3. Seminar mashg‘ulotlar Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydilar hamda yanada boyitadilar. Bunga jamoa bo‘lib mashq qilish yo‘li bilan va mustaqil ishlash yo‘li bilan erishiladi. Mustaqil ishlashda darsliklarni, o‘quv qo‘llanmalarni, uslubiy qo‘llanmalarni, tarqatma va ko‘rgazmali ashyolarni ahamiyati kattadir.
4. Mustaqil ta’lim “Bolalar va yoshlarni ijtimoiy himoyasi va ta’minoti” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va modernizatsiyalashgan jamiyatdagi tashkilotlar muammolarini echishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib referatlar, esse, prezentatsiyalar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Bolalar va yoshlarni ijtimoiy himoyalash va farovonligini taminlash amaliyoti
Bolalar va yoshlarni ijtimoiy himoyalash mamlakatimiz ijtimoiy himoya tizimining asosiy omili sifatida.
Bolalar va yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasida bolalar va yoshlarni ijtimoiy himoyalash sohasidagi davlat ijtimoiy siyosatining maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari va tamoyillari.
Bolalar va yoshlar himoya qilish tizimining mohiyati va tarkibi, ob’ektlari va sub’ektlari, shakl va uslublari.
Oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar tizimi haqida tushuncha.
Bolalar va yoshlar ishtirok uchun teng imkoniyatlarga ega madaniy dam olish va jismoniy faoliyat.
Bolalar ijtimoiy ish ob’ekti sifatida
Ijtimoiy yordamga muhtoj bolalar kategoriyalari.
Bolalarda deviant hulq-atvor, uning ko‘rinishlari va kelib chiqish sabablari.
Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar, bolalar kategoriyasi va ularning muammolari.
Ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va ularni hisobga olish.
Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlash bo‘yicha me’riy-xuquqiy asoslari.
O‘smirlik yoshidagi qiyinchiliklar.
Islohotlar sharoitida yoshlar ijtimoiylashuvi
Jamiyat ijtimoiy tuzilmasida yoshlar ijtimoiy munosabatlar ob’ekti va sub’ekti sifatida.
YOshlarni ijtimoiy taraqqiyoti va tabiati.
O‘zgarishlar jarayonida yoshlar stratifikatsiyasi.
Ijtimoiylashuv tushunchasi: adaptatsiya va identifikatsiya nisbati.
YOshlarning ijtimoiylashuvi asosiy omillari.
YOshlarning ijtimoiylashuvi modellari.
Ijtimoiylashuv jarayoni – ijtimoiy tajribani avlodlar orasidagi uzatish mexanizmini aniqlash, yoshlar o‘rtasidagi munosabatlar.
O‘zgarishlar jarayonida ijtimoiylashuv xususiyatlari.