M. Maxkamova



Download 0,92 Mb.
bet12/49
Sana18.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#388322
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin)

Boshqaruvning quyi pog‘onasidaquyi zveno boshqaruvchilari (menejerlar-nazoratchilar) mujassamlashgan bo‘ladi. Ular boshqaruvning yuqori pog‘onasida ishlab chiqilgan rejalarni joriy etib ish bajaruvchilarni nazorat qilishadi. Ushbu pog‘onada quyidagi lavozimlar birlashtiriladi: sex ustasi, uchastka ustasi, guruhlar rahbari va idora ko‘rinishidagi bo‘linma mudiri.

Qanchalik ko‘p sondagi komponentalar ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirib, o‘z faoliyatini detsentralizatsiya qil- gani kabi boshqarish o‘rta bosqichida ishchi joylarni kamaytira- di va shunchalik ko‘p boshqaruv funksiyalarini quyi bosqichdagi boshqaruvchilarga uzatadi.


Boshqaruv iyerarxiyasi


Boshqaruv iyerarxiyasi lavozim va funksional vazifalari bilan farqlanadigan uchta asosiy pog‘onadan iborat.



32

    1. BOSHQARUV OBYEKTI VA SUBYEKTI

Boshqaruv jarayoni boshqaruvchi obyekt va subyektdan ibo- rat bo‘ladi. Bu esa shu narsani bildiradiki, xohlagan tashkilot ikkita tizimcha birligida bo‘ladi: boshqaruluvchi va boshqaruvchi orasidagi munosabat — odamlar orasidagi munosabatdir.

Shunday qilib, boshqaruv obyekti deganda boshqaruv ta’siri yo‘naltirilgan tashkilot tuzilmasi tushuniladi. Boshqaruv subyek- ti boshqaruvchilik ta’sirini amalga oshiruvchi organ yoki shaxs.

Shu munosabat bilan tashkilotning bitta tuzilmasi boshqa- ruvning ham obyekti, ham subyekti bo‘lishi mumkin.

Masalan, univermagda direktor rahbarligidagi boshqaruv apparati boshqaruvchi tizimcha bo‘lib hisoblanadi, boshqari- luvchi bo‘lib bo‘linmalar (seksiyalar) hisoblanadi. Bo‘limda o‘z navbatida boshqaruvchi tizimcha sifatida bo‘lim (seksiya) mudiri boshqaruv apparati bo‘lib hisoblanadi, boshqaruvchi esa sotuv- chidir. Shu bilan birga univermag ma’muriyati (direktor) boshqaruvchi tizimchadan, boshqariluvchi tizimga o‘tishi mum- kin. Ushbu holat rahbarlikning yuqori organidan tushadigan buyruqlar, farmoyishlarni amalga oshirishda sodir bo‘ladi.

Shunday qilib, boshqaruv subyekti deganda qonunchilik va huquqiy hokimliklarni tushuniladi. Turli xil qonunlar va huquqiy qarorlar yordamida davlat ta’sir etuvchi obyektlar bir necha bel- gilar bilan ajratiladi:

Hal etilayotgan masalalar darajasi bo‘yicha — respublika iqtisodiyoti, sohalar, hududlar, firmalar.

Boshqariluvchi faoliyat ko‘rinishlari bo‘yicha— daromadlar, kapital qo‘yish, baholar, turli xil bozorlar, shaxsiy iste’mol va sh.k.

Ta’sir manzili bo‘yicha— xususiy milliy kompaniyalar, turli xil jamg‘armalar, ilmiy-tadqiqot markazlari, o‘quv yurtlari va sh.k.


    1. MENEJMENT TAMOYILLARI

Tashkilotni boshqarish tamoyillari boshqaruv jarayonining tizimi, tuzilishi va tashkillashtirilishiga qo‘yiladigan talablarni bålgilab båradi. Ya’ni, tashkilotni boshqarish barcha darajadagi månåjårlar amal qiladigan asosiy nizom va qoidalar orqali amal- ga oshiriladi. Bu qoidalar månåjår xatti-harakatlari «yo‘li»ni bål- gilab båradi.

2—3875 33

Shunday qilib, boshqarish tamoyillarini boshqaruv vazifala- rini amalga oshirish bo‘yicha asosiy g‘oyalar, qonuniyatlar va rahbarlar xatti-harakatlarining qoidalari sifatida tasavvur qilish mumkin.

MENEJMENTning barcha tamoyillarini ikki guruhga — umu- miy va xususiy guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Boshqarishning umumiy tamoyillariga qo‘llanishlik, tizimlilik, ko‘p funksiyalilik, intågratsiya, qadriyatlarni nazarda tutish tamoyillari kiradi.



Qo‘llanishlik tamoyili— MENEJMENT firmada ishlovchi bar- cha xodimlar uchun o‘ziga xos faoliyat qo‘llanmasini ishlab chiqadi.

Tizimlilik tamoyili— MENEJMENT umuman o‘z tuzilmasi yoki tizimining tashqi va ichki o‘zaro aloqalarini, o‘zaro bog‘liqlik- larini va ochiqligini (oshkoraligini) hisobga olgan holda barcha tizimni qamrab oladi.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish