M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


Avstraliya va Okeaniya subregioni turizmi



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

8.4.Avstraliya va Okeaniya subregioni turizmi 
 
Avstraliya va Okeaniya subregioni 2018 yilda jami 17 mln turist 
qabul qilgan bo‗lib, ushbu sohadan tushgan daromad 61,0 mlrd. 
AQSH dollarini tashkil etgan. 
Avstraliya janubiy yarim Shardagi Avstraliya qit‘asi. Tasmaniya 
oroli hamda Hind va Tinch okeanlarining bir qancha orollaridan 
iborat davlat. Hududi 7,7 mln. km
2
. bo‗lib, aholisi 25,2
mln. kishi. 
Buyuk-Britaniya 
va 
Irlandiyadan 
kelganlarning 
avlodlari 
hisoblanadi. Yirik shaharlari va asosiy sanoat markazlari: Sidney, 
Brisben, Adelanda, Pert, Nyukasl, Melburn, Kanberra shaharlaridir. 
1901 yil 1-yanvarda mustaqillikka erishgan. Avstraliya evropaliklar 
tomonidan 1788 yili ochilgan.
 
Avstraliya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan industrial-
agrar mamlakat. AQSH. Buyuk-Britaniya. Yaponiya kapitalining 
iqtisodiyotdagi salmog‗i juda katta. Yalpi ichki mahsulotning 
24%ini sanoat, 5%ini qishloq xo‗jaligi, 58%ini savdo, moliya-
xizmat sohalari tashkil etadi.
 
Turizm Avstraliya YAIM 3,9%ini beradi. 2010 yilda 
Avstraliyaga 5,8 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‗lsa 2018 


115 
yilda 9,2 mln ga etdi. Avstraliyaga asosan Yangi Zellandiya, 
Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, XXR,GFR, Janubiy Koreya, 
Singapur Malayziyadan turistlar tashrifi amalga oshiriladi. 
Mamlakatning asosiy turistik shaharlari Sidney, Melburn, Brisben 
va Kerns shaharlari hisoblanadi.
Yangi Zelandiya
Tinch okeanining janubi-g‗arbiy qismida 
joylashgan davlat. Kuk bo‗g‗ozi bilan ajratilgan ikkita yirik 
shimoliy va janubiy oroldan va Styuart, Chatem, Kermadek, 
Kempbell va boshqa kichik orollardan tashkil topgan. Hududi 270,5 
ming km

bo`lib, aholisi 4,8 mln (2018) kishini tashkil etadi. 
Aholining 79%i Yevropadan ko‗chib kelganlar avlodi. 9,6% yerli 
aholi, qolgan qismi osiyolik. polineziyalik etnik guruhlardan iborat. 
Yirik shaharlari Oklend. Kraystcherch, Danidin, Vellington. Yangi 
Zelandiya orolini evropaliklardan birinchi bo‗lib gollandiyalik 
dengizchi A.Tasman 1642 yili ochgan. 1769 yildan boshlab esa 
J.Kuk tomonidan o‗rganilgan. 1839 yildan boshlab, bu yerlar 
britaniyaliklar tomonidan zabt etilgan va Yangi aholi ko‗chib kela 
boshlagan. 1840 yili Vaytang daryosi yonidagi bir qishloqda 
mahalliy Maoriy qabilasi bilan ingliz hukumati o‗rtasida Shartnoma 
tuzilib, unga ko‗ra Yangi Zelandiya erlariga Britaniya suvereniteti 
o‗rnatildi, hamda mahalliy qabilalar bilan bo‗ladigan o‗zaro 
munosabatlar kelishib olindi. 1907 yili mamlakatga yarim 
mustamlaka maqomi, 1931 yilda esa ichki va tashqi munosabatlarda 
mustaqillik huquqi berildi.
 
Yangi Zelandiya yuksak rivojlangan industrial-agrar davlat 
hisoblanadi. Shunisi harakterliki, ilg‗or davlatlar kabi bu yerda ham 
xizmat ko‗rsatish sohalari etakchi hisoblanadi va YAIM ning 
64,6% shu sohaga to‗g‗ri keladi.
 
Tashqi iqtisodiy aloqalarda dengiz transporti muhim 
ahamiyat kasb etadi. Asosiy dengiz portlari: Vellington, Oklend, 
Yangi Zelandiya jon boshiga hisoblaganda tashqi savdo hajmi 
jihatidan jahonda birinchi o‗rinlarda turadi. Bu soha YAIMning 
deyarli 30% ni tashkil etadi. Asosiy savdo sheriklari: Avstraliya, 
AQSH, Buyuk-Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Koreya, XXR 
mamlakatlari kiradi.
 


116 
Yangi Zelandiyada ishga yaroqli aholining 65% xizmat 
ko‗rsatish sohalarida faoliyat ko‗rsatadi. Mamlakatga yiliga 2-2,5 
mln. xorijiy turistlar tashrif buyuradi. Xalqaro turizmdan yiliga 3 
mlrd. AQSH dollariga yaqin daromad ko‗riladi. Yangi Zelandiya 
turizm bozorini asosiy ta‘minlovchi mamlakatlar Avstraliya. AQSH. 
Buyuk-Britaniya. Yaponiya. Germaniya. Koreya. Tailand. XXR va 
ASEAN mamlakatlari aholisi hisoblanadi. Yangi Zelandiya 
mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi 
ko‗rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 0,29%i. Osiyo va Tinch 
okeani mintaqasiga qilingan tashriflarning 1,6% Yangi Zelandiya 
mamlakatiga to‗g‗ri keladi. Yangi Zellandiya 2018 yilda 3,686 
ming turist qabul qilib, undan kelgan daromad 11,004 mln 
AQSH dollarini tashkil etgan. 
Okeaniya turizmining asosiy destinatsiyalari sifatida Kuk 
orollari, Fidji, G‗arbiy Samoa, Taiti, Mikroneziya orollari, 
Meloneziya va Polineziya kiradi. Yangi Zellandiyaga qarashli Kuk 
orollari 15 ta orolchalardan iborat bo‗lib, bu orollarda ommaviy 
turizmda dayving-tur, 1 kunlik jungliga sayohat marshruti, okeanda 
baliq ovlash kabi turlar chet ellik turistlarni o‗ziga jalb qiladi. 
G‗arbiy Samoa yer yuzining eng cheka hududi sifatida 
sivilizatsiyadan olisdagi maskan sifatida qiziqarli marshrutlar tashkil 
etilgan. Yangi Kaledoniya Tinch okeanidagi Fransiyaga qarashli 
hudud bo‗lib, u yerda endemik turga xos fauna va flora ekoturizmni 
rivojlantirishga zamin yaratadi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish