NAFTA miqyosida Shimoliy Amerika integratsiyasi rivojlanishida hal
qiluvchi rol
AQSh TMKlariga taalluqli. AQSh ishbilarmonlik doiralari NAFTAga katta umid
bog’laydilar. Yaqin yillarda amerika eksportining jiddiy kengayishi va shu bilan bog’liq
ish joylarning ko’payishi kutilmoqda. Mehnatsig’imli, materialsig’imli va ekologik
qimmat ishlab chiqarishlarni AQShdan Meksikaga ko’chirish davomida ishlab chiqarish
harajatlarini kamaytirish va amerikaning ayrim sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshlik
darajasini oshirish imkoniyati tug’ilsa ajab emas. Masalan, Xermosilloda (Meksika) Ford
zavodi 3/4 qismi Amerikada ishlab chiqarilgan detallardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat
jihatidan
ular AQSh, Kanada yoki Yaponiyada yig’ilgan mashinalardan kam emas.
Amerikaning uchta avtogiganti - “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motorz” yaqin yillarda
shunday yo’l bilan ishlab chiqarish va sotishni kengaytirishi va 4-10 % ga o’z foydalarini
oshirishi taxmin qilinmoqda.
Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan texnologik
tarmoqlarni (o’lchov asboblari, kompyuterlar, aloqa vositalari va boshqa ishlab chiqarish)
nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini oshirish va bozorni kengaytirish orqali o’z
foydasini oshirishni nazarda tutmoqdalar. Bunda kanada kapitalining janubga kuchishini
kuchayishi natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, boshqa tomondan qit’a ko’lamidagi
ulkan liberallashgan bozor makonining shakllanishi uchinchi
mamlakatlardan, asosan YeI
va Yaponiyadan bevosita va portfel investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini
rag’batlantiradi.
EIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya)
qo’shma byudjet fondlaridan moliyaviy yordam berilsa, NAFTA Meksikaga bunday
yordam ko’rsatmaydi. Uning yangi vaziyatlarga yolg’iz moslashishiga to’g’ri keladi.
Shunga qaramay NAFTA yordamida Meksika o’z iqtisodiyotini islohotlashtirish va
sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish muddatini yarim asrdan 10-15
yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning uchun ikki shimoliy davlat
va Meksika
o’rtasidagi tovar ayirboshlashni faol erkinlashtirish jarayoni boshlanishi zarur, chunki
kanada-amerika savdosida savdo to’siqlari bartaraf etib bo’lingan. Ayniqsa, tayyor
mahsulotlar ayirboshlash cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat
va oziq-ovqat
tovarlari bilan o’zaro savdoda boj to’lovlari 65%ga kamaytirilgan, qolgan to’lovlarning
Do'stlaringiz bilan baham: