Oddiyintegratsiya. Bunda filiallar qoidaga ko’ra (bosh kom-paniya tomonidan olingan texnologiya asosida) firmaga faoliyat tur-lari doirasida
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan, raqobat ustun-ligini ta’minlash xususiyatiga ega bo’lgan maxsus kompanentlarni etkazib beradilar. Bu bosh firma bilan filiallar (bo’limlari) o’r-tasida katta hajmdagi axborotlar va faoliyatlaridagi boshqa nati-jalarni almashlab turishni amalga oshirish imkonini beradi.
Integratsionstrategiyakompleksi. TMK xalqaro miqyosda o’z faoliyatini erkinlashtirish, axborot texnologiyasini tarqatish, ra-qobatning keskinlashuvi ostida xalqaro miqyosda o’zining aktiv-larini qayta tashkil etishga kirishadi. TMK o’zining geografik tarqoq bo’limlarini va ishlab chiqarishning bo’laklarga bo’lingan tizimini global yoki mintaqaviy integratsiyalashgan ishlab chiqarish va sotish tarmoqlariga aylantirdi.
TMK ishlab chiqarishni global kontsentratsiyalashga mahsulot assortimentini aniqlash uchun mintaqaviy bozorlarni shakllanti-rish orqali moslashib boradi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi firmalarning bozorga kirib borishi engil-lashdi. Bu yo’ldagi to’siqlarning kamayishi va firmalarning ishlab chiqarishda murakkab texnologiyalar qo’llanishining o’sib borishi hisobiga amalga oshirildi. Bu, o’z navbatida, ko’pchilik tarmoqlarda xalqaro raqobatni intensivlashishiga olib keldi. Ikkinchi tomon-dan esa ko’p turdagi standart mahsulotlarni milliy va hududiy didlarga moslashtirish kerak.
Vujudga kelgan vaziyat TMKni raqobatda ustunlikni ushlab tu- rishning yangi yo’llarini izlab topish va ularning «qiymat zan-jiri»dagi alohida elementlarini koordinatsiyalash, raqobatdagi us-tunligini ishlab chiqarish, marketing, dizayn, mahsulotni etkazib berish, mahsulot xaridorgirligini ko’rsatish uchun qilingan xizmat-lar bilan belgilaydi. Shu munosabat bilan firmaning raqobatdagi ustunligi manbalari tahlilini qilish uchun firma faoliyatining barcha turlarini hamda bu turlarning o’zaro aloqalarini doimiy ravishda tahlil qilib borish zarur. M.Porterning «qiymat zan-jiri» bunday tahlil qilishning asosiy quroli (instrumenti) bo’lib hisoblanadi. Bu yo’l bilan qay holatda ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilganligini, imkoniyatlar va mavjud imkoniyatlar manba-larining differentsiallashuvi qaerda sodir bo’lganligini aniqlash maqsadida firma faoliyati muhim strategik elementlarga bo’lib o’rganiladi. Firma o’z faoliyatida ana shu strategiyani amalga oshir-gan taqdirdagina raqibidan ustunlikka erishadi.
Firmaning «qiymat zanjiri» keng ma’noga ega bo’lgan «qiymat tizimi»ga kiradi. Ta’minotchilarning «qiymat zanjiri» bo’lib, ana shu zanjirda firma tomonidan ishlatiladigan materiallarning o’z «qiymat zanjiri» bo’ladi. Ishlab chiqaruvchilarning tayyor mahsu-lotini sotishda
ham o’z «qiymat zanjiri» mavjud. Oxirgi bosqichda firma mahsulotlari iste’molchi «qiymat zanjiri»ning bir qismiga aylanadi. Raqobatda qo’lga kiritilgan va ushlab turilgan ustunlik faqat «qiymat zanjiri» tushunchasining o’zi bilan emas, balki mu-ayyan firmaning umumiy
«qiymat tizimi» bilan ham belgilanadi.
TMKlar raqobat ustunliklaridan foydalanish maqsadida o’z-larining raqobat ustunligidan oladigan foydalari va sarflarini baholovchi raqobat strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Raqobat strategiyasi firmaning butun harakati, raqobatda ku-rashida nafaqat juda yuqori ustunlikka erishishga qaratilmasdan, balki undan ham muhimroq bo’lgan firmaning har bir ustunlik-larini to’g’ri baholash va eng maqbulini tanlab olishga qaratilishi lozim.
Bugungi kunga kelib global bozor va innovatsiya ta’sirida, yangi korporativ strategiyalar paydo bo’ldi. Ishlab chiqarishdagi kamchi-qimlilik o’rniga sifat, dizayn hamda tovarlarni sotishdan oldin-dan va sotishdan keyingi bo’lgan munosabatlar yordamida raqobat ustunliklarini tabaqalashtirishga ko’proq urg’u berilmoqda.
Innovatsion ustunliklarni qidirish o’z ko’lami jihatidan yangi tarmoqlar sonini qo’shib hisoblanadigan bo’lsa, yanada global tus olmoqda. Firmalar o’zlarining axborot bazalarini kengaytirishga ko’proq e’tibor qaratmoqdalar. Bu maqsadda keng kommunikatsiyalar tarmog’ini yaratmoqdalar.
Shuningdek, TMK turli mamlakatlarda joylashtirilgan aktiv-larini tashkil etish va boshqarishning yanada samarali usullarini qidirmoqda. Korporativ darajadagi kompleks integratsiya «qiymat zanjiri»ni alohida funktsiyalarga bo’lishni va ularni barcha firma-larning manfaatlarini ifodalaydigan mamlakatlar va mintaqalarga joylashtirishni ko’zda tutadi.
Bosh kompaniya va uning filiallari o’rtasidagi farq yo’qolib borayotganligi shundaki, TMK umumiy tizimdagi alohida zvenolar ichki korporativ mehnat taqsimotining aniq belgilab berilgan qis-mi funktsiyalarini o’z zimmalariga olayotganligidir.
Bo’layotgan o’zgarishlar firmaning ierarxik strukturasini yo’q qilib, tarmoq strukturasini keltirib chiqaradi. U boshqa korpora-tiv tarmoqlar bilan o’zaro aloqa qilgan holda ko’pincha aloqa vosi-talari orqali xususiy mollarni etkazib berishdan tortib to litsenziyali kelishuvgacha konsortsium va strategik alyans hujjat-larini etkazib beradi. Bunday ichki tarmoqlar va firmalar o’rtasi-dagi tarmoqlararo munosabatlar kompleks integratsiyalash strategiya-sining ajralmas bir qismi hisoblanadi.
Strategik alyans firmalararo aloqa tizimida alohida o’ringa ega. Bu alyans aniq bir maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatayotgan yirik va boshqa sohalarda raqobatlasha oladigan firmalarni birlashtiradi. Hozirgi kunda firmalararo aloqalarning bunday shakli keng tarqalgan. Ko’plab firmalarning strategiyasida strategik alyans markaziy o’rinda turibdi. Alyanslar ko’pchilik tarmoqlarga xosdir. Lekin ular, ayniqsa, axborot texnologiyasi, biotexnologiya, avtomo-bil ishlab chiqarish va yangi materiallar ishlab chiqarishda muhim o’ringa ega. Biroq odatda bunday tarmoqlar shunday tarmoqlar hisoblanadiki, ular uchun bozorga kirib borish, keng ko’lamli iqti-sodiyot va texnologiyalarni tez o’zlashtirib turish va operatsiya tavak-kalchiliklarining yuqoriligi xos bo’lib, bu ularning «eng katta nuqson»idir. Ammo bu degani ular aktsiyadorlik kapitalida qatnash-maydi, degan gap emas. Bu, eng avvalo, qo’shimcha aktivlardan birga-likda foydalanib, har xil ko’rinishdagi ustunliklarga erishishni bildiradi.
Hozirgi kunda korporativ strategiya va kompaniya tashkil etish turlaridan biri integratsion strategiya kompleks ko’rinishidagi turidir. Uning xarakterli belgilari:
hamma individual birliklar korporativ tizimni birlashti-ruvchi yagona strategiyaga bo’ysinishi;
hamma korporatsiyalarning ichki funktsiyalari uchun eng yaxshi samara beradigan kooperativ strategiya, ya’ni korporatsiya bo’yicha qaysi tuzilma (gorizontal yoki vertikal) ko’p daromad keltiradigan bo’lsa, ana shunisi tanlab olinishi;
shuningdek, har bir funktsiyaning geografik «qamrovi» korpo- ratsiyaning umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda (ba’zi bir funktsiyalari moliyaviy) global integratsiyalashgan, boshqa biri hu-dudiy (ishlab chiqarish) funktsiyalarning bir qismi (kadrlar tayyor-lash – lokal bo’lgan) aniqlanishidir.