Tinglovchi:
– O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini;
– xalq ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning konseptual asoslarini, konsepsiyalarini va huquqiy-me’yoriy asoslarini;
– ta’lim sohasidagi davlat siyosati va uni amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining vazifalarini;
– kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS, o‘quv dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalar mazmunini;
– xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv yuklamalarini tizimli tashkil etishni;
– o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malaka va shakllangan kompetensiyalarini baholashga qo‘yiladigan talablarni;
– o‘quvchilarning fanga doir: tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini;
– iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan xalqaro tadqiqotlarni;
– ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy dars berish metodologiyasini va axborot kommunikatsion texnologiyalarini;
– xorijiy va o‘zbek til grammatikasining qiyosiy tahlilini;
– ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini bilishi;
– darslarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish;
darslarda o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish va innovatsion baholash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
darslarda xorijiy va milliy metodologiya hamda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish kabi ko‘nikmalarga;
– nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni pedagogik faoliyatda qo‘llay olish;
– xorijiy til fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalana olish;
– ta’lim va tarbiya jarayonida dars o‘tishning innovatsion yondashuvlaridan foydalanish;
– zamonaviy talab va yondashuvlar asosida natijaviylikka asoslangan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish, darslarni kuzatish, tahlil qilish hamda tajriba almashish;
– o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentligini nazorat qilish hamda baholash malakalariga;
– “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ilm-fan, ta’lim-tarbiya tizimini yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusini ta’lim muassasasida tashkil etish;
– ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy metodika bilan uyg‘unlashtirib ta’limda qo‘llay olish;
– PISA (The Programme for International Student Assessment), PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha o‘quv materiallaridan samarali foydalana olish;
– yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
– o‘quv va badiiy adabiyotlarning internet resurslari bilan boyitilgan yangi avlodlaridan ta’lim jarayonida foydalanish;
– kasbiy mahoratini mustaqil va muntazam ravishda oshirib borish (Long Life Learning);
– ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikka erishishning innovatsion yo‘llarini topish;
– ko‘rsatmali va ko‘rgazmali materiallar mustaqil tayyorlay olish;
– xorijiy tilni o‘qitish bo‘yicha tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha ijodiy yondashish;
– xorijiy til fanini o‘qitish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni olib borish va uni amaliyotga tatbiq eta olish kabi kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak.