Jahon savdosining etakchi mamlakatlari
(2003 y. ma’lumotlari bo’yicha, mlrd. AQSh doll.)
Tovarlar eksporti
|
Xizmatlar eksporti
|
Import
|
|
Jami
|
Shu jumladan
hitek
|
Jami
|
Shu jumladan,
chet el turizmi
|
Tovarlar
|
Xizmatlar
|
Germaniya
748,4
|
AQSh
162,6
|
AQSh
282,5
|
AQSh
65,1
|
AQSh
1305,6
|
AQSh
218,2
|
AQSh 724
|
Yaponiya 94,7
|
Buyuk Britaniya
129,5
|
Ispaniya 41,7
|
Germaniya 601,7
|
Germaniya 167
|
Yaponiya 471,9
|
Germaniya 86,9
|
Germaniya 111,7
|
Frantsiya 36,6
|
Xitoy 412,8
|
Buyuk
Britaniya 112,4
|
Xitoy 438,4
|
Buyuk
Britaniya 71,5
|
Frantsiya 98
|
Italiya 31,3
|
Frantsiya 388,4
|
Yaponiya 109,7
|
Frantsiya 384,7
|
Xitoy 68,2
|
Ispaniya 76,4
|
Germaniya 23
|
Buyuk
Britaniya 388,3
|
Frantsiya 81,6
|
Buyuk
Britaniya 303,9
|
Singapur 63,8
|
Italiya 72,8
|
Buyuk
Britaniya 19,4
|
Yaponiya 383
|
Italiya 74,1
|
Gollandiya
293,4
|
Frantsiya
52,6
|
Yaponiya
70,2
|
Xitoy
17,4
|
Italiya 289
|
Gollandiya
66,2
|
Italiya
290,2
|
Malayziya
40,9
|
Gollandiya
64,1
|
Avstriya
13,6
|
Gollandiya
261,1
|
Xitoy
53,8
|
Kanada
272,1
|
Gollandiya
33,7
|
Xitoy
44,5
|
Turkiya
13,2
|
Kanada
245,6
|
Irlandiya
48,5
|
Belgiya
254,6
|
Irlandiya
31,6
|
Gonkong
43,2
|
Gretsiya
10,7
|
Gonkong
232,6
|
Kanada
47,8
|
Manba: World Development Indikators. The world Bank. Washington, DC, 2004.
Davlatlarning xalqaro raqobatbardoshligi
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi, avvalo, uning iqtisodiy va tijorat ko’rsatkichlariga asoslanadi.
O’tgan asrning 60–yillaridayoq xalqaro raqobatbardoshlik tu- shunchasiga AQShlik iqtisodchilar M.Erlix va Dj.Xaynlar tomo-nidan
«davlat yoki firmaning o’z tovarini sota olish qobiliyati» deb ta’rif berilgan. AQSh Prezidenti komissiyasining 1985 yil-dagi ma’ruzasida raqobatbardoshlikka - mamlakatning erkin va adolatli bozor sharoitida jahon bozori talablariga javob be-ruvchi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish yo’li bilan fuqa-rolarning daromadlarini shakllantirish va oshirish, deb tarif berilgan.
Jahon iqtisodiy forumi homiyligida 1986 yildan boshlab 32 ta mamlakatning raqobatbardoshligi to’g’risidagi ma’ruzalar nashr etila boshlandi. Bu ma’ruzalarda mamlakatlar iqtisodiy raqo- batbardoshligining umummilliy omillari quyidagicha guruhlash-tirilgan: iqtisodiy dinamizm, sanoat samaradorligi, bozor ori-entatsiyasi darajasi, moliyaviy tizimning dinamizmi, inson re-surslari, davlatning firmalarga ta’sir darajasi, tabiiy boylik-lar, tashqi savdo va innovatsion orientatsiya, ijtimoiy-siyosiy bar-qarorlik. Bu omillar 292 kriteriyaga asoslangan edi.
Jahon iqtisodiy forumining 1991 yildagi ma’ruzasida unga iqtisodiyotning raqobatbardoshlikka ahamiyati va mohiyati, ta’sir etuvchi omillar 330 kriteriyadan foydalangan holda quyidagicha gu- ruhlandi:
-mamlakatning yalpi salohiyati – iqtisodiy potentsiali;
-internatsionallashuv – davlatning xalqaro savdo va xalqaro investitsiya oqimidagi ishtiroki darajasi;
-hukumat – davlatning rag’batlantiruvchi roli;
-moliya-kapital bozorining faoliyati yuritishi va moliyaviy xizmat sifati;
-infratuzilma – resurslarni biznesning asosiy ehtiyojlari-ga muvofiqligi;
-fan va texnologiyalar, ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruk-torlik ishlarining imkoniyatlari va natijaviyligi;
-inson – mehnat resurslarining soni va sifati.
Mamlakatning raqobatbardoshligi yuqorida sanab o’tilgan omillarning o’zaro aloqasi, xo’jalik-siyosiy muhitning o’ziga xos-ligi, iqtisodiyotini, uning xo’jalik yuritish mexanizmining sama-radorligi bilan aniqlanadi. Ayniqsa, mamlakatlar raqobatbar-doshligini aniqlashda asosiy e’tibor milliy muhitga, ya’ni: mam-lakatni investorlar uchun
jozibadorligi, unda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, innovatsiyalarga va boshqa ne’mat-larga hamda huquqiy va iqtisodiy moyillikka qaratiladi.
Mamlakatlar raqobatbardoshliligi ilmiy tushunchasi 1990 yilda Garvard biznes-maktabining professori M.Porter tomoni-dan kiritilgan bo’lib, bu tushunchaga uning «Millatning raqobat ustunliklari» monografiyasida ilmiy ta’rif berilgan. Uning fikricha, muayyan bir davlatning raqobatbardoshliligi asosida unumdorlik, boshqacha aytganda, «ishchi kuchi va kapitaldan samara-li foydalanish» yotadi. Alohida bir mamlakatdagi aholining turmush darajasi shu mamlakatda aholi jon boshiga to’g’ri keladi-gan milliy daromad ko’rsatkichi bilan o’lchanadi. Bu ko’rsatkichni M.Porter jahon iqtisodiyotida mamlakatning raqobatbardoshligi-ni aniqlashda asos qilib olgan. Mamlakat va firmalar o’rtasidagi farovonlikka tenglik belgisini qo’ysa- da, amalda bu tenglik dun-yoda kechayotgan real jarayonlarni aks ettirmaydi.
Porter tomonidan mamlakatning xalqaro raqobatdagi ahvoli-ni aniqlab beruvchi dunyo ishlab chiqarishining aniq bir tarmog’i-dagi ko’rsatkichlar tizimi ishlab chiqildi. Bu ko’rsatkichlar umu-miy xarakterga ega bo’lib, shunday muhitni shakllantiradiki, ma-halliy firmalar shu muhit ichida raqobatlashadilar. Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining mu-rakkablashgan-ligini hisobga olgan holda Porter tomonidan ishlab chiqilgan ko’rsatkichlar to’rtta boshqa-boshqa omilni, ya’ni texnologik in-novatsiya, sanoat iqtisodiyoti, iqtisodiy geografiya, xalqaro savdo, siyosiy bilimlar, sanoat sotsiologiyasi, menejment omillarini birlashtiradi.
M.Porter tomonidan ishlab chiqilgan ko’rsatkichlar tizimi “raqobat rombi” nomini olib, o’z ichiga quyidagi ko’rsatkichlar guruhini qamrab olgan:
Omil shartlari - odam resurslari, tabiiy resurslar, kapital, ilmiy-axborot imkoniyati (tovar va xizmatlar bilan bog’liq barcha to’plangan bilimlar), infratuzilma (hayot tarzi sifatiga ta’sir etuvchi barcha omillar).
Ichki talab (ehtiyoj) sharoitlari – eng avval dunyo bozorida rivojlanish tendentsiyasiga moslik va sifatlilik, iste’molchilar «sifati»; ichki imkoniyatning o’ziga xos tomonlarini - talab (ehti-yoj)ning segment tarkibini hisobga olish;
Turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar – odatda, alohida tarmoqlar emas, balki tarmoqlar «guruhi» raqobatbardosh bo’ladi. Shuning uchun kompaniya ham gorizontal, ham vertikal yo’nalish bo’yicha integratsiyalashadi hamda ishlab chiqarishni ma’lum geografik kenglik
doirasida birlashtirish (kontsentratsiyalash)ga intiladi.
Firmaning tuzilishi va strategiyasi, ichki tarmoq raqobati. Bu mamlakatning ish yuritishdagi milliy xususiyati; investorlar tarkibi mamlakatda raqobatchilikni rivojlanganlik darajasi.
M.Porter davlatning raqobatdagi o’rnini nuqtali (punktir) chiziqqa o’xshatadi, uning fikricha, davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvi raqobatbardoshlikka ta’sir etadi. Davlatning asosiy vazifasi tarmoq-larning raqobatini nazorat qilishni ta’minlash hisoblanadi.
M.Porter qo’l ostidagi yana bir guruh olimlar alohida tarmoq-ning xalqaro raqobatbardoshlik manba va oqimini tahlil qil-dilar. Bu alohida olingan mamlakatlar industriyasining raqobat-bardoshligi darajasiga qarab tasniflash imkonini berdi. Rivoj-lanishning har bir shunday bosqichi firmalarning aniq bir tarmo-g’iga va faoliyati strategiyasiga ham tegishli; davlatning ma’lum darajada iqtisodiyotga, iqtisodiy siyosatning yo’nalishlariga ara-lashuviga ham tegishli. O’tkazilgan tahlil asosida milliy iqtiso-diyotni harakatga keltiruvchi to’rt kuchga mos (muvofiq) raqobat-bardoshlikning to’rt bosqichi aniqlab olindi.
Bu bosqichlar - ishlab chiqarish omillari, investitsiyalar, ish-lab chiqarishga joriy etilgan yangiliklar yaratilgan boyliklar bosqichlaridan iborat bo’lib, birinchi uch bosqich milliy iqtiso-diyot va milliy boylik raqobatbardoshligining rivojlanish va o’sishini o’zida aks ettiradi, to’rtinchi bosqich esa o’sishning asta-sekin susayishi va oxir-oqibatda pasayib ketishini anglatadi.
Mamlakatlarning yanada yuqori bosqichga ko’tarilishi quyidagi sharoitlar bilan izohlanadi:
- ishlab chiqarish omillarining shakllanish mexanizmi, ular-ning miqdori va sifati;
-iqtisodiy jarayon ishtirokchilarining motivlari;
-kam harakatchanlikni (inertsiyani) engib o’tishga yordam beradi- gan ichki raqobat;
-talabni (ehtiyoj) mukammallashtirish;
-ayrim omillarning etishmasligi;
-biznesda yangi ishchi o’rinlari yaratish qobiliyati.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nafaqat barqaror siyosiy iqlim va oqilona makroiqtisodiy siyosat, hatto iqtisodiy rivojlanishning mikroiqtisodiy asoslari ham zarur. Milliy iq-tisodiyotni rivojlantirishning mikroiqtisodiy asoslari – ish-chanlik muhitini yaratishga qaratilgan firmalarning amaliy raqo-bati va strategiyasi, raqobatda ustunlik qilish mexanizmini ish-lab chiqish va iqtisodiy
siyosatga asoslanadi.
Mikroiqtisodiy farqlar ma’lum darajada davlatlararo jon boshiga to’g’ri keladigan YaMM darajasidagi farqlar bilan tushun-tiriladi. Shunga asoslangan holda M.Porter «mamlakatning mik-roiqtisodiy raqobatbardoshligi indeksi» ko’rsatkichini kiritdi. Aholi turmush darajasi milliy iqtisodiyot unumdorligi o’lchovi hisoblanmish tovar va xizmatlar qiymati, millatning kapital va tabiiy resurslari bilan o’lchanadi. Demak, iqtisodiy rivojla-nishning bosh muammosi, ishlab chiqarishni tez va bir tekis o’sishini ta’minlash uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat ekan.
Buning uchun mikroiqtisodiy sharoit o’zaro bog’liqlik daraja-sining murakkabligini aniqlash kerak bo’ladi. Chunki kompaniyalar shu asosda raqobatlashadi, raqobat mikroiqtisodiy tushuncha bo’yi-cha firmalarni malakali kadrlar bilan ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. M.Porter
«Ishchanlik doirasi»ni “Raqobat rombi” deb ataydi. M.Porter investitsiyalashning yuqori sur’atlariga yordam-lashuvchi davlatning mikroiqtisodiy siyosati firmalarning ishlab chiqarishini o’stirishga yordam bermaydi, deb hisoblaydi. Bu qan-day holda ro’y berishi mumkin? Agar unga mos keladigan shakl tan-lanmagan, etarli kasb mahoratiga ega ishchi kuchlari, yordamlashuv-chi, qo’llab-quvvatlab turuvchi tarmoq bo’lmasa, shuningdek, tashqi raqobat bosimining kuchi sezilmasa, korporatsiyani boshqarish ta’-minlanmagan bo’ladi. Ishga bog’liq axborotlar etarli bo’lmaganda esa ishlab chiqarish sekin o’sadi.
M.Porter va boshqa bir guruh olimlar tomonidan 2000 yilda yana ikki indeks: «Hozirgi kunda raqobatbardoshlik» va «O’sish raqobatbardoshligi» indekslari kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |