Rivojlangan mamlakatlar guruhida Jahon xizmatlar sav-dosida asosiy etakchi davlatlar quyidagilar hisoblanadi. AQSh -18,2% yoki 240,0 mlrd. dollar; Angliya-7,6% yoki 100,5 mlrd. dollar; Frantsiya - 6,4% yoki 84,6 mlrd.dollar; Italiya -5,1% yoki 66,6 mlrd. dollar.
Xizmatlarni import qilishda asosiy mamlakatlar: AQSh -12,7% yoki 165,8 mlrd. dollar; Germaniya – 9,6% yoki 125 mlrd. dollar; Yaponiya - 8,5% yoki 110,7 mlrd. dollar; Angliya - 6% yoki 78,8 mlrd.dollar; Frantsiya – 5,0% yoki 65,4 mlrd. dollarga teng.
Xizmatlar eksportida rivojlanayotgan mamlakatlar hissasi quyidagicha: Syangan – 2,6% yoki 34,2 mlrd. dollar; Xitoy- 1,8%; Koreya Respublikasi - 1,8%, shuningdek, Turkiya, Singapur va Tay-van respublikalari ham bor. Xizmatlar importi mavjud davlat-lar: Xitoy- 2,2%; Koreya Respublikasi- 1,8%; Tayvan – 1,8%; Syangan, Braziliya, Singapur, Hindiston hisoblanadi.
Jahon eksport tizimida transport xizmati hissasi qisqarib bormoqda. Bu hol xom ashyoni eksport qilish sur’ati sekin o’sib bo-rayotganligi, tashilayotgan yuk qiymatida transportni tarkib top-tirish qiyinlashib ketayotganligi bilan izohlanadi. Shu bilan bir vaqtda, turizm hissasiga to’g’ri keladigan, shuningdek, rekreatsion xizmatlar hajmi ortib bormoqda. Bunga ko’pchilik davlatlarda havo yo’li orqali yuk tashishning ortib borayotganligi va yo’lovchi tashish qiymatining pastligi, aholi tumush darajasining o’sib borayotganligi, xizmatlarning qulaylik darajasi ortganligi, mil-liy chegaradan o’tish rejimining erkinlashuvi, turistik infra-tuzilmaning rivojlanganligi imkon berdi. Shuningdek, bank, sug’urta va boshqa vositachilik qilish bilan bog’liq uddabronlik xizmati ulushi oshib bormoqda. Xizmat ko’rsatishning eng istiq-bolli va zarur turi INTERNET tarmog’i orqali ko’rsatadigan xiz- mat bo’lib qolmoqda, elektron savdo ham rivoj topmoqda. Xalqaro savdo xizmatlari rivojlanishiga to’siq bo’layotgan omillar quyi-dagilar hisoblanadi:
-xizmatlarning ko’p turlari mahalliy miqyosda taqdim etili-shi;
-telekommunikatsiya, aloqa, turizm uchun sermahsul texnikalar
etishmayotganligi, dunyoda siyosiy barqarorlik zarurligi;
-tovarlar savdosiga qaraganda xizmatlarni erkinlashtirish darajasining pastligi va oshkora bozorning kamligi.
Xulosa o’rnida shularni ta’kidlash lozimki, erkin savdoning hozirgi sharoitdagi tushunchasi jahon xo’jalik aloqalarini va ja-hon iqtisodiyotining globallashuvi bilan bevosita bog’langan.
Savdo global integratsiyaning eng qudratli harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. So’nggi o’n yillikda jahon eksporti hajmi qariyb 2 baravarga ko’paydi hamda 2003 yilda 9 trillion AQSh dollarini tashkil etdi.
Mamlakatlar o’rtasida chuqurlashib borayotgan o’zaro bog’liqlik jahon savdosi strukturasidagi o’zgarishlar bilan bir vaqtda kech-moqda. Yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti hajmini oshi-shi iqtisodiy integratsiyaning katalizatoriga aylanmoqda. Ayni paytda, jahon xizmatlar savdosi ham o’sib bormoqda va hozirda jahon savdosining to’rtdan bir qismini tashkil etadi. Lekin shu bilan birga qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosiy xom ashyo re-surslari ulushi kamayib bormoqda (1980 yildagi 15% dan 2003 yilda 10% gacha tushdi). Eslatish joizki, jahon eksportida rivoj-langan mamlakatlar ulushi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Hozirda bu mamlakat hissasiga eksportning uchdan ikki qismi to’g’ri kela-di. Quyidagi jadvalda xalqaro savdoda, shu jumladan, xizmatlar savdosida etakchilik qilayotgan davlatlarning eksport-import ko’r-satkichlari keltirilgan.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |