M maxsudova muloqot psixologiyasi o‘quv qo‘llanma



Download 1,17 Mb.
bet9/35
Sana18.03.2023
Hajmi1,17 Mb.
#920281
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)
1-sinf-reja-musiqa, DTTL mustaqil ish Tohirov
Ota-onalik holati (O) — butun mas’uliyatni o'z zimmasiga oluvchi, talablar va shart qo'yadigan, nazorat o'rnatadigan holat. Bu holatning jismoniy belgilari: qoshlarni uyish, ko‘rsatkich barmoqni yuqoriga ko'tarish, qo‘llarni ko‘krakda chalishtirish, «uf» tortish, suhbatdosh yelkasini qoqib qo'yish. Ota-onalik holatidagi kishi ko'pincha quyidagi so‘zlardan foydalanadi: «yaxshilab miyanga quyib ol», «hech qachon...», «unutmagin», «qancha gapirish kerak», «qani qo‘lingni tekkizib ko‘r-chi» (doim, hech qachon, mumkin, mumkin emas so‘zlari ota-onalik holatidagi kishi tomonidan ko‘p ishlatiladi).
Baholovchi fikrlar — qoralash, maqtash ma’nosidagi fikrlar («ahmoq», «jinnivoy», «erkatoyim», «bechoragina» kabi) ota-onalik holatidagi kishiga xos. Ota-onalik holati quyidagilarga bo'linadi: mehribon ota-onalik «MEN»i (yordam beruvchi, to‘g‘rilovchi, ovutuvchi), tanqidchiiik «MEN»i (tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo‘rqituvchi).
Katta odam holati (K) — vaziyatni inobatga ola biladigan, boshqalarning manfaatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydigan, mas’uliyatni o'zgalarning va o'zining o'rtasida adolatli taqsimlay oladigan holat. Bu holatning jismoniy belgisi: tinglayotganda yuz,
13
ko‘z, tananing harakatlanishi (har 3—5 soniyada ko‘zlar pirpirashi). Bolalik holatiga xos qiziquvehanlik va berilib ketish ham katta odam holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin. Katta kishi holatidagi inson ko'pineha quyidagi so‘zlardan foydalanadi: «nima uehun?», «kim?», «qanday qilib?», «qachon?», «balki», «menimeha», «mening tushunishimeha» (masalan: «mening fikrimeha, yoshlar kattalarni hurmat qilishlari kerak, shart»).
E. Bern fikrieha, shaxsning yetukligi insonda katta odam EGO holatining qanchalik shakllanganligiga bog‘liq bo'Iadi. Transakt tahlilga ko‘ra, muloqot davomida ishtirokehilar har bir EGO holatga muvofiq keluvehi nuqtyai nazarda turib kontaktga kirishadilar. Ayrim transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib keladi. Transaksiyalar quyidagi turlarga bo'linadi: parallel transaksiyalar — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishmaydi (masalan, «katta odam» holatida turib «bolalik» holatiga murojaat qilish, «bolalik» holatida turib «kattalik»ka javob qaytarish); kesishuvchi transaksiya — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishadi (masalan, «katta odam» holatining «katta odam» holatiga murojaat qilishi, «ota-onalik»ning «bolalik»ka javob qaytarishi); yashirin transaksiya — bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor bilan bog‘liq bo‘lmagan transaksiyadir. Sirti «yaltiroq» bo'lgan jismoniy belgilar, so‘zlar ostiga juda salbiy mazmun yashiringanda shunday transaksiya ro‘y beradi. Ushbu transaksiyalar ikkidan ortiq EGO holat munosabatga kirishishi natijasida ro‘y beradi.
Muloqot pozitiv (ijobiy) tugallanishi uehun transaksiyalar parallel bo'lishi kerak. Kesishuvehi transaksiya nizo va ziddiyatga olib keladi.
Parallel transaksiyaga misol: «oyijon, bu mening qo'limdan kelmaydi», «sen endi katta bola bo'lib qolding, albatta qo'lingdan keladi».
Kesishuvehi transaksiyaga misol: «Sardor, narsalaringni joy-joyiga qo'yib qo‘ysang-ehi», «siz menga xo'jayin emassiz, bu yerda menga faqat onam buyruq bera oladi».
Bolalik holati bolalik davrida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Kattalarga taqlid qilish natijasida ota-onalik holati shakllanadi. Kattalik holati esa uzoq yillar davomida hayotiy tajriba orttirish bilan qaror topib boradi.


  1. Download 1,17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti