A.V. Vahobov. T.S. Malikov
•
o ‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga b o ‘lgan aniq ehtiyoj-
larini aniqlash;
• moliyalashtirish manbalari (shu jum ladan, ichki va tashqi
manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
• xo ‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarish tizimini
yaratish va uni qo‘llab-quw atlash;
® shakllantirilgan rejalarni operativ o ‘zgartirish tartibini ishlab
chiqish.
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi b o lish i mumkin:
• strategik moliyaviy rejalashtirish;
• joriy moliyaviy rejalashtirish.
Strategik moliyaviy rejalashtirish o ‘z ifodasini strategik moliyaviy
rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o ‘zgarayotgan xo ‘jalik
yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashorati-
dan iboratdir.
Strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga
aniq javob berm og‘i lozim:
• xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning
o ‘lch a m i qanday, u qaysi m an b alar h iso b id an va qanday
muddatlarda jalb qilinadi?
• bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
• o ‘z kuchiga ishongan holda xo 'jalik yurituvchi sub’ekt
rivojlanishi mumkinmi? A garyo‘q b o ‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb
qilishning manbalari qanday?
• x o ‘jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag'lari tushumi, ishlab
chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday
darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?
0 ‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiya
lari quyidagilardan iborat:
• ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va
qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish
uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslarning hajmi va manbalarini
aniqlash;
• mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish tannarxini rejalashtirish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
M oliya
• pul oqimlarini rejalashtirish;
• butun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalash
tirish;
• investitsiya daromadliligini rejalashtirish.
Moliyaviy rejalashtirish m amlakat milliy xo‘jaligini rejalashti
rishning tarkibiy qismi b o ‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi
ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimidagi barcha organlarning
faoliyatlarini m uvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi. M oliya tizimi
tarkibidagi alohida b o ‘g‘inlarning nisbiy mustaqilligi quyidagilarni
o ‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalar ishlab chiqilishi zarurligini
taqazo etadi:
• pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari
va metodlarining o ‘ziga xosligi;
• moliyaviy resurslarni tarm oqlar va hududlar b o ‘yicha qayta
taqsimlash.
Moliyaviy rejalashtirishning bosh ob’ekti rejada o ‘z miqdoriy
ifodasini oladigan moliyaning b o ‘g‘inlari hisoblanadi. Konkret pul
fondlari mablag‘larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan
tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy rejalar tizimi markazini byudjet rejasi egallaydiki,
unda byudjet fondining harakati, darom adlar va xarajatlarni
shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlari, daromad
va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o ‘z miqdoriy ifodasini
topadi.
Byudjetdan tashqari fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya
fondi, Ijtimoiy sug‘urta fondi, Majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondi,
Y o ‘l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning moliyaviy
rejalarida ularning daromadlari va xarajatlarida o ‘z aksini topadi.
Ularning daromadlar qismida yuridik va jism oniy shaxslarning
majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Sug‘urta badallarining
miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda o ‘rnatiladi. Byudjetdan
tashqaridagi fondlarga qism an byudjet m ablag‘lari tu shishi,
mablag‘lar yetishmaganda byudjetdan tashqaridagi fondlar bir-
birlaridan qarzga mablag‘lar olishi mumkin. Shunday qilib, bunday
fondlar bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Sug‘urta fondi butun jam iyat, alohida mintaqaiar, hududlar va
www.ziyouz.com kutubxonasi
А . У
Do'stlaringiz bilan baham: |