(NH4)2SO4 = NH, + NH4HSO4
Usulning kamchiligi: yuqori energiya sarfi.
SO2 tarkibli chiqindi gazga gazsimon ammiak qo‘shish bilan olib boriladigan usul ham taklif etilgan. Bunda bevosita quvurning ichida sulfit va sulfat aerozollari hosil bo‘lib, ular keyinchalik elektrofiltrda ushlab qolinadi.
Oltingugurt dioksidi tarkibli chiqindi gazni tozalash uchun ammiakli-azotnitratli usul ishlab chiqilgan. Bunda tozalash jarayonida hosil bo‘lgan moddalar azot kislotasi bilan ishlov beriladi:
(NH^SO, + 2HNO, = NH4NO, + SO2 + H20
NH4HSO, + HNO, = nh4no, + so2+ H20
Natijada konsentrlangan ko‘nmshdagi 15—30% li SO2tarkibli gaz hosil bo‘ladi, keyin bu gaz sulfat kislota va o‘g‘it sifatida ishlatishga yaroqli ammoniy sulfat moddasini olishga yuboriladi. Chiqindi gaz tarkibidagi 1 t SO2 ni utilizatsiya qilinganda 1,3 t sulfat kislota, 3 t suyuq azot o‘g‘itlari va 0,21 atrofida ammoniy sulfat moddasi olinadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan usullarda qo‘llaniladigan absorbentlar turli konstruksiyada bo‘lib, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak: gazni o‘zidan o‘tkazish bo‘yicha yuqori qobiliyatga va samaraga ega bo'lishi, past gidravlik qarshilikka ega bo‘lishi, jarayonda hosil bo‘ladigan cho‘kindilar bilan tiqilib qolmasligi kerak.
Albatta, har bir ko‘rib chiqilgan usul o‘ziga yarasha afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Usullarni qo‘llash korxonada mavjud absorbentlar, ularni qayta ishlash imkoniyati, hosil bo‘lgan qo‘shimcha shlam mahsulotlarini ishlatish yo‘llari, o‘rnatilgan talablar, tozalash qurilmalarining, standart apparatlarning bor-yo‘qligi kabi shart- sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Nazorat uchun savollar:
SO2 gazidan tozalash uchun tanlanadigan xemosorbentlarda qanday qiyinchiliklar mavjud?
SO, gazini suvga absorbsiya qilinganda qanday kimyoviy reaksiya boradi va uning texnologiyasi qanday amalga oshiriladi?
SO2gazini ushlab qolish uchun ohakli suv ishlatilganda qanday minerallar ishlatiladi va ulaming tarkibi qanday moddalardan iborat?
SO2 gazini ushlab qolish uchun ohakli suv ishlatilganda qanday kimyoviy reaksiyalar boradi?
SO2gaziiu ohakli suv usulida ushlab qolish uchun qo'llaniladigan qurilma qanday apparatlardan iborat?
SO2 gazini ohakli suv usulida ushlab qolish jarayonida hosil bo'lgan shlam qanday modda va uni nima maqsadda ishlatish mumkin?
SO2 gazini ohakli suv usulida ushlab qolish jarayonida qanday muammolar vujudga keladi va ularni bartaraf etish uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak?
SO2 gazini ushlab qolish uchun yana qanday moddalar ishlatilishi mumkin?
SO2 gazini ushlab qolish uchun magnizitli usul qo'llanilganda qanday kimyoviy reaksiya boradi va uning texnologiyasi qanday amalga oshiriladi?
SO2 gazini ushlab qolish uchun rux oksidi ishlatilganda qanday kimyoviy reaksiyalar boradi va uning texnologik sharoitlari qanday?
SO2 gazini ushlab qolish uchun natriy asosidagi xemosorbentlar ishlatilganda qanday kimyoviy reaksiyalar boradi?
SO2 gazini qo'sh ishqoriy va ammiakli usul yordamida ushlab qolinganda qanday kimyoviy reaksiyalar boradi?
S02 gazlarini absorbsion tozalash usuli
O'tgan bobda ko'rib chiqilgan absorbsion usullarda SO2 gazini ushlab qolish uchun qator qiyinchiliklar tug'iladi. Bunda absorbsion tozalash jarayonidan keyin to'yingan absorbentlar ko'rinishidagi oqova suvlarning hosil bo'lishi va ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlatish muammosi paydo bo'ladi. Shuning uchun quruq absorbsion usuliar bunday kamchiliklardan xoli va shuning uchun ushbu usul keyingi paytlarda yo'lga qo'yilmoqda. Qattiq sorbentlar o' zida kimyoviy 96
aktiv moddalar ushlashi yoki g'ovaksimon materialdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Xemosorbentlar sifatida ayniqsa Al, Ri, Cl, Co, Cr, Cu, Fe, Hf, Mn, Ni, Su, Th, Ti, V, U, Zr oksidlari qo'llaniladi. Ular ichida ayniqsa marganes — Mn oksidi asosidagi sorbent SO2 gazlarini yaxshi ushlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |