99
www.ziyouz.com kutubxonasi
IO-ВОВ. CHIQINDI GAZLARNI AZOT OKSIDLARIDAN
TOZALASII TEXNOLOGIYALARI
Azot oksidli chiqindi gazlar kimyo sanoatining azotli birikmalarini ishlab chiqarish korxonalarida, katalizatorlar ishlab chiqarishda, neftni qayta ishlash korxonalarida, issiqlik energetika qurilmalarida yoqilg‘i yondirilganda va shu kabi boshqa ishlab chiqarishlarda hosil bo‘ladi. Azot oksidlari o‘ta zaharli gazlar qatoriga kiradi. Bu gazlar inson organizmida qator noxush oqibatlarga olib keladi: 0‘pka shishi, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, nerv sistemasining buzilishi, ko‘zning shikastlanishi va boshqalar. Shu bilan bir qatorda azot oksidlari o‘simliklarning barglarini kuydiradi, metall uskunalarini korroziyaga uchratib, xalq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Azot oksidlarining ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi (REChK) 0,085 mg/m3 ni tashkil etadi.
Azotning quyidagi kislorodli birikmalari mavjud: N20, NO, N02, N303, N205, N204, NO3, N206.
Do'stlaringiz bilan baham: |