo‘lgan 
xomashyoni quritish birin-ketin ikki quritgichda — avval issiqlik tashuvchi 
bilan  jadvalga  muvofiq,  keyin  ochiq  havoda  sovuq  tashqi  havo  bilan 
ikkinchi quritgichda, agarda bulutli yoki yomg‘irli havo bo‘lsa, 60°—80° 
darajagacha isitilgan havo bilan paxtani quritish amalga oshiriladi. 
Paxtani  quritgichlarda  quritish  ikki  bosqichda  bajariladi.  Pax taga 
1.7-rasm.  2SB—10 rusumli quritgich chizmasi:
1 — quvur; 2 — paxta ta’minlagich; 3 — paxta ta’minlagich;  
4 — barabanning ko‘ndalang kesimda ko‘rinishi; 5 — baraban;  
6 — ishlatilgan issiq havoni chiqarish quvuri; 7 — qovurg‘a; 8 — mufta;  
9 — reduktor; 10 — dvigatel; 11, 14 — tayanch; 12 — quritilgan pax tachiqarish 
quvuri; 13 — chiqarish tarmog‘i.
4
Nam 
   2 
3      5
paxta
Issiq
havo
14
I
II
13
12
11
10
9
8
7
6
I

I
 kesim
II

II
 kesim
Ishlatilgan
havo


42
ishlov berishning birinchi bosqichida quritgich orqali 18—20 ming m
3
/
soat quritish agenti sarflanadi. Quritish agentining sar fi tutunso‘rgich 
oldidagi  siyraklanish  miqdori  bilan  belgilanadi.  Ik kinchi  bosqichda 
paxtaga ishlov berish tutunso‘rgichning yo‘nal tiruvchi apparatini to‘la 
ochgan holda amalga oshiriladi.
1-sinf  1  va  2-navli  paxtani  (ikkinchi  bosqichda  ishlov  bermas dan) 
«oliy»  va  «yaxshi»  sinfli  tola  olish  sharti  bilan  bir  marta  quritishga 
ruxsat etiladi. Namligi 8 % dan yuqori bo‘lgan urug‘lik chigit 7,0—8,0 % 
namlikkacha,  qiyin  tozalanadigan  navlar  esa  6,5—7,0 %  namlikkacha 
quritiladi.
Tozalash  mashinalari  batareyasi  va  uzluksiz  ishlov  berish  tizimi 
majmuidagi  quritgichlarning  birida  9 % gacha  namlikdagi  urug‘lik 
paxtani quritish ko‘zda tutilgan. Paxtaning namligi 9 % dan ko‘p bo‘lgan 
taqdirda quritish avval issiq quritish agenti bilan birinchi quritgichda, 
keyin atmosfera havosi bilan ikkinchi quritgichda quritiladi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish