M. Mamadazimov


IV BOB. QUYOSH SISTEMASI JISMLARINING FIZIK TABIATI



Download 7,58 Mb.
bet29/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


IV BOB. QUYOSH SISTEMASI JISMLARINING FIZIK TABIATI




  1. MAVZU. 34-§. Quyosh eng yaqin yulduz.


Quyosh haqida umumiy ma’lumot
Agar Quyosh so‘nsa, Yerni qorong‘ilik qoplab olardi, chunki Quyoshning yorug‘ligini qaytarish hisobiga ko‘rinadigan Oy va planetalar ham osmonda ko‘rinmay qolib, faqat yulduzlargina xira shu’lalari bilan Yerni yoritar edi, xolos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg‘irin sovuq o‘z «iskanjasiga» oladi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar, daryolar oqishdan to‘xtab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubigacha muzlar, shamol ham esishdan to‘xtardi.

Shuning uchun ham hayotimizning manbayi bo‘lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili bo‘lib, kattaligi va temperaturasiga ko‘ra o‘rtacha yulduzdir. Biroq pla- netamiz Yer uning yo‘ldoshi sifatida boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo‘lganidan, yulduzlardan farq qilib, Quyosh bizga kattagina burchak (32′) ostida ko‘rinadi.

Yer ham boshqa planetalar qatorida Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa aniq o‘lchanib (149,6 million kilometr), bir astronomik birlik (1 a.b.) deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam 8,5 minutda bosib o‘tadi. Quyoshning diametri 1 million 391 ming kilometr bo‘lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga

1 million 300 mingdan ortiq Yer hajmidagi jism sig‘adi. Massasi Yernikidan

330 ming marta og‘ir. 44-rasmda Quyoshning o‘lchami uning yo‘ldoshlari – planetalar o‘lchamlari bilan solishtirilgan. Quyosh sirtining temperaturasi Selsiy shkalasida 5800 gradus atrofida bo‘lib, bu temperatura markazga tomon ortib boradi va uning yadrosida taxminan 15 million gradusga yetadi.

Quyoshning 1 sekund davomida chiqarayotgan energiyasi 4 · 1026 J bo‘lib,

12 ming trillion tonna ko‘mirni yoqqanda ajraladigan energiya miqdoriga tengdir. Garchi uning Yerga tushayotgan energiyasining miqdori ham kam bo‘lmasa-da, biroq u Quyoshdan ajralayotgan butun energiyaning atigi 2 milliarddan bir qisminigina tashkil qiladi.

Quyoshning markazida bosim 200 milliard atmosferaga yetadi. Uning o‘rtacha zichligi 1,410 g/cm3. Quyosh ulkan temperaturali olov shardan iborat bo‘lib, uni









Temir
tashkil qilgan gaz oddiy gazlardan farq qiladi va plazma deb yuritiladi. Plazma holatida modda asosan ionlashgan atomlar va erkin elektronlardan iborat bo‘ladi.

Bunday yuqori temperaturali zich plazma tutash spektrni beradi. Biroq bunda nurlanish Quyoshning atmosfera qatlamlaridan o‘tishda, turli atomlar tomonidan mos to‘lqin uzunliklaridagi nurlarning yutilishi tufayli Quyosh spektri chiziqli yutilish spektriga aylanadi (45-rasm). Quyosh ham barcha boshqa osmon jismlari kabi o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Biroq uning aylanishi differensial bo‘lib, ekvator sohasi o‘rtacha 25 sutkalik davr bilan, qutblari sohasi esa 28–29 kunlik davr bilan aylanadi.



Quyosh doimiysi va Quyosh yorqinligi. Quyoshdan Yergacha bo‘lgan o‘rtacha masofada Yer atmosferasining tashqarisida Quyoshdan kelayotgan nurlarga perpendikular bo‘lgan 1 cm2 yuzaga 1 minut davomida tushayotgan energiyaning miqdori Quyosh doimiysi deb ataladi. Quyoshdan yuzaga kelayotgan uning energiyasi miqdori olimlar tomonidan sinchiklab o‘rganilganda, uning qiymati

2 kal

cm2  min

yoki xalqaro birlikda (1,4 · 103 W ) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

m2


Bu asosda topilgan Quyoshning to‘la nurlanish energiyasi, ya’ni uning yorqinligini quyidagicha topish mumkin bo‘lib, u L0 = 4 · 1026 W ga teng chiqadi.

Buning uchun Quyosh doimiysini (1,4 · 103 W ), radiusi 1 a.b. bo‘lgan sfera-



m2


ning yuzasiga ko‘paytirilishi zarur bo‘ladi. Bunda Quyosh energiyasi katta quvvatli Krasnoyarsk GESning energiyasidan (6 · 106 kW) 6,67 · 1016 marta ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ladi.


Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish