FeCl3+3H20=Fe(0H),+3HCl
Fe2(S04)3+6H20=2Fe(0H),+3H2S04
Temir tuzlari ammoniy tuzlariga qaraganda koagulant sifatida qator afzalliklarga ega: ulaiga suvning past haroratida ham yaxshi ta’sir etishi, pH keng optimal qiymati, muhitini yuqori mustahkamligi va gidravlik
348
www.ziyouz.com kutubxonasi
yirikligi, turli tuzli tarkibli suvlami ham tozalay olish imkoniyati, zararli hid va mazalami yo‘qotish qobiliyati kiradi.
A12(SO4)3 va Fe(Cl3) lami aralashmalarini 1:1 dan 1:2 nisbatlarda qo'llab koagulatsiya qitinsa, alohida qo‘llashga nisbatan yuqori samaraga erishiladi. Bunda zarrachalar cho‘kishining tezlashishi sodir bo‘ladi.
Suvga koagulantlar qo‘shilganda kolloid zarrachalar zaryadlari neytrallanadi va ulaming agregatlamsh barqarorligi kamayadi. Bundan tashqari, koagulantlarning gidrolizlanishi natijasida suvda kam eruvchan aluminiy va temir gidroksidlari hosil bo‘ladi. Bu xil gidroksidlarning solishtirma yuzasi katta bo‘lib, ular bekorchi qo‘shimchalami adsorbsiyalaydi va cho‘kmaga tushiradi.
Polidispers sistemalarda dispers zarrachalar koagulatsiyalanishi monodispers sistemalardan tezroq boradi, chunki yirik zarralar cho‘kayotganda ancha mayda zarrachalami ham ilashtirib ketadi. Zarrachalarning shakli ham koagullanish tezligiga ta’sir etadi. Cho‘zinchoq zarrachalar dumaloq zarrachalardan ko'ra tezroq koagulatsiyalanadi.
Suvlarrn qayta ishlash uchun yuqorida sanab o‘tilgan koagulantlardan tashqari turli tuproqlar, ishlab chiqarishdagi aluminiy saqlovchi chiqindilar, o‘tli (травной) eritmalar, pastalar, aralashmalar, Si02 saqlovchi shlaklar ham qo'llanilishi mumkin.
Agregatlamsh jarayonini tezlatish, agregatlaming cho‘kmaga tushlsh tezligini ko‘paytirish, suvning tiniqlanish darajasini oshirish uchun ham flokulantlar deb ataluvchi yuqori molekular moddalar ishlatiladi. Suvda erimaydigan zarrachalarning flokulantlar yordamida yiriklanish jarayoni flokulatsiya deb ataladi.
Oqova suvlarrn tozalash uchun tabiiy va sintetik flokulantlar qo‘llaniladi. Tabiiy flokulantlarga kraxmal, dekstrin, eflrlar, selluloza va boshqalar kiradi. Faol dioksid kremniy (x SiC^* у H20) eng keng tarqalgan anorganik flokulant hisoblanadi. Sintetik organik flokulantlarga poliakrilamid (-C^-CH-CON^n, texnik (PAA) va gidrolizlangan (GPPA) moddalari misol bo‘ladi.
Flotatsiya ham koagulatsiya va flokulatsiya kabi fizik-kimyoviy tozalash usuliga kiradi.
Flotatsiya — oqova suvga aralashgan, solishtirma og‘irligi suvning solishtirma og'iriigidan kichik bo‘lgan bekorchi qo‘shimchalaming suv
349
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuzasiga qalqib chiqish jarayonidir. Bu jarayon havo pufakchalari yordamida tozalanadi, ya’ni zarrachalar havo bilan pufakcha-zarracha majmuasini hosil qilib suv yuzasiga qalqib chiqadi.
Suvda havo pufakchalari qaysi usulda hosil qilimshiga qarab flotatsion tozalashning quyidagi usullari ma’lum:
Havoni mayda-mayda pufakchalar tarzida yubonsh yo‘li bilan flotatsiya qilish.
Havo bilan o‘ta to‘ymtirilgan suv yordamida hosil qilingan pufakchalar bilan flotatsiya qilish.
Elektroflotatsiya.
Flotatsiya samarasi pufakcha-zarracha kompleksining pishiqligiga bog‘liq, bu narsa pufakcha va zarrachalaming katta-kichikligi, ulaming fizik-kimyoviy xossalari, flotatsiya jarayonining gidrodinamik shart- sharoitlaiga bog'liq.
Kompleksni buzib yubonsh uchun ma’lum ish bajansh kerak:
A= S (1-Cos0)
Do'stlaringiz bilan baham: |