M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


Saudiya Arabistoni turizmi



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

 
9.2.2.Saudiya Arabistoni turizmi 
 
Saudiya Arabistonining maydoni 2,l mln km
2
. Aholining soni 
33 
million 
kishi 
(2018). 
Poytaxti 
Ar-Riyod 
shahri. 
Urbanizatsiya darajasi- 80%. Deyarli butun Arabiston yarim 
orolini egallagan yirik davlat. Mamlakatda islom dinining eng yirik 
ibodatxonasi muqaddas Ka‘ba Makka shahrida joylashgan. Saudiya 
Arabistoni davlat tuzumi bo‗yicha mutloq monarxiya bo‗lib, 
mahalliy hukmdor sulton deyarli cheksiz hokimiyatni o‗z qo‗lida 
mujassamlashtirgan. Bu davlatda shariat qonunlari asosiy huquqiy 
majmua sifatida hukmronlik qiladi. Yuqoridagi xususiyatlar 
sayyohlik sohasiga ham o‗z ta‘sirini o‗tkazgan. Mamlakatga spirtli 
ichimliklar va hatto pivo olib kirish mumkin emas. Shuningdek, 
oziq-ovqatlardan kolbasalarning barcha turlari va cho‗chqa 
go‗shtini olib kirish ham ta‘qiqlangan. Muqaddas shaharlar Makka 
va Madinaga musulmon bo‗lmagan shaxslarning kirib kelishlariga 
umuman ruxsat berilmaydi.
 
 


126 
9.2.3.Misr Arab Respublikasi turizmi 
 
Misr Arab Respublikasining umumiy maydoni 1 mln km
2

Aholisining soni 99 million kishi (2019) bo‗lib, ularning 98% 
misrliklardan (shrqiy xamit guruhiga kiruvchi arablar) iborat. 
Poytaxti Qohira shahri. Urbanizatsiya darajasi 50%. Savodxonlik 
darajasi 48%. Ichki milliy mahsulotning umumiy hajmi l7l 
milliard AQSH dollari (jon boshiga 30l0 AQSH dollari). 2010 
yilda 14 mln dan ortiq turist qabul qilgan bo`lsa, 2014 yiolda 9,6 
mln, 2016 yilda 5,2 mln.ni tashkil etgan. Demak, siyosiy 
vaziyatning beqarorligi turizmda salbiy dinamika ko`rsatkichini 
bergan. Bu mamlakatda turizm sohasi asosan madaniy-tarixiy 
yodgorliklar, mashhur ehromlar, saroylar va fir‘avnlar ibodatxonalari 
bilan bevosita bog‗liq. Ushbu yodgorliklar Nil vodiysida (shimolda-
Qohiradan, janubda Osvon suv omborigacha) mujassamlashgan. 
l980-yillarda Misr hukumati Qizil dengiz qirg‗oqlarida plyaj 
turizmini rivojlantira boshladi. Reja bo‗yicha, bu yerdagi asosiy 
turistik markaz Xurgada shahrida bo‗lishi belgilandi. l990-yillarda 
bu mintaqada G‗arbiy Yevropadan tashrif buyurgan sayyohlar 
uchun 7 ta turistik markaz tashkil etildi. l990-yillarning oxirida 
xorijlik turistlarning soni 2 milliondan oshib ketdi. Sayyohlarni 
qabul qilishda Misrning qadimiy shaharlari muhim ahamiyat kasb 
etadi. Qohira tarixiy hujjatlarga ko‗ra milodiy 969- yili tashkil 
topgan. Shaharda mamlakatning 20% aholisi istiqomat qiladi. 
Qohiradan shimolroqda 3000 yil avval ham mashhur bo‗lgan 
Misrning qadimiy poytaxti Memfis shahri joylashgan. Qohiraning 
eng yirik oteli «Xilton». Mashhur «Misr muzeyi» l858-yili 
fransuz qadimshunosi Miret tomonidan tashkil etilgan bo‗lib, 
turistlar orasida katta shuhrat qozongan. Muzeyda mashhur 
fir‘avn Tutanxamon xazinasi ham saqlanadi. Bu yerda hammasi 
bo‗lib l00 mingdan ortiq eksponatlar saqlanadi. Giza Misrning 
eng mashhur yerlaridan biri. Bu yerda butun dunyoga mashhur 
bo‗lgan ehromlar joylashgan. Shu qatorda fir‘avn Xeops (Xufu) 
ehromi alohida o‗rin egallaydi. Bu ehromning hozirgi balandligi 
l37 metr bo‗lib, uning qurilishiga 2 milliondan ortiq tosh ketgan. 
Ehrom yaqinida, balandligi 20 metr bo‗lgan Katta Sfinks ham 


127 
mashhur. Eng qadimgi ehrom fir‘avn Joser qurdirgan ehrom 
hisoblanadi. 
Iskandariya O‗rta dengizi bo‗yidagi bu qadimgi shaharga 
miloddan 
avvalgi 
332-33l-yillarda 
makedoniyalik 
Iskandar 
tomonidan asos solingan. Ptolemeylar sulolasi davrida Misrning 
poytaxti bo‗lgan. Sobiq qirollarning saroyi «Al Montada» bo‗lib, 
bu majmuaning bir qismi hozirgi vaqtda hashamatli otelga 
aylantirilgan. Iskandariyadagi «Yunon-Rim muzeyi» turistlar 
orasida mashhur bo‗lib, aynan shu yerda katta shuhrat qozongan 
«Tanagra» haykali saqlanadi. Osron qadimda Misrning Sudan bilan 
savdo qiluvchi asosiy markazi bo‗lgan. Osvon suv ombori l30 
milliard kub. metr sig‗imli bo‗lib, xalq xo‗jaligida katta 
ahamiyatga ega. Qoyalarda o‗yib yasalgan qadimgi Misr 
ibodatxonalari Abu Simbel yaqinida joylashgan bo‗lib, sayyohlar 
orasida juda mashhur. Bu ibodatxonalar 3200 yil ilgari fir‘avn 
Ramzes II sharafiga bunyod etilgan ekan. Yaqin atrofda joylashgan 
Luksor shahrida miloddan avvalgi XV-XII asrlarga oid «Amon-Ra» 
ibodatxonasi joylashgan. Keyingi yillarda Misrda tanishuv turizmi, 
arxeologik turizm, plyaj turizmi rivojlanib bormoqdaki, bu esa 
turistlarni mamlakatga jalb etamoqda. Yangi kurortlardan Matru, 
Safaga, Marsa Alam, Ras-Sidr va boshqalar. 2018 yilda 11 mlndan 
ortiq turist tashrif buyurgan bo‗lib, undan kelgan daromad 11 mln 
AQSH dollaridan oshib ketdi. 
Hozirgi vaqtda Misrning «Qadimgi yodgorliklarni muhofaza 
etish qo‗mitasi» oltita yirik ibodatxonani qayta ta‘mirlash 
to‗g‗risidagi loyihani ko‗rib chiqmoqda. Bu inshootlar Luksor 
hamda Osvon hududida joylashgan: Kom Ombo, Edfy Dendar, 
Karnak va boshqalar. Bu loyiha, kelajakda amalga oshiriladigan 
ulkan rejaning bir qismi hisoblanadi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish