Yh – Yp
f
(-----------)-
talab inflatsiyasi;
Yp
f-Fillips egri chizig‘ining og‘ish burchagini belgilovchi empirik
koeffitsient;
ε -
tashqi baho shoki (taklif inflatsiyasi).
Ouken qonuniga ko‘ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp
miqdor davriy ishsizlikning o‘zgarishiga bog‘liqligi sababli qisqa
muddatli Fillips egri chizig‘ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash
mumkin:
= π
kut
- β [ u –u*] + ε
Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib turibdiki, haqiqiy inflatsiya
darajasi miqdori kutilayotgan inflatsiya darajasiga hamda tashqi baho
shoklari darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, davriy ishsizlik darajasi
bilan esa teskari bog‘likka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib, qisqa davr uchun,
iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflatsiya
darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
4.4.
Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni
amalga oshirish xususiyatlari
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga
qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba
to‘plangan. Inflatsiyani butunlay yo‘qotish imkoniyati yo‘q. Chunki
uni yuzaga chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik
va pulsiz) to‘liq yo‘qotish mumkin emas. Shuning uchun hozirgi
56
davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo‘qotish emas,
balki uni boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy
oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida hukumat tomonidan mavjud
iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga
qarshi turli antiinflatsiya siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga
oshiradilar.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqaror-
lashtirish, inflatsion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiq-
tisodiy siyosat. Antiinflatsiya
siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan
sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflatsiya sharoitlariga
moslashishga qaratilgan passiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- yalpi talabni tartibga solish;
- yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo‘nalish tarafdorlari bo‘lib, ular
davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni
shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko‘tarish mumkin deb
hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni
qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday antiinflatsiya siyosati davlat budjeti taqchilligini
yuzaga keltiradi va qo‘shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug‘diradi.
Keyns davlat budjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq
muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
“Antiinflatsiya siyosatining monetaristik yo‘nalishi tarafdorlari
keyinchalik, keynschilarning inflatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha
takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib
qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi
haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asil
inflatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya
tipidagi pul islohoti o‘tkazish hisobiga cheklash va budjet taqchilligini
ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi”
32
.
Monetaristlar inflatsiya aynan pul bilan bog‘liq hodisa bo‘lganligi
sababli shok terapiyasi pul massasining o‘sish sur’atlarini keskin
qisqartiradi va inflatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo
bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi
mumkin.
57
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko‘rinishlaridan biri bo‘lib
daromadlarning va baholarning nominal darajalarini o‘zgartirmagan
holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish
hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan oxir qabul qilinishi sababli, u
qisqa muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar
tomonidan
taklif
qilinayotgan
antiinflatsiya
siyosatining yana bir ko‘rinishi - inflatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan
pasaytirib borish (graduallash ) usulidir. Bu usulda inflatsiya sur’atlari
pul massasini ko‘p marotaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul
massasining o‘sish sur’atini pasaytirishni ko‘zda tutadi. Graduallash usuli
inflatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur
pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo‘llash pul massasi va baholar darajasining
yillik o‘sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‘ladi,
deb hisoblanadi.
Antiinflatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo‘lgan
variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu
usul daromadlarning o‘sishi va baholarning o‘sishi ni muvofiqlashtirishni
(adaptiv siyosat) ko‘zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish
hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini
muzlatib qo‘yish, pul ko‘rinishidagi ish haqining o‘sishini o‘rtacha
mehnat unumdorligining o‘sishiga bog‘lab qo‘yish orqali amalga
oshiriladi.
“Soliqlar tarkibini o‘zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi
to‘g‘ridan- to‘g‘ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar
ulushini ko‘paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning
rag‘batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat budjeti xarajatlarini
pasaytirish kabilar ham inflatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi”.
Antiinflatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflatsiya
jarayonlarining xususiyatiga bog‘liq.
Inflatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat
quyidagilarni ta’minlashi kerak:
-samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining barqarorligini;
-pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‘sish sur’atlarini;
- “inflatsiyani import qilish” ga yo‘l qo‘ymaslik.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda
58
inflatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash
uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
-
milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investsiya faoliya-
tining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning
oqilona darajasini ta’minlash;
-
raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil
etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab
chiqish hamda uni amalga oshirish;
-
xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda
ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda
zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
-
soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy
e’tiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
-
davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
qo‘llab- quvvatlash;
-
mamlakat ichida mahsulotlar, valuta, kredit, ko‘chmas mulk,
mehnat va qimmatli qog‘ozlarining yagona bozorini shakllantirish
hamda uni rivojlantirish;
-
pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga
asosan o‘zgartirib turish;
-
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar,
ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish;
-
erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar
va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat
qilish;
-
davlat
budjet
taqchilligini
noinflatsion
yo‘llar bilan
qisqartirish;
-
davlatning strategik oltin-valuta zaxiralarini chuqur tahlil etish
va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
ularni amalga oshirish ma’lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab
chiqilgan antiinflatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada
milliy
pul
birligini
mustahkamlanishiga
va
pul
tizimini
barqarorlashuviga olib keladi.
Har qanday inflatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanat-
59
larning buzilishi yotadi. shu sababli inflatsiyaga qarshi kurash – uni
shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga kelgan
nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy
siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlarning
inflatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular inflatsiya
bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas
bog‘liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat’iy bosh-
qarish va to‘lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish
bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik
investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu
dasturlar ana shu nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflat-
siyani keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish imkonini berdi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyingi sharoitida
inflatsiyaga qarshi chora tadbirlarni keskin amalga oshirish zarurati
yanada kuchaydi.
Bugungi kunda inflatsiyaga qarshi kurash milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omiliga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni modernizatsiya
va texnik qayta qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika
tizimini modernizatsiya qilish, kommunal xizmatlar baholari
o‘sishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank tizimini yanada
takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qabul
qilingan Inqirozga qarshi chora- tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan
vazifalarni amalga oshirish, jumladan asosiy sanoat tarmoqlarida
mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish,va h.k.lar inflatsiya
sur’atlarini cheklash imkonini beradi (4.2-rasm).
Mamlakatimizda iste’mol narxlari indeksi asosida hisoblangan
inflatsiya darajasi 2000-yilda 28,2 foizni, 2001-yilda 26,6 foizni,
2002-yilda 21,6 foizni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2003-yilda
3,8 foizni tashkil qilgan. 2002-yilga nisbatan 2003-yilda inflatsiya
darajasining
keskin
pasayishiga
makroiqtisodiy
siyosatdagi
o‘zgarishlar hamda metodologiyadagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatgan.
Makroiqtisodiy siyosatdagi o‘zgarishlar: 2003-yildan boshlab
davlat budjeti kamomadini qoplash uchun Markaziy bank tomonidan
kreditlash to‘xtatildi hamda Markaziy bank tomonidan markazlash-
gan kreditlarni berishga chek qo‘yildi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |