M s h. N u r m a t o V a, s h. T. H a s a n o V a rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga


XIII  BOB. PEDAGOGIK  KOLLEJLARDA  TASVIRIY  FAOLIYATGA



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/63
Sana30.12.2021
Hajmi4,97 Mb.
#92795
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

XIII  BOB.
PEDAGOGIK  KOLLEJLARDA  TASVIRIY  FAOLIYATGA 
0 ‘RGATISH  METODIKASIDAN  DARS  BERISH
Bolalarni  tasviriy  faoliyatga  chuqur  o ‘rgatish  tarbiyachilarning 
rasm,  loy,  applikatsiya  bo‘yicha  tayyorgarligiga  qog‘ozda  qalam 
va  bo‘yoqni  ishlata  bilish,  qog‘ozdan  siluet  qirqish,  loydan  har 
xil  shakl,  plastilindan  har  xil  shakl  yasashga  bog‘liq.  Tarbiyachi 
predmetning  shaklini,  tuzilishini  ko‘ra  olishi  kerak,  predmetni 
bo‘yash uchun bo‘yoq tanlay bilishi  hamda bolalarni  tasviriy faoli­
yat  metodikasi bilan tanishtirishni bilishi  lozim.  Bunday tayyorgar- 
likni  tarbiyachilar birinchi  navbatda  pedagogika  kollejida  oladilar. 
Pedagogika  kolleji  talabalariga  birinchi  bo‘lib  qalam  bilan  rasm 
chizdiriladi.  Bu  mashqlar  rasm  chizish  vaqtida  qo‘lning  harakatini 
mustahkamlaydi.  U la rto ‘g‘ri,  oval,  aylana, shtrix chiziqlarni chiza- 
dilar.  Qalam  bilan  ishlash  texnikasini  o‘rganish  uchun,  talabalar 
dekorativ  naqsh  grafikasini  o ‘rganadilar.  Bu  mashqlar  pedagogika 
kollejlaridagi  devoriy  gazetalar va  bolalar bog‘chasidagi  bezak  ish- 
lariga ham  yordam  beradi.  Xuddi  shu  bo‘limda  rang  bilan,  bo‘yoq 
va guash  bilan  ishlash  ko‘rsatilgan.  Dastur dekorativ  — xalq  amaliy 
san’ati bilan tanishtiradi.  Talabalar birinchi bolalar ijodi  bilan tani- 
shadilar,  shuning  uchun  o‘zlarining  rasmlarida  bolalar  qanday ud- 
dalasa,  shunday  chizadilar.  Keyin  xuddi  rassomlar  chizganidek  qi­
lib,  rang  va  soya  berib  chizadilar.
Loy bilan  ishlash darslarida haykaltaroshlik va uning turlari  bi­
lan tanishadilar.  Qalam,  ko‘mir, tush bilan rasm chizgandan so‘ng, 
ular  bo‘yoqlar  bilan  ishlaydilar.  Naturaga  qarab,  sabzavot,  meva, 
idish-tovoqlarning rasmlarini chizadilar.  Keyin 2—3 ta predmetdan 
iborat  natyurmort  chizadilar.  Ularda  rangni  sezishga  o ‘rganadilar, 
tomoshabinga  qanday  ta ’sir  qilishini  ko‘radilar.  Rasm  chizish  ni- 
hoyasida  peyzaj,  illustratsiya  va  ertaklarga  dekoratsiyalar  chizadi­
lar.  Ular  dumaloq  relyef,  katta  va  kichik  shakldagi  haykaltarosh­
lik  bilan  tanishadilar.  Ular  loydan  idishlar  yasaydilar.  Stek  bi­
lan  ishlashni,  loy  bilan  ishlash  texnik  malakalarini  o ‘rganadilar. 
Bu  malakalarni  o‘zlashtirgandan  so‘ng,  o ‘quvchilar  loydan  qush 
yasaydilar.  Uning  shakli,  proporsiyasi,  qismlari  bilan  tanishadi­
lar.  Loy  qush  yasashni  o ‘rganganlari  ularga  qalam  va  bo‘yoqda 
qush  rasmini  chizishga  yordam  beradi.  Qushdan  tashqari,  tala-
176


balar  hayvonlaming  rasmlarini  chizadilar.  Ularni  naturaga  qarab 
tasvirlash  mumkin.  Xotira  bo ‘yicha  ham  tasvirlash  mumkin.  H ar 
bir  tarbiyachi  albatta,  bo‘yoq bilan  ishlash  sirlarini  (rasm  chizish, 
loydan  narsalar  yasash)  bilishi  zarur.  Birinchi  b o ‘lib  odam  tas- 
virini  qalam  bilan  chizishdan  boshlash  lozim  (15—20  daq.).  Tal- 
abalar bir-birlarining  rasmini  chizadilar.  Bu  qisqa  muddatli  chiz- 
ishlar  diqqatni  kuchaytiradi,  ishni  tez  va  ishonch  bilan  bajarishga 
o ‘rgatadi  hamda predm etning  qog‘ozda joylashishini,  qismlarning 
proporsiyasini,  shaklning  asosiy  xarakterli  belgilarini  ko‘rsatishga 
yordam beradi.
D astur  mazmuni:  Odam  tasvirini  chizish  bilan  tanishganlari- 
dan  so‘ng,  tasviriy  san’at  bilan  tanishtirish  mustahkamlanadi.  Bu 
bo ‘limga  30  soat  ketadi.  Birinchi  mavzu  —  «San’atning  asosiy  na- 
zariy savollari»,  «San’at  — inson  ongining bir shakli»,  undan  keyin 
«Rus  san’ati»  (XVIII,  XIX).
«Tasviriy  faoliyat  va  qurish-yasash  metodikasi»  bo‘limi  har bir 
yosh guruhida rasm, loy, applikatsiya, amaliy mashg‘ulotlardan ibo- 
rat.  Bii bo'limning asosiy maqsadi talabalarni tasviriy faoliyat bilan, 
aqliy,  estetik,  tarbiya  masalalari  bilan  badiiy,  axloqiy,  m ehnat  tar- 
biyasi bilan tanishtirishdir.  Navbatdagi mavzu «Bolalar bog‘chasida 
tasviriy san’at»,  unga  2  soat  ajratiladi.  Talabalar san’at  turlari,  bo- 
lalaming  atrof  hayotga  bo‘lgan  qiziqishlarini  o‘rganadilar.  Oxir- 
gi  mavzu  «Tasviriy  faoliyat  va  qurish-yasash  bo‘yicha  reja  asosida 
tuzilgan  mashg‘ulot».
D ars  tiplari:  Pedagogika kollejida  darsning  2 varianti:  m a’ruza 
darsi,  amaliy-praktik dars bor.  2 variantdan tashqari muzeyga eks- 
kursiya, ko‘rgazmaga, suhbat tariqasida m a’ruzalarbo‘ladi. M a’ruza 
vaqtidagi suhbatni,  o ‘qituvchi yangi materialni tushuntirish uchun, 
o‘tilgan  materialni  takrorlaydi.  0 ‘qituvchining  m a’ruza  o ‘tishdagi 
mahorati  uning  m a’ruzani  qanday  tashkil  qildi,  diqqatni  qanday 
qilib  faollashtirdi,  talabalaming  xotira  va  idrokini  qanday  qilib 
faollashtirishga,  o ‘stirishga  bog'liq.  Yangi  materialning  bir  qismi 
talabalar tomonidan  yaxshi  o ‘zlashtirilgan  bo‘lsa va  metodikaning 
b a’zi  bir savollarini  o ‘zlari  hal  eta  olishlarini  o ‘rgangan  bo‘ladilar. 
0 ‘qituvchi  talabalarga savol berganda talabalar pedagogika,  psixo- 
logiya  va  anatomiyadan  olgan  bilimlari  asosida  va  bolalar  bi­
lan  olib  borgan  ish  tajribalariga  tayanib,  javob  berishlari  lozim. 
M a’ruzalar  kinofilmlar,  slaydlar  ko‘rsatish  bilan  o‘tkaziladi.  Bu
177


kinofilmlarni,  slaydlarni,  televideniya  ko‘rsatuvlarini  diqqat  bi­
lan  ko‘rish,  diqqatni  o‘stiradi,  ongini  o ‘stiradi,  yangi  materialni 
o ‘zlashtirishga yordam beradi.  Talabalar m a’ruzadan tashqari ham 
fllmlar,  teleko‘rsatuvlar  ko‘rib,  keyin  o'qituvchi  bilan  muhokama 
qilishi  mumkin.
Pedagog  m a’ruza  o ‘tish  vaqtida  ko‘rgazmali  quroldan  foyda­
lanadi.  Illustratsiyalardan,  o‘yinchoqlardan,  bolalar  rasmlari- 
dan  ko'rsatadi.  San’at  haqidagi  m a’ruzalarda  esa  rassomlar repro- 
duksiyalaridan  kinofilmlar,  slaydlar  ko‘rsatadilar.  Amaliy  mash- 
g‘ulotlar  pedagogika  kolleji  talabalariga  mashg'ulotlami  namu- 
nali  o‘tkazishga  yordam  beradi.  Ular  bolalar  chiza  oladigan,  loy­
dan  yasay  oladigan  predmetlarni  tasvirlay  olishlari  zarur.  0 ‘zlari 
ta ’lim berish metodikasi va dastur asosida mustaqil  mashg‘ulot ish- 
lanmasini  yozishlari  lozim.  Mashg‘ulotlarning  suhbatdan  boshla- 
nishi  m a’qul.  Masalan,  «Qo‘ziqorinlar»  nomli  darsda  tarbiyachi 
birinchi  qo‘ziqorin  turlarini  eslashni  taklif qiladi,  uning  xarakterli 
belgilari,  loydan  yasash  usullari  bilan  tanishadilar.  Shunday  suh­
batdan  so‘ng,  talabalar  har bir  yosh  guruh  dastur  talabiga  asosan, 
beriladigan  bilimlaming  bog‘liqligi  asosida  yasashni  o ‘rganadilar. 
Kichik  guruh  bolalari  bitta  qo‘ziqorin,  ya’ni  disk,  aylana  chetlari 
sal tushgan va  silindrsimon tanasini,  oyog‘ini,  o‘rta guruh bir qan- 
cha  qo‘ziqorinni  yasashlari  mumkin  (turlari bo‘yicha),  katta guruh 
bolalari,oq  qo'ziqorinning  shaklini  bera  bilishi,  katta  guruh  bola­
lari  to ‘g‘ri  kelgan  qo‘ziqorinni  yasay  oladilar,  uning  oldiga  barg, 
o ‘tlar yasaydilar.
Darsning  oxirida  2—3  daqiqa  tahlil  qiladilar,  qaysi  bir  guruh 
dastur  talabiga  mos  keladi.  Talabalarga  uyga  vazifa  qilib,  shu  gu­
ruh  mashg‘ulot  ishlanmasini  tuzish  beriladi.  Keyingi  mashg‘ulotda 
mashg‘ulot  ishlanmasini  tahlil  qiladilar va  o‘zlarini  tarbiyachi  o ‘r- 
niga  qo‘yib,  mashg‘ulot  o'tadilar.
Amaliy  mashg‘ulot  bir  necha  reja  asosida  bo‘lishi  mumkin. 
Masalan,  har  bir  yosh  guruhida  naturadan  foydalanish  usullari, 
tasviriy  san’at  turlarida  naturadan  qanday  qilib  foydalanish,  bola­
lar  bilan  naturani  tahlil  qilish,  mashg'ulotning  qaysi  vaqtida  foy­
dalanish  masalalari  ko‘rib  chiqiladi.  Masalan,  applikatsiya:  katta 
guruhda  qirqish  usuli,  qog'ozdan  o‘qituvchi  namuna  tayyorlay- 
di, jadval  ham  bo'lishi  mumkin.  Agar  amaliy  mashg‘ulot  «Rasm» 
va  «Loy»  bo‘limi  asosida  o'tkazilsa,  sabzavot  va  mevalar  mulya-
178


ji  bo‘lishi  shart.  Transport  rasmini  chizdirish  uchun  o‘yinchoq 
ko‘rgazmaU qurol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Xona o‘simliklarini 
natura asosida tasvirlash  uchun  namunalar kerak.  Loy mashg‘uloti 
uchun  ko‘rgazmali  qurol  sifatida  kichik  shakldagi  haykaltaroshlik 
namunalari xizmat  qiladi.  Loy ishini bajarishda,  xalq o‘yinchoqlari 
(Dimkova,  filimono,  korgopol,  kirov) ni ko‘rib  chiqish yaxshi nati- 
ja  beradi.
N atura  bilan  ishlash:  naturani  ko‘rib  chiqish  asosida  bo‘lajak 
tarbiyachilar  tahlil  qilishga,  predmetning  shaklini  ko‘ra  bilishga, 
keyin  tasvirlashga  o ‘rganadilar.  Shunga  ko‘ra,  talabalarda  idrok, 
xotira,  tafakkur o'sadi.  Natura  bilan  ishlash  2  bosqichga bo‘linadi:
Birinchi  bosqich  naturani  to ‘g‘ri  tanlay  olish.  Talabalar  to ‘g‘ri 
kelgan  predmet va  o ‘yinchoq  natura bo‘lib  xizmat  qilmasligini  bi- 
lishlari  lozim.  Loy uchun  natura bir xil  rangda bo‘lishi  kerak.
Ikkinchi bosqich naturani tahlil qilish.  Birinchi predmetni ham ­
ma  guruh  bilan  tahlil  qilish,  keyinchalik  talabalar  mustaqil  tahlil 
qiladilar.
Amaliy  mashg‘ulotlar  ko‘rsatish  va  tushuntirishdan  iborat  bo‘- 
ladi,  ya’ni  talabalarga  yangi  qirqish  usullari  ko‘rsatib  beriladi. 
Bo‘yoq  bilan  ishlashni  ko‘rsatishda,  qog‘ozni  doskaga  yopishtirib, 
o‘qituvchi mo'yqalam bilan chizib ko‘rsatadi.  Qurish-yasash va ap- 
plikatsiyada  ishning  hamma borishini  ko'rsatish  kerak.  0 ‘qituvchi 
va talabalar bir vaqtda  ishlaydilar.
Pedagogika  kolleji  talabalarining  mustaqil  ishlari  katta  aha- 
miyatga  ega.  Bu  ularning  ko‘nikma  va  malakalarini  mustahkam- 
laydi,  ijod  qilishlari  rivojlanadi.  Mustaqil  ish  o‘z  ichiga  adabiyot- 
larni  o'rganish,  ishlanma  tuzish,  istiqlol  reja  tuzish,  maktabgacha 
ta ’lim  muassasasida  mashg‘ulot  o'tish  uchun  reja  ishlanma  tuzish 
kabilarni  qamrab  oladi.
179



Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish