M. Maxkamova



Download 0,92 Mb.
bet17/49
Sana18.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#388322
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin)

boshqaruv tamoyillari markazlashtirilgan va markaz- lashtirilmagan boshqaruvlararo nisbatdir (Quyi pog‘onada qan- cha va qanday qarorlar qabul etiladi? Ularning oqibati qanday? Har bir boshqaruv pog‘onasida qaysi hajmdagi nazorat funk- siyalari mavjud?);

  • boshqaruv apparati— bo‘linmalarni qayta guruhlash, ular orasidagi o‘zaro aloqaning o‘zgarishi, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, firmalararo aloqalar ko‘rinishini o‘zgartirish, bosh- qaruv apparatida kerakli oraliq zvenolarni bunyod etish va sh.k.

    1. boshqaruv funksiyalari— strategik rejalashtirishni kuchay- tirish («biznes — reja»ni tuzatish), mahsulot sifati nazoratini ku- chaytirish, aksiyalarni joriy etish yo‘li bilan ishchilarni boshqa- ruvga jalb etish, mehnat motivatsiyasiga qarashlarni o‘zgartirish va sh.k.

    2. xo‘jalik faoliyati — texnologik jarayonni o‘zgartirish, fir- malararo hamkorlikni chuqurlashtirish, tashkilotni texnikaviy qayta yangilash va sh.k. Tahlil natijasida tashkilot faoliyatidagi

    «nozik jarayon»larni ajratib olish mumkin.

    Ikkinchi bosqich — tashkiliy tuzilmani loyihalash.Uning usullari:



    1. o‘xshash (analogiy)— o‘xshash tashkilotlardagi boshqaruv tuzilmalarini loyihalashga oid tajribalardan foydalanishni nazarda tutadi.

    2. ekspertli— ekspert — mutaxassislar taklifini o‘rganishga asos- langan.

    3. maqsadlarni tuzish— tashkilot maqsadlari tuzilmalarini ishlab chiqishni va uni ishlab chiqilayotgan tuzilma bilan qo‘shish. Ushbu holda boshqaruv tashkiliy tuzilmasi tizimli yondoshish asosida quriladi, ushbu tuzilmaning sifat va miqdoriy tahlili hamda uning faoliyatini asoslovchi grafik bayoni shaklida vujudga keladi.

    4. tashkiliy modellashtirish— tashkiliy yechimlarning hayotiy ekanligini baholash mezonini aniq shakllantirib beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, tashkilotdagi javobgarlik va vako- latlar taqsimlanishini matematik shakli, grafik va mashinaviy bayonini ishlab chiqish.

    Tashkiliy tuzilmaga bo‘lgan talablar:

    1. Optimallik. Agar boshqaruvning eng kam sonli pog‘onasida boshqaruvning hamma pog‘onalarida zvenolararo ratsional aloqa o‘rnatilgandagina tuzilma optimal deb hisoblanadi.

    2. Operativlik. Ushbu talabning mazmuni shundan iboratki, qabul etilgan qarorlarni amalga oshirishda uning keraksiz holga kelib qolishiga imkon tug‘diruvchi qaror qabul etil- ganidan uning amalga oshirilguncha salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kerak emas.

    3. Ishonchlilik.Boshqaruv apparatining tuzilmasi axborot uzati- lishining aniqligini kafolatlay olishi, boshqaruvchi komanda va boshqa uzatiluvchi ma’lumotlarni buzilishiga yo‘l qo‘y- masligi boshqaruv tuzilmasidagi aloqaning to‘xtovsizligini ta’minlash kerak.

    4. Iqtisodchilik. Masala shundan iboratki, boshqaruvdan olinadi- gan samaraga eng kam sarf xarajatlar bilan erishilish kerak. Buning mezoni sifatida resurslar va foydali natijalarga sarflan- gan mablag‘ning munosabati olinadi.

    5. Epchillik. Tashqi muhit o‘zgarishiga qarab o‘zgara olish qobi- liyati.

    6. Boshqaruv tuzilmasining qat’iyligi.Turli xil tashqi ta’sirlar ta’sirida asosiy xususiyatlarini yo‘qotmaslik, boshqaruv tizimi va unung elementlarining bir butunligi.

    Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi mukammalligi uni loyiha- lashda loyihalash tamoyillariga bo‘ysunishga bog‘liq:

    1. Boshqaruv zvenolarining soni maqsadga muvofiq bo‘lishi va oliy rahbardan ish bajaruvchigacha axborot o‘tishi uchun sarflanuvchi vaqtni imkon qadar qisqartirish.

    2. Tashkiliy tuzilma tarkibiy qismini aniq belgilab olish (bo‘lin- malar tarkibi, axborot potogi va sh.k.).

    3. Boshqariluvchi tizimdagi o‘zgarishlarga tezda e’tiborni qarata olish xususiyatini ta’minlash.

    4. Mavjud masala bo‘yicha eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan bo‘linmaga masalani hal etish vakolatini berish.

    5. Boshqaruv apparati ayrim bo‘linmalarini tashkilotni bosh- qaruv hamma tizimiga va jumladan tashqi muhitga moslash- tirish kerak.

    Shunday qilib, tashkiliy tuzilmani loyihalash jarayonida uchta bosqich belgilanadi:


    Download 0,92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish