Ishchi kuchining xalqaro harakatchanligi darajasi. Ko’pgina sanoati rivojlangan
davlatlarda ishchi kuchi yetishmovchiligi muammosi mavjud bo’lib, u
chetdan
immigrantlar oqimi hisobiga hal etiladi. Biz xalqaro migratsiya bilan bog’liq aniq
axborotlarga ega emasmiz, chunki ko’p sonli immigrantlar noqonuniy yo’llar bilan kirib
keladi. Biroq ayrim ma’lumotlarga ko’ra Iordaniya, Yaman, Pokiston va Misr kabi
mamlakatlar ishchilarining o’z uyiga yuborayotgan pullarining miqdori bu mamlakatlar
eksportidan ortiqdir.
Ko’p mamlakatlarda, masalan Yangi Zellandiyada Fidji va Tongo orollaridan kelgan
ishchilarga qisqa muddat, ya’ni 3-6 oy ishlashga ruxsat berilgan. Boshqa ko’p
hollarda esa
ishchilar oilasini uzoq muddatga tashlab ketadilar va o’zga mamlakatlarda ko’p pul
topgandan so’ng uyga qaytish maqsadida qolib ketadilar. Ularning uyga qaytishi ba’zi
rivojlangan mamlakatlarda muammo tug’diradi. Masalan, 70-yillar o’rtalarida ispaniyalik
ishchilar o’z uylariga qaytgani uchun Fransiya sezilarli ravishda ishchi kuchi
yetishmasligiga duch kelgan. AQSh esa 80-yillar oxirida koreys olimlar va
muxandislaridan mahrum bo’ldi. Yana bir muammo chet ellik immigrantlar sonini
cheklash bilan bog’liq davlat choralarining qabul qilinishidir. Bundan tashqari sanoati
rivojlangan davlatlarda mahalliy ishchilar uchun ish o’rinlarini saqlab qolish maqsadida
chet ellik ishchilarni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaratilgan
faoliyat olib boruvchi
guruhlar mavjud.
Bandlikdagi o’zgarishlar. Ko’pmillatli kompaniyaning kapital, texnologiya va
boshqaruvchi xodimlarni safarbar etish qobiliyati dunyoning turli chekkalarida ishchi-
migrantlarga talabni qondirish imkoniyatini beradi. Yirik foydali qazilmalar konlariga ega
yoki ilgari o’zlashtirilmagan hududlarda zavod, fabrikalar tashkil
qilish uchun
kompaniyalar chetdan katta miqdorda ishchi kuchi olib kirishi, uy-joy qurishi, aholiga
ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimini tashkil etishi zarur. Hatto aholi yashaydigan joylarda
uy-joy muammosi mavsumiy ishchilarni jalb qilishda qiyinchilik tug’diradi.
Ishchi kuchi oqimi va turli mamlakatlar ishchi kuchidan foydalanish mehnat sohasida
qo’shimcha muammolar keltirib chiqaradi. Masalan, XX asr boshida AQShda ko’p sonli
chet ellik ishchilar sanoat korxonalarida, temir yo’l va qurilishda ishlagan. Bir millatga
mansub ishchilar guruhlarga birlashib, o’z tarjimonlari bilan mehnat qilganlar. Odatda har
161
bir guruh ma’lum bir ishni bajargan. Uy-joy va oshxonalar har bir guruhga alohida
berilgan, bu separatistik qarashlarning chuqurlashishiga olib kelgan. Bunday qarashlar
hozirgi kunda ham G’arbiy Yevropa mamlakatlarida mavjud.
Mehnatga haq to’lash. Mehnatga haq to’lash siyosati
va amaliyoti kompaniyaning
bevosita raqobatbardoshligini belgilab beradi, xodimlarni jalb qilish, asrash va
rag’batlantirishga olib keladi. Har xil davlatlardagi ish xaqi o’rtasidagi farqlar raqobat
ustunliklari paydo bo’lishiga va ko’p kompaniyalarni chet elda ishlab chiqarishni tashkil
qilishiga undaydi.
Mehnatga xaq to’lash miqdori biznesga jalb qilingan
kapitalga, muayyan hududda
ayrim kasblarga talab va taklifga, hayot qiymatiga, mamlakat qonunchiligiga va kasaba
uyushmalarining ishchilar manfaatlarini himoya qila olish qobiliyatiga bog’liq.
Haq to’lash turi asosan an’analar, himoyalanganlik hissi, soliqlar va davlat oldidagi
majburiyatlar bilan bog’liq. Xalqaro kompaniyalar arzon ishchi kuchi mavjud bo’lgan
mamlakatda milliy firmalarga nisbatan ish haqini ko’proq to’laydilar.
Qo’shimcha imtiyozlar. Bir mamlakatdagi qo’shimcha imtiyozlar boshqa
mamlakatdagidan ancha farq qiladi. Turli davlatlarda muayyan mehnat uchun to’lanadigan
xaq faqat ish xaqi miqdori bilan belgilanmaydi. Har doim beriladigan yoki so’rab
olinadigan qo’shimcha imtiyozlarning turi ko’p. Masalan, Yaponiyada qo’shimcha
imtiyozlarga yirik firmalar xodimlariga oila nafaqasi, uy-joy olish uchun subsidiya va qarz
berish, haqi to’langan tushliklar, farzandlarni o’qitish va bayramlarni
nishonlash uchun
to’lovlar kiradi. Buyuk Britaniyada 70% avtomobillar kompaniyaga tegishli, chunki
shaxsiy mulkka solinadigan soliqlar yuqoriligi sababli kompaniyaga tegishli avtomobildan
foydalangan afzal. Ko’pgina davlatlarda quyidagi qo’shimcha to’lovlar turlari mavjud: yil
oxirida beriladigan mukofot, bolalarga beriladigan qo’shimcha pullar, uzun ta’til, foydada
qatnashish mukofoti.
Kafolatlangan ish o’rni. Ko’pgina mamlakatlarda xodimlarni bo’shatish qiyin yoki
kompaniyaga kutilmagan katta zararlarni keltiradi. Masalan, Germaniyada bo’shatilgan
xodim 18 oylik ish xaqiga teng kompensatsiya berishlarini talab qilishi mumkin.
Mamlakatda ishlab chiqarishni to’xtatish uchun kompaniya o’z kasaba uyushmasi va
162
hukumatning qo’shimcha imtiyozlarni berish va ishchilarni qayta tayyorlash masalalari
bo’yicha roziligini olishi kerak.
Keltirilgan zarar uchun javobgarlik. Kompaniyani, xodimni yoki uchinchi tomonni
yomon ishlashi kompaniyaga yoki xodimlarga zarar keltirishi mumkin. Masalan, jismoniy
zarar transport vositasida yo’l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, uskunalarni noto’g’ri
ishlatish va texnika xavfsizligiga rioya etmaslik natijasida kelib chiqadi. Firma
naqd pul
bilan noto’g’ri ishlash, fondlarni ishlatib yuborish, asbob-uskunalarni sindirish oqibatida
moddiy zarar ko’rishi mumkin. Keltirilgan zarar uchun kompaniya yoki xodimning
javobgarlik choralari keng turlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: