1.2. Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati (2 soat ma’ruza, 4 soat amaliy mashg‘ulot) O‘qituvchi kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar. Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish omillari.
O‘qituvchining metodik kompetentligi. O‘quvchilar motivatsiyasini oshirishda interfaol ta’limdan foydalanish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarining o‘ziga xosligi. Ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
1.3. Sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish (2 soat ma’ruza, 6 soat amaliy mashg‘ulot) Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tartibi, shakl va mazmuni. Tarbiyaviy soatlarni noan‘anaviy tarzda tashkil etish. O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari. O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va kasbga yo‘naltirish. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi. O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish yo‘llari.
Xorijiy tillarni o‘qitishda АКТ dan samarali foydalanish
Xorijiy til fanini o‘qitish jarayonida AKT va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Hozirgi avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimida elektron jurnal bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar. Televideniyeda berilayotgan “Online-maktab”, “Online-to‘garak”, “Online-repetitor” va “Kasbiy rivojlantirish kursi” manbalaridan foydalanib xorijiy til fanini o‘qitishni rivojlantirish.
Xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Ta’lim jarayonida amaliy dasturlar va multimedia texnologiyalarini qо‘llash.
Xorijiy til fanini o‘qitishda amaliy dasturlar va multimedia texnologiyalarini qo‘llash. O‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda elektron materiallardan unumli foydalanish.
О‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda elektron kо‘rgazmali didaktik material hamda flayerlarni tayyorlash va taqdim etish imkoniyatlari.
Xorijiy tillarni o‘rganish samaradorligi oshirishda mualliflik dasturlari imkoniyatlaridan foydalanish. Multimediali elektron testlar va 3D kitoblar yaratish texnologiyasi.
Xorijiy til darslarida Google-form, Kahoot va iSpring Suite kabi dasturlar yordamida elektron didaktik materiallar tayyorlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari.
Xorijiy til fanidan masofali o‘qitishni tashkil etish usullari va masofali o‘qitish platformalari. Ochiq va zamonaviy ta’lim manbasi bo‘lgan Coursera hamda mahalliy ochiq online kurslardan samarali foydalanish.