Shuni ta’kidlash joizki, sotuvchi zimmasiga tushayotgan majburiyatlar DDP shartlarida eng ko’p va EXW shart-larida eng kam hisoblanadi.
Pirovardida shuni eslatib o’tish lozimki, kontraktda ko’rsa-tilgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan mahsulot etka-zib berish
to’g’risidagi ma’lumotlar tovarningbojxonarasmiy-lashtiruvidainobatgaolinadi.Chunonchi, agar sizning shartno-mangizda bo’lganidek, import FCA shartlarida amalga oshiri-layotgan bo’lsa, ya’ni sotuvchi tovarni shartnomada ko’rsatilgan punktda sotib oluvchiga yoki ekspeditorga yohud sotib oluvchi ko’r-satgan tashuvchiga topshirganidan keyingi barcha xarajatlar (boj-xona rasmiyatchiliklari, yuk ortish, tashish, sug’urtalash va shu sin-garilar) sotib oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. Import litsenziyasi haqini va tovarni uchinchi mamlakat osha tashishga doir barcha xarajatlarni ham uning o’zi to’laydi. Bunday hollarda bojxona qiymatini aniqlashda (bojxona to’lovlarini undirish maqsadida) tovarning shartnomada ko’rsatilgan bahosiga yukni O’zbekiston Respublikasi chegarasiga qadar etkazib berish bilan bog’liq xarajatlar qo’shiladi. CIF shartlarida mahsulot etkazib berish esa, masalan, tovarning qiymati va tovarni O’zbekiston che-garasiga etkazib berishga doir keyingi barcha xarajatlarni xo-rijiy kontragent o’z zimmasiga olganligini anglatadi va bunday hollarda bojxona qiymati kontraktda ko’rsatilgan qiymatga to’g’-ri keladi.1 Tashqisavdooperatsiyalarinisug’urtalash. Sug’urtalashning zarurligi ishlab chiqarish jarayonining inson va tabiatning stixiyali yoki tasodifan harakati natijasida keladigan zararni kamaytirish yoki butunlay bartaraf etish maqsadi bilan bog’liq. Shu maqsadda munosabatlar sub’ekti tomonidan maxsus fondlar tashkil etilmoqda. Bu fondlar manbai ikki yo’nalish bo’yicha, ya’ni sug’urta fondi va investitsion fond sifatida foydalaniladi.
Sug’urta ob’ekti sifatida aniq moddiy qiziqish yuzaga chiqadi. Moddiy boyligini sug’urta qilayotgan shaxs sug’urtalanuvchi deb ataladi. Sug’urtalanuvchi sifatida turli xil tashkilotlar (bir-lashmalar) ko’rsatilib, tuzilgan shartnoma asosida mijozlarning foyda olishlari uchun zararlarini qoplash majburiyatini oladi-lar.
Xalqaro qoidaga ko’ra, sug’urta fondi badali sug’urta mukofoti deb atalib, zararni qoplash to’lovi bo’lib hisoblanadi. Sug’urta mukofoti hajmi sug’urta polisida o’z ifodasini topib, tavakkal-chilikning oldindan kelishilgan turi darajasiga qarab aniq-lanadi. Kelgusida etishi mumkin bo’lgan zararni qoplash o’lchami tovar bahosi hisobiga olingan sug’urta bahosi bilan amalga oshi-riladi. CIF shartnomasiga ko’ra sug’urta shartnomaning minimal bahosini +10% qoplamog’i kerak.
Amaliyotda o’zaro va qayta sug’urtalash keng qo’llaniladi.
1 Manba: Solik va bojxona xizmati. 2006 yil 26 sentyabr.
Tavakkalchilikdagi tasodiflarning ko’pi tashqi savdo ope- ratsiyalarini amalga oshirish, yuk tashish paytida sodir bo’ladi. Bu transport sug’urtasi muhimligini ko’rsatadi. Transportda yuk tashishda yukning o’ziga transport vositasi va yuk tashish haqi sug’urta qilinadi. Shularga mos ravishda yuk va transport vosi-talarini sug’urtalash operatsiyalari turli sharoitlarda amalga oshiriladi (yuklar-kargo, transport vositalari kasko).
Sug’urtalash summasi sug’urtalangan tovarni realizatsiya qi-lishdan kutilayotgan foydani ham o’z ichiga oladi. Yukni trans-portda tashishda sug’urta bo’yicha chiqimni ko’taradigan shaxs ham aniqlanadi. Bu shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.