2006
M 0303010000—43 M
ISBN 978-9943-14-008-0
M361(04)—2006
© «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006-y.
KIRISH
O'z mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash — dolzarb va ustuvor vazifalardan biri. Hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning rivoji yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga ham ko‘p jihatdan bog'liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o'zaro munosabatlarda demokratik tamoyillaming teran tafakkur etishni taqozo etadi. Insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o'ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda qaror topgan. Ushbu o'quv qo'llanma jamiyatning yangilanishi davrida inson ma'naviyati va ruhiyatida ro'y berayotgan o'zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi.
/Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlami voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lom ijtimoiy munosabatlami o'matish mushk'ul.^Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya'ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanacd/
"Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi.
Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni yoshlar, ayniqsa, bo'lajak o'qituvchilarga yetkazish ularning psixologik savodxonligini oshiradi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga, bo'lg'usi pedagogik faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
3
Yaratiladigan yangi qo‘llanmalar oldiga o‘quvchi yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g‘oya asoslarini singdirish; vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, o‘tmish va buyuk kelajak haqida fikrlash, u bilan faxrlanish hissini, yangicha tafakkurni shakllantirish; bozor iqtisodiyotiga mos keladigan muloqot madaniyatini o‘zlashtirishni ta'minlash kabi maqsadlar qo'yiladi.
«Muloqot psixologiyasi» fanidan o'quv qo'llanma hozirga qadar yetarlicha sifat va mazmunda yaratilmagan. Mazkur o'quv qo‘llanmada har bir mavzuni mustahkamlash uchun savollar, psixologik test va masalalar, shuningdek psixologik xususiyatlami aniqlovchi metodikalar (uslubiyat) berilgan. Bular dars samaradorligini oshirib, talabalarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatadi.
Mazkur o'quv qo'llanma akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda pedagogik yo'nalishdagi institutlar bakalavrlari, shuningdek, rahbar xodimlarga, ota-onalarga mo'ljallangan.
O'quv qo'llanma haqidagi fikr va mulohazalaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so'raymiz: 716019, Namangan shahri, Uychi ko'chasi, 316-uy, Namangan Davlat universiteti, pedagogika va psixologiya kafedrasi. Tel: 266-55-01, 226-53-81, faks 2266107. NamDU @ Uzpak. Uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |