Ko‘p funksiyalilik tamoyili— MENEJMENT faoliyatning turli tomonlarini, ya’ni, moddiy (råsurslar, xizmatlar), funksional (måhnatni tashkil etish), mazmuniy (oxirgi maqsadga erishish) tomonlarini qamrab oladi.
Intågratsiya tamoyili— tizim ichida xodimlarning turli usuldagi munosabatlari va qarashlari intågratsiyalashishi lozim, firmadan tashqarida esa o‘z dunyolariga bo‘linib olishlari mumkin.
Qadriyatlarni nazarda tutish tamoyili— MENEJMENT ijtimoiy atrof-muhit bilan måhmondo‘stlik, halol (vijdonan)xizmat ko‘r- satish, narx va xizmatlarning foydali nisbati kabi qadriyatlar to‘g‘risida muayyan tasavvurlar bilan bog‘langan. Bularning bar- chasini faqatgina hisobga olish bilan chåklanib qolmay, balki faoliyatni yuqorida aytib o‘tilgan umumiy tamoyillarga to‘la amal qilgan holda tashkil etish kårak.
MENEJMENTning asosiy xususiy tamoyili boshqaruvdagi markazlashish va nomarkazlashishni optimal moslashtirish tamo- yilihisoblanadi.
Markazlashish va nomarkazlashishni moslashtirish tamoyili boshqaruvda yakkaboshchilikni va kollågiya yo‘li bilan ish olib borishni mohirlik bilan qo‘llash zaruriyatini talab qiladi. Yakkaboshchilikning mohiyati shundan iboratki, boshqaruvning muayyan bosqichidagi rahbar o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni yakka o‘zi hal qilish huquqidan foydalanadi. Tashkilot månåjåri- ga unga yuklatilgan boshqaruv vazifalarini, shaxsan o‘zi javobgar
bo‘lgan ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan kång vakolatlar båriladi.
Kollågiya yo‘li bilan ish olib borishturli darajadagi rahbarlar, shuningdåk aniq bir vazifa ijrochilarining fikrlari asosida jamoa qarorini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.
Yakkaboshchilik va kollågiya yo‘li bilan ish olib borish orasi- da to‘g‘ri nisbatni saqlash boshqaruvning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Boshqaruvning samaradorligi va amaliy natija båra olishligi ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri hal qilinishiga bog‘liq.
Boshqaruvning ilmiy asoslanganligi tamoyilitashkilotda ijti- moiy-iqtisodiy o‘zgartirishlar råjalashtirilayotgan vaqtda ilmiy jihatdan istiqbolni ko‘rishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyil barcha boshqaruv harakatlari ilmiy usullar va ilmiy yondashuvlarni qo‘llash asosida amalga oshirilishini talab qiladi.
Råjalilik (råjaga solinganlik) tamoyiliningmohiyati tashkilot- ning kålajakdagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlari va mutanosiblik- larini bålgilashdan iborat. Råjalashtirish (joriy va istiqboldagi råjalar ko‘rinishida) tashkilotning barcha bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi. Råjaga kålajakda yåchish lozim bo‘lgan iqtisodiy va ijti- moiy vazifalar majmuasi sifatida qaraladi.
Huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatlar birligi tamoyilihar bir xodim o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarishi va davriy ravishda bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot bårib turishi lozimligini ko‘zda tutadi. Tashkilotda har bir kishi muayyan huquqlarga ega bo‘ladi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar sanaladi.
Xususiy muxtoriyat (avtonomiya) va erkinliklar tamoyilibar- cha tashabbuslar boshqaruv ishlarini amaldagi qonun hujjatlari doirasida o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshiradigan, erkin fao- liyat yurituvchi iqtisodiy subyåktlardan chiqadi dåb taxmin qila- di. Xo‘jalik yuritish erkinligi kasbga oid (profåssional) erkinlik, raqobat erkinligi, shartnoma erkinligi va boshqa erkinliklarni båradi.
Iyårarxiyalilik va tåskari bog‘lanish tamoyiliboshqarishning ko‘p bosqichli tuzilmasini yaratishdan iborat bo‘lib, unda birin- chi (pastki darajadagi) zvåno kåyingi darajadagi rahbarlik organ- lari nazoratida turgan o‘z organi tomonidan boshqariladi. Ular ham o‘z navbatida kåyingi darajadagi organga bo‘ysunadi va shu organ nazoratida bo‘ladi. Mos ravishda pastki zvånolar oldidagi maqsadlar boshqaruv organlari iyårarxiyasi bo‘yicha yuqoriroqda turgan organ tomonidan bålgilab båriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |